Режа Герман давлатларида феодал муносабатларнинг вужудга келиши



Download 96,89 Kb.
bet1/3
Sana24.06.2021
Hajmi96,89 Kb.
#100043
  1   2   3
Bog'liq
2 seminar jahon


2-мавзу Европада феодал муносабатларнинг келиб чиқиши моҳияти. Франк давлатида феодал муносабатларнинг ривожланиши.Буюк Карл давлати.

Режа

1. Герман давлатларида феодал муносабатларнинг вужудга келиши.

2. Франклар давлатининг ташкил топиши.

3. Меровинглар сулоласи даврида Франклар давлати.

4. Каролинглар сулоласи даврида Франклар давлати.

5.Буюк Карл даврида Франклар империясининг сиёсий-иқтисодий тараққиёти.

6. Франклар давлатининг инқрози.

Javob

1. Karolinglar hukmronligi davrida (751-987-yillar) Yevropada feodal munosabatlar rasmiy tus oldi. Karl Martel mayordom (eshik o`g`aboshi) hukmronligi davrida o`tkazilgan harbiy va siyosiy islohotlar feodalizmni hukumat tomonidan qo`llab quvvatlanishini ta`minladi. Karl Martel (715-741-yillar) mayordom arablar bilan bo`lgan (732-y) janglarda otliq qo`shindan foydalangani uning muvaffaqqiyatini ta`minladi.16 Ammo endi bu qo`shinni qaram dehqonlar tarkibidan tuzishni imkoni yo`q edi. Shuningdek, bu islohot keyinchalik Yevropada vujudga kelgan feodal iyerarxiyasini quyi vakillari bo`lgan ritsarlar tabaqasini shakllanishini ta`minladi. Karl Martel islohotlarida Ritsarlar (ritsar nemischa ritter - suvoriy, otliq) ni ta`minlash maqsadida ularga ma`lum miqdorda qirol yer fondidan va cherkov yerlari hisobidan yer ajratilishi belgilangan. Bu davrdagi

harbiy benifitsiylar hisoblanib keyin qo`shinning asosiy otliq qo`shinlar tashkil etgan. Harbiy ishning islohot qilinishi munosabati bilan Karl Martell yer sohasida alohida siyosat yurgizdi. Yaxshi qurollangan va moddiy jihatdan yaxshi ta`minlangan otliq askarlar zarur bo`lganligi sababli, Karl Martell davlat fondiga qarashli yerlardan (bu fond yangi istilolar va isyon ko`targan zodagonlarning yerlarini musodara qilish natijasida kengayib ketgan edi) harbiy benefitsiylar deb atalgan yer uchastkalari berishni keng suratda qo`lladi. Bu benefitsiylar harbiy xizmatni o`tash sharti bilan umrbod foydalanish uchun beriladigan o`rtacha va mayda pomestelar edi. Shu bilan keyinroq borib paydo bo`lgan mayda pomesteli ritsarlarning vujudga kelishi uchun asos solindi, bu ritsarlar tashkil topayotgan feodallar guruhining juda ko`pchiligini tashkil etgan quyi tabaqasi edi. Bu pomestelardagi erksiz dehqonlar esa mehnat qilib, o`z xo`jayinlarini — “urushuvchi odamlar”ni — ritsarlarni boqishga majbur edilar. Harbiy xizmat o`tovchilarga davlat fondiga qarashli yerlardan uchastkalar berish bilangina cheklanmasdan, Karl Martell shu maqsad uchun cherkov yerlaridan qisman foydalandi. U o`ziga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonlarda dunyoviy zodagonlar bilan birlikda qatnashgan yepiskop va abbatlarning pomestelarini musodara qildi. Neystriyada va Akvitaniyada bunday ruhoniy yer egalari ko`p edi. Ruhoniylardan musodara qilib olingan yerlar ham benefitsiylarga aylantirildi. G`arbiy Yevropa tarixida bu narsa birinchi marta o`tkazilgan katta sekulyarizatsiya edi, ya`ni cherkov mulkini tortib olib, dunyoviy kishilar qo`liga topshirish edi.Lekin Karl Martell tomonidan qilingan sekulyarizatsiya to`la sekulirizatsiya emas edi. Bu sekulyarizatsiya cherkov yerlarining faqat bir qismiga nisbatan qo`llanilgan edi.Keyinchalik Karl Martellning o`g`li Pipin Pakana musodara qilingan yerlarni cherkovga qaytarib berishga majbur bo`ldi, lekin shu shart bilan qaytarib berdiki, bu yerlar haqiqatda foydalanuvchilar, ya`ni ritsarlar qo`lida bo`lib, ritsarlar buning

evaziga hosilning o`ndan bir qismini cherkovga alohida, qo`shimcha ravishda to`lab turishi kerak edi.

2. Buyuk ko‘chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Ularda urug‘chilik tuzumi mavjud bo‘lib, qabila o‘lboshchilari harbiy ishda alohida jasorat ko‘riatgan kishilardan saylab qo‘yilgan. Rim-gallar bilan yaqin qoshnichilik munosabatlarida bo‘lgan Frank jangchisi franklarning tashqi ko‘rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas, matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Franklarda faqat qirol oilasiga mansub kishilargina uzun soch bilan yurishlari mumkin bo‘lgan. G‘arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzadi. Xuddi shu davrdan franklarning Galliyaga hujumlari yanada kuchayadi. Ularga frank qabilalaridan biri, merovinglar sardori Xlodvig boshchilik qiladi. Xlodvig tez orada o‘z raqiblarini yengib, barcha frank qabilalari ustidan hukmronligini o‘rnatadi. 486-yilda Xlodvig franklar davlatiga asos soladi. 486-yilda Xlodvig franklar davlatiga asos soladi. Franklar tuzgan davlat dastlab sulolalar nomi bilan atalgan. X asrdan Parij atrofidagi viloyat II de Frans davlat nomiga asos bo‘ladi va u Fransiya deb atala boshlandi.


Download 96,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish