15-masala
62-shaklda tasvirlangan fermaning tayanch reaksiyalari va 3, 5, 6, 8, 9, 10 sterjenlardagi zo’riqishlar aniqlansin.
Yechish:
Tayanch reaksiyalarni aniqlaymiz. Fermaga ta’sir etuvchi kuchlar va reaksiya kuchlari, parallel kuchlar sistemasi hosil qilgani uchun reaksiya kuchi ham ularga parallel bo’lishi aniq.
F1 = 5 N; F2 = 5 N kuchlar berilgan.
Parallel kuchlar sistemasining muvozanat shartlaridan RA, RB topamiz:
bu tenglamalardan RA = 5 N, RB = 5 N aniqlandi.
3, 5, 6 sterjenlarni kesib o’tuvchi «ab» qirqimni o’tkazib, fermaning chap qismini muvozanatini tekshiramiz. A, C va D nuqtalar Ritter nuqtalari ekanliklarini osonlikcha ko’rish mumkin. Muvozanat tenglamalarini tuzamiz
Bu yerdan quyidagilarni aniqlaymiz:
S5=0, S3=5 N, S6=-7,14 N.
8, 9, 10 sterjenardagi zo’riqishlarni aniqlash uchun «cd» qirqimni o’tkazib, fermaning chap qismining muvozanatini tekshiramiz. Bu qism uchun E va К nuqtalari Ritter nuqtalaridir
Bundan quyidagilarni aniqlaymiz:
S9=-5 N, S10=5 N.
S8 zo’riqish kuchlarni OY o’qiga proyeksiyalarning yig’indisi nolga tengligidan aniqlanadi
Bundan: S8=5,5 N.
Do'stlaringiz bilan baham: |