Seminar mashg’ulotlari bo’yicha topshiriqlar. 4-mavzu: Frank davlatida feodalizmning yuzaga kelishi. I-topshiriq



Download 1,09 Mb.
Sana27.05.2022
Hajmi1,09 Mb.
#612243
Bog'liq
19.74-guruh XAMIDOV SHUKURULLOH 3-mav 1-top.. b1d0d2bf75f6183f108ff38bbfd1b209


Seminar mashg’ulotlari bo’yicha topshiriqlar.
4-mavzu: Frank davlatida feodalizmning yuzaga kelishi.
I-topshiriq.
1. Franklar haqidagi dastlabki ma’lumotlar.
2. Sali franklari dastlab qayerlarda istiqomat qilishgan?
3.Fanklarda tabaqalanishning boshlanishi.
4.Franklar davlatining tashkil topishi.
5.Xlodvikning ichki va tashqi siyosati.
6.Merovinglar sulolasining nomi qayerdan kelib chiqqan?
7.Franklar davlatining Rim papalari bilan munosabati.
8.Papa davlatining tashkil topishi.
9.Konstantin yorlig’i deganda nimani tushunasiz?
10.Mayodrom unvoni deganda nimani tushunasiz?

II-topshiriq.


1. "Sali haqiqati“ga ko’ra franklarda urug’chilik elementlarining saqlanib qolganligini qayerlardan bilamiz?
2. "Sali haqiqati“ga ko’ra xususiy mulk elementlarining vujudga kelganligini qayerlardan bilamiz?
3. Frank qirollari Langobortga qarshi kurashda nima uchun Rim papalariga ko’mak berdilar?
4. Nima uchun "Sali haqiqati“ ga ko’ra jarimalar solid-oltin pul birligida belgilangan?
5. Nima uchun "Sali haqiqati“da jazolar ko’proq jarima bilan belgilan gan?

Javoblari.


1. ,,Frank" so'zi - jasur, erkin degan ma'nolarni anglatadi. Bu atama qator german qabilalariga nisbatan qo'llaniladigan umumiy nom edi. Franklar asosan Reyn daryosining o'rta va quyi oqim bo'ylarida yashaganlar. Franklar dengiz bo'yi (sail) va qirg'oq (ripuar) franklariga bo'linganlar. Franklarning G'arbiy Rim imperiyasi bilan munosabatlari bir xilda kechmagan. Ular bir-birlari bilan ba'zan dushman, ba'zan ittifoqchi bo'lganlar.
Sali franklari ancha kuchli edi. Ular Xlodvig hukmronlik qilgan yillarda (481-511) nihoyatda kuchaygan.Buyuk ko’chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Franklar gotlar va langobardlar kabi hayvon terisidan emas , matidan kiyim- bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan. Ularda faqat qirol oilasiga mansub kishilar uzun sochda yurishgan.Franklar - Quyi va Oʻrta Reyn boʻylarida milodiy III-asrda yashagan qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va boshqalar). Adabiyotlarda 2 guruhga boʻlingan. 1guruh (gʻarbiy F.)ning negizini sali (dengiz boʻyi; keltcha sal — dengiz) F. i tashkil etgan.
2. Quyi va Oʻrta Reyn boʻylarida mil. III asrda yashagan qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va b.). Adabiyotlarda 2 guruhga boʻlingan. 1guruh (gʻarbiy Franklar)ning negizini sali (dengiz boʻyi; keltcha sal — dengiz) Franklari tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi boʻylarida, IV asr oʻrtalarida esa Reyn daryosi sohillarida yashaganlar. 2guruh (sohil F.) Reyn daryosining yuqori qismi boʻylab Mayngacha boʻlgan hududda yashagan. Sali Franklari IV asr oʻrtasida rimliklar tomonidan tormor etilgan, biroq federatlar huquqida Toksandriyada kirdirilgan; 451-yil gunnlarga qarshi Katolaun jangida qatnashganlar. V asr boshida sali Franklari Galliyadan Sommagacha egallaganlar. Maas va Luara daryolari oraligʻida yashagan Franklar keyinchalik mahalliy aholi bilan singib ketib, shimoliy fransuz, shuningdek, vallon elatlari tarkibiga, Luaraning janubiy qirogʻida yashovchi Franklar esa, janubiy fransuz (provansal) elati tarkibiga kirgan. Reyn daryosining quyi havzasida yashovchi Franklar gollandlar va flamandlarning etnogenezida katta rol oʻynagan. Reyn daryosining oʻrta oqimi boʻylab va Maas daryosi havzasida yashovchi Franklarda oʻziga xos etnik xususiyatlar saqlanib qolgan.

3. Franklarning V asr oxiri - VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi haqida o‘sha davrning muhim huquqiy yodgorligi -”Sali haqiqati”-”Lex Salia” (500-yil atrofida yozilgan) anchagina ma’lumotlar beradi. ”Sali haqi-qati”ga asoslanib, franklarning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Franklar xo‘jaligida chorvachilik (ayniqsa, cho‘chqa boqish) ham katta rol o‘ynagan. ”Sali haqiqati”da yana baliqchilik, asalarichilik, bog‘-dorchilik va dehqonchilikka oid bo‘lgan asosiy hunarlar to‘g‘risida ham gapiriladi. Darhaqiqat, franklarda yer o‘sha vaqtda xususiy mulk emas edi. Yer jamoa tashkilotining mulki bo‘lib, ayrim frank o‘z yer uchastka-sidan ma’lum shartlar asosida foydalanardi, xolos.


Bu davrdagi frank jamiyatida asosiy figura erkin frank edi, u qishloq jamoasining to‘la huquqli a’zosi, jamoa yerining egasi, yirik yer egasiga qaram bo‘lmagan mustaqil, erkin dehqon edi.
Jamiyatning feodallashish jarayoni Vasrning oxirlaridan boshlanib, taraqqiy eta bordi. Asta-sekin yer egalari paydo bo‘ldi va mahalliy aholiga nisbatan siyosiy hokimiyatga ega bo‘lib bordi. Erkin franklar qaram dehqonlarga aylandi. VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklar jamiyatida keskin o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu vaqtda yer bemalol qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi mumkin bo‘lgan xususiy mulkka aylanadi, ya’ni mulkdor uni o‘z xohishi bilan sotar, alish-tirar, sotib olar, boshqa birovga taqdim qilar yoki vasiyat qilib qoldirardi.
Xlodvigning vorislari qirol yerlarini benefitsiy (aynan tarjimasi: ”xayr”, ”saxovat”) tarzida o‘z drujinachilariga bo‘lib berdilar, bular asta-sekin votchinachi - katta yer egalariga aylanib borar va yerlarini meros ta-riqasida o‘z bolalariga qoldirardilar. Cherkov ham qirol xazinasidan (qirol yer fondidan) in'om (donatio) tariqasida ko‘p yer oldi.
Cherkov dehqonlarga bir uchastka yerni ma’lum miqdorda obrok to‘lab turish yoki barshchina o‘tash sharti bilan umrbod foydalanishga berardi, bu yer uchastkasi prekariy deb atalardi.
Prekariy olgan dehqonning o‘z yeri ham prekariyga aylanib, asta-sekin cherkov yer egaligining mulki-ga qo‘shilib ketardi.
Lekin shu narsani aytib o‘tish kerakki, erkin dehqonlarning yo‘qolib borish jarayoni VI va VII asrlarda
Franklar davlatining hamma viloyat-larida bir xil bo‘lgan emas. Davlat hokimiyati yirik yer egalari qo‘liga o‘tib borgan. Yirik yer egalari dastlab qirol hisobiga soliq yig‘ib, uning nomidan sud qilgan bo‘lsalar, keyinchalik o‘zlari nomidan sud qilib, o‘z foydalariga soliq yig‘a boshlaganlar. Bu huquqni qirol ba’zan immunitet yorlig‘i bilan mustah-kamlab berardi. VI asrdan boshlab immuni-tet yorliqlarini berish juda keng tarqaladi. Immunitet yorlig‘i sifatida olingan.
4. Frank davlati — ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropadagi davlat (V asr oxiri —843 -yil). V asr oxirida Gʻarbiy Rim imperiyasining Galliya viloyatini Xlodvig I rahbarligidagi franklar tomonidan bosib olinishi jarayonida vujudga kelgan. Buyuk Karlning harbiy yurishlari natijasida oʻz tarkibiga Gʻarbiy Yevropaning deyarli butun qismi va Markaziy Yevropaning bir qismini kiritgan. Frank davlatini merovinglar (751- yildan), karolinglar (800 -yildan imperatorlar) sulolalari boshqargan. 843 -yildagi Verden bitimiga koʻra, Frank davlati hududi Buyuk Karlning nabiralari tomonidan oʻzaro taqsimlab olingan, xususan, Lotarga Italiya hududi, Reyn va Rona daryolari buyidagi yerlar (keyinchalik Lotaringiya) tekkan. Karl Kalboshga Reynning gʻarbidagi yerlar va Lyudovikka Reynning sharqidagi yerlar berilgan .

5. Qirol Xlodvig Franklar davlatida merovinglar sulolasi hukm-ronligiga asos solgan. Sulola nomi Xlodvigning ajdodi Merovey nomidan olingan. U sali franklariga yetakchilik qilganlardan biri edi.


Qirol hokimiyati tobora kuchayib borgan. U davlat boshqaruvining barcha sohalarini o'z qo'liga olgan. Uning hokimiyati yirik yer egaligiga va harbiy kuchga asoslangan. Davlatni o'z mulki kabi boshqargan. Xlodvig mamlakatni viloyatlarga bo'lgan. Ularni qirol tayin-laydigan graflar boshqargan.
,,SaIi haqiqati". ,,Sali haqiqati" franklar qonunlari to'plami edi. To'plam franklarning asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganliklaridan dalolat beradi.
Qonunga ko'ra yer ikki qismga: shaxsiy yerlar va jamoa yerlariga bo'lingan. Yaylov hamda o'rmonlardan esa hamma birgalikda foydalangan.
Ayollarga yer berish yoki meros qoldirish taqiqlangan. Bunda ayollarning vaqti kelib urug'dan chetga chiqib ketishlari hisobga olingan.
,,Sali haqiqati" odamlar o'rtasida tabaqalanish ro'y berganligini tasdiqlaydi. Chunonchi, qirol jangchilarining xuni oddiy erkin frank xunidan uch marta ko'p bo'lgan. ,,Sali haqiqati"ga ko'ra o'ldirilgan urug' a'zosi uchun o'ldirgan urug' xun to'lagan.
Xristian dinining qabul qilinishi. Xlodvig uzoqni ko'ra oluvchi hukmdor bo'lgan. Bu xususiyat uning dinga munosabatida ham qo'l kelgan. Xlodvig va uning qurolli kuchlari 486: yilda xristian dinini qabul qildilar. Tez orada barcha franklar shu dinga o'tganlar. Bu hodisa qirollikning yanada mustahkamlanishiga sharoit yaratgan. Nufuzli ruhoniylar Xlodvigni qo'llab-quvvatlaganlar.
VI asrning ikkinchi yarmiga kelib Frank qirolligi barcha german qirolliklari ichida eng kattasi va qudratlisiga aylangan.
Katta yer egaligining o'sishi. Franklarda katta yer egaligining qaror topishi tobora kuchayib borgan. Bu jarayon IX asrga kelib tugallangan. Jamiyat katta yer egalari (feodallar) va qaram dehqon-(krepostnoy)larga bo'lingan.
VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklarda yer xususiy mulkka aylandi. Bu - yeri bor mulkdor o'z yerini xohlasa o'zida qoldirish, xohlasa sotish, almashtirish, taqdim etish yoki meros qoldirish, yana yer sotib olish huquqiga ega, degani edi. Bunday taitibdan kam yerli oddiy, erkin franklar eng ko'p jabr ko'rganlar.
Tabiiy ofatlar, tinimsiz urushlar, qarzga botib qolish, soliqlarni to'lay olmaslik va boshqa qator omillar ularni xonavayron qilgan. Natijada oddiy, erkin frank o'ziga tegishli yerni boy qo'shnisiga arzon-garovga sotishga majbur bo'lgan.
Bundan tashqari, o'z qo'shiniga ega bo'lish huquqi bor bo'lgan graflar jangchilarga xizmati uchun yer berar edilar. Ular o'z yerlarini kengaytirish maqsadida qashshoqlashib qolgan erkin franklardan yerlar sotib olardilar.
Yeridan ajralgan sobiq erkin frank katta yer egalariga qaram krepostnoyga aylanardi. Yer egasi unga chek yer bergan. Krepostnoy endi ham o 'zining chek yerida, ham katta yer egasining yerida ishlashga majbur bo'lgan. Chek yerda yetishtirgan hosilining bir qismini feodalga soliq sifatida to'lagan. Shu tariqa feodal majburiyat shakllari bo'lgan barshchina va obrok vujudga kelgan.
6. Merovinglar (lot. Merovinqi) -Frank davlatiyaagch 1qirollik sulolasi (751 yil tugagan). Afsonaviy asoschisi — Merovey (sulola nomi shundan). M. xukmronligi davrida franklarda feodal munosabatlari vujudga kelgan. M.ning asosiy vakillari: Xilderik I (457—481), sulolaning amaldagi, haqiqiy asoschisi; Xlodvig I (481-511), Xilperik I (561-584, markazi Suasson boʻlgan franklar yerining bir qismida hukm surgan); Sigebert I (561—575, Avstraziyada); Xlotar II (584—629, Neystriyada —613 yilgacha); Dagobert I (629—639); Xilderik III (743—751; Pipin Lakana tomonidan taxti egallangan). Dagobert I vorislarini "dangasa qirollar" deyishgan, hokimiyat amalda mayordomlar qoʻlida boʻlgan.




10. "Mayordam" yoki boshqacha so'z bilan aytganda, "saroy meri" edi. Dastlab u faqat qirol saroyining boshqaruvchisi hisoblanib, keyinchalik uning hokimiyati kuchaygan va davlatda oliy mansabdor shaxs lavozimiga birinchi ministr darajasiga erishgan edi. Mazkur mansabdor shaxs avval qirol tomonidan tayinlanardi, keyinchalik yer magnatlari tomonidan saylab qo'yiladigan bo'ldi. Mayordamning qudrati tobora o'sib, asta-sekin markaziy va mahalliy hokimiyat vakillarini tayinlashda mayordam qirolni siqib chiqara boshlaydi. Mayordam saroyga tegishli barcha ishlar bo'yicha farmoyishlar berardi. Saroy amaldorlari ustidan sud hokimiyatini amalga oshirardi. Qirol yo'qligida qirol sudiga raislik qilardi. Armiyaga qo'mondonlik qilish ham uning zimmasida edi. U qirollik domenlarini boshqarib, ulardan soliqlar kelib tushishini kuzatgan. Butun mahalliy hokimiyat unga tegishli edi. Amalda mayordam qirol nomidan graf va gersoglami tayinlagan, almashlirgan va ularga farmoyishlar bergan. Qirol yosh bo'lsa, mayordamuning tarbiyasi bilan shug'ullanib, haqiqatda davlat boshlig'i mavqeiga ega edi.Bu so'z Lotin yirik domusidan - saroy iqtisodiyotining boshqaruvchisidan kelib chiqqan. Qirollik sudining daromadlari va xarajatlarini nazorat qiladigan, soqchilarga buyruq bergan va Franklar zodagonlaridan oldin qirolning vakillari bo'lgan bu lordiyaliklar edi.


II- topshiriq.


1. "Sali haqiqati”da yana baliqchilik, asalarichilik, bog'-dorchilik va dehqonchilikka oid bo'lgan asosiy hunarlar to'g'risida ham gapiriladi. Unda dehqonning hovlisi va bu hovlidagi har turli xo'jalik binolari, asbob-uskunalar to‘la tasvirlab berilgan. Jamoa a’zosi bo'lgan frank dehqonlari shaxsiy mulk tarzida tomorqa yerga ega bo'lganlar, jamoaga qarashli bo'lgan dalada ma’lum yer uchastkalarini ishlaganlar, jamoaga qarashli keng o'rmon va yaylovlardan birgalikda foydalanganlar. ’’Sali .haqiqati”da yerni sotish va sotib olish to'g'risida, uni birovga in’om qilish yoki vasiyat yo'li bilan boshqa kishiga topshirish to'g'risi da hech narsa deyilmaydi. Darhaqiqat, franklarda yer o'sha vaqtda xususiy mulk emas edi. Yer jamoa tashkilotining mulki bo'lib, ayrim frank o'z yer uchastka￾sidan ma’lum shartlar asosida foydalanardi, xolos. Hosil yig'ib olingandan keyin dalalarda hamma birgalikda mol boqardi.
’’Sali haqiqati”da o'rmon va yaylovdan, suvdan birgalikda foydalanish haqida gapirilgan moddalar bor. Qishloq jamoasi (marka) ushbu qonunnomaga ko'ra, o'z hayotining ilk bosqichida hali mutlaqo urug'chilik tuzumiga xos belgilarga ega edi. ’’Sali haqiqati”ga ko'ra, urug' jamoaga qarashli yerlarning asosiy egasi bo'lish bilan birga, yana siyosiy tashki￾lot ham edi. Urug‘ a’zolarining hammasi kafillikda qatnashardi, ya’ni sudda aybdor qarindoshi uchun kafolat berardi. Qotillik uchun to'lana￾digan xunning (vergeldning) faqat bir qisminigina qotilning oilasi to‘lardi. Buni urug‘ a’zolari ham to'lashi lozim edi. Shuningdek, vergeld ham o‘ldi￾rilgan odamning oilasi bilan urug' o'rtasida taqsimlanardi. Er urug‘dan tashqariga chiqib ketmasin uchun yemi ayollarga berish yoki meros qilib qoldirish taqiqlangan edi. Farzandsiz frank o‘lsa, uning yeri aka-ukalariga va o'zining urug'idagi boshqa erkak qarindoshlariga o‘tar edi.
II.. 2. Biroq "Sali haqiqati” urug'chilik tuzumining yemirila boshlaganli￾gidan ham dalolat beradi. Vorislik va kafolat huquqidan voz kechib, urug‘dan chiqish mumkin edi. Franklarda ijtimoiy va mulkiy bo'linish (tabaqa￾lanish) ochiq ko'rinib turardi. Birinchi o'rinda qirol drujinachilari turardi, bulaming vergeldi (xuni) 600 solid5 belgilangan edi. Oddiy erkin frank￾ning joni uchun faqat 200 solid vergeld to'lanardi. Yarim erkin kishining litning vergeldi esa 100 solid edi. Qulni o'ldirganlik uchun quldorga 30 solid, ya’ni urushda miniladigan otni o‘g'irlaganlik uchun qancha to'lansa, qul uchun ham o'shancha to'lanardi. Shunisi xarakterliki, rimlikni o'ldir￾ganlik uchun to'lanadigan vergeld franknikidan kam edi.
Yirik pomestelar bo'lgan-bo'lmaganligi ’’Sali haqiqati” da ochiq aytilmagan. Lekin, ba’zi bir alomatlarga (xonaki hunarmandlar sonining ro'yxatiga, qullar sonining juda ko'pligiga va boshqalarga) qarab flkr yuritganda, V-VI asrlardayoq erkin frank qishlog'i bilan bir qatorda yirik

II... 4. Solid - Rim-Vizuntiyada chiqqan oltin tanga bo'lib. IV-VI asrlarda franklar o'rta&ida ham yurgan.yer egalarining pomestelari ham bo'lgan. Katta yer egalari qirolning o‘zi, uning drujinachilari, yuqori tabaqa ruhoniylari va qisman yerlarni saqlab qolgan hamda saroy ahliga yaqin bo'lgan (’’Sali haqiqati"da aytilishicha, ’’qirolning hamtovoqlari” bo'lgan) rimlik yer egalari edi. Shunday bo'lishi￾ga qaramay, bu davrdagi frank jamiyatida asosiy figura erkin frank edi, u qishloq jamoasining to'la huquqli a’zosi, jamoa yerining egasi, yirik yer egasiga qaram bo'lmagan mustaqil, erkin dehqon edi.


Franklarda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi feodal jamiyatining ildizlari paydo bo'lishi bilan birga kechdi. Jamiyatning feodallashish jarayoni Vasming oxirlaridan boshlanib, taraqqiy eta bordi. Asta-sekin yer egalari paydo bo'ldi va mahalliy aholiga nisbatan siyosiy hokimiyatga ega bo'lib bordi. Erkin franklar qaram dehqonlarga aylandi.

VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab franklar jamiyatida keskin o'zgarishlar yuz bera boshladi. Qirollar yurishlarda qo'lga kiritilgan yerlarni o'z drujinachilariga, yaqinlariga va saroy amaldorlariga taqsimlab turgan. Bu vaqtda yer bemalol qo'ldan-qo'lga o'tishi mumkin bo'lgan xususiy mulkka aylanadi, ya’ni mulkdor uni o'z xohishi bilan sotar, alish￾tirar, sotib olar, boshqa birovga taqdim qilar yoki vasiyat qilib qoldirardi. Bunday yerlaming egalari qirol foydasiga majburiyatlar o'tashdan ozod qilingan va hech qanday xizmat ham o'tab bermas edilar. Bunday tartibdagi yer egaligi shakli allod deb yuritilgan. Ana shunday sharoitda dehqonlaming bir qismi tezlik bilan o'z yeridan ajrala bordi. Ocharchilik, mollaming qirilishi va boshqa xil stixiyali ofatlar, Xlodvigning o'g'illari, nevara va evaralari o'rtasida uzoq vaqt davom etgan urushlar natijasida mamlakatning xarob bo'lishi, urug'chilik aloqalarining yemirilishi tufayli ayrim oilalar bo'yniga tusha bosh￾lagan sud jarimalari - mustaqil frank dehqonini xonavayron qildi. Dehqon￾laming mayda yer egaligi yemirilib, tushkunlikyer egalarining pomestelari ham bo'lgan. Katta yer egalari qirolning o‘zi, uning drujinachilari, yuqori tabaqa ruhoniylari va qisman yerlarni saqlab qolgan hamda saroy ahliga yaqin bo'lgan (’’Sali haqiqati"da aytilishicha, ’’qirolning hamtovoqlari” bo'lgan) rimlik yer egalari edi. Shunday bo'lishi￾ga qaramay, bu davrdagi frank jamiyatida asosiy figura erkin frank edi, u qishloq jamoasining to'la huquqli a’zosi, jamoa yerining egasi, yirik yer egasiga qaram bo'lmagan mustaqil, erkin dehqon edi.


“Sali haqiqati” oila egallab turgan yerga nisbatan egalik huquqini boshqacha tarzda mustahkamlaydi. Bunda tomorqa uchastkasi, haydala￾digan yer va yaylov, o'rmon bir-biridan farq qilingan. Qonunnomada atrofi o'ralgan uchastka haqida ko'p marta eslatib o'tiladi. Unga ko'ra, atrofi o'ralgan uchastkaga o't qo'yish va buzish uchun katta jarima nazarda tutilgan (XV bob, 5-modda). “Sali haqiqati”da turar joy, hovli hududi, tomorqa uchastkasiga oila mulki sifatida alohida ahamiyat berilgan.
Kreditor qarzdordan qarzni to'lashni talab qilish, javobgam i sudga chaqi￾rish uchun aynan shu yerga kelardi. Nafaqat uy yoki hovliga kirib o'g'irlik sodir etganlik uchun (45-63 solid), balki quyosh botgandan so'ng villa hududiga oddiу kirganlik uchun ham yuqori jarima jazosi nazarda tutilgan.
Agar kimdir birovning villasiga eshikni buzib kirib, qo'riqchi itni o'ldirsa va odamlarga jarohat yetkazsa hamda u yerdan nimanidir aravada olib ketsa, bu bosqinchilik yo'li bilan o'g'rilik sodir etish hisoblanib, buning uchun 200 solid jarima jazosi nazarda tutilgan. Bu esa ozod kishini o'ldir￾ganlik uchun to'lanadigan vergeld bilan teng edi. “Sali haqiqati” haydaladigan yer uchastkasining (allodning) xususiy egalikka o'tkazilishi haqida ham turlicha ma’lumotlar beradi. Shuningdek, unda yaylovlar, o'tloqlar, o'rmonlar hali umumiy foydalanishda qolganligi qayd etiladi. “Sali haqiqati” haydaladigan maydon chegarasini xo'jayin￾ning ruxsatisiz buzganlik faktining o'ziniyoq jazolaydi. Masalan, unda xo'jayinning roziligisiz birovning maydoniga kirganlik uchun 3 solid
(XXVII bob, 7-modda), birovning maydonini haydaganlik uchun 15 solid
(XXVII bob, 24-modda), unga ekin ekkanlik uchun 45 solid (XXVII bob, 25-modda) jarima belgilangan.
Agar begona odam jamoat dalasidan birov￾ga ajratilgan uchastkaga kirsa, bu jinoyat hisoblanmagan. Agar u bunday uchastkadan xashak o'rsa, unda faqat o'rgan xashagi yaylov egasi foyda￾siga tortib olingan.
“Sali haqiqati”da yeni olish-sotish haqida hech narsa deyilmaydi.
Yerni meros qilib qoldirish instituti endigina tug'ila boshlagan edi. Yer o'lgan kishining erkak avlodlariga meros tariqasida o'tkazilardi (IX bob,5-modda). ’’Avodlar haqida”gi titulda10, hatto o‘lgan kishining o'g'li bo'lmasa, haydaladigan yer uchastkasi kimga o'tkazilishi masalasi qo'yilmagan ham edi. Aftidan, bunday yerlar egasiz qolgan mulk hisoblangan yoki urug'ga o'tgan. VI asrda bu masala boshqacha hal qilingan. Qirol Xilperik (561-584 yillar) ediktiga asosan yer meros tariqasida faqat o'g'illargagina emas, balki o'lgan kishining qizlariga, aka-ukalariga, opa-singillari singa￾rilarga ham o'tishi mumkin edi. Bu vaqtda, shuningdek, alohida o'tzor va o'rmon uchastkalari ayrim shaxslaming avlod egaligiga ham o'tkazilardi. “Alleman haqiqati” bo'yicha xotin ham, agar uning bolalari bo'lsa va kalonga emas, ozod kishiga erga tegsa, o'lgan erining yerini meros tari￾qasida olishi mumkin edi.
“Sali haqiqati”ning bir qator titullari, jumladan, ’’Ko'chib kelganlar haqida”gi tituli franklarda yerga nisbatan jamoa egaligi saqlanib qolgan￾ligidan darak beradi. Jamoa hududiga ’’begona” kishining ko'chib keli￾shiga faqat butun jamoa a’zolari roziligi bilan ruxsat etilgan. Agar jamoa a’zolaridan, hatto bittasi bunga qarshilik ko'rsatsa, ko'chib kelgan ’’bego￾na” kishi darhol jamoani tark etishi lozim edi. Shu narsa xarakterliki, jamoa sudining ’’begona” shaxsni ko'chirish haqidagi qarorini ijro etuvchi graf ko'chib kelgan kishining uyiga emas, u ishlaydigan jamoa yer uchastkasiga kelishi lozim edi. Biroq “Sali haqiqati” bunday umumiy qoida o'matish bilan birga unga istisno qilinadigan holatni ham belgilaydi. Agar ’’begona” kishi jamoa hududiga ko'chib kelib, bu yerda hech qanday qarshiliksiz bir yilu bir kun yashab ulgurgan bo'lsa, unday holda uning yerga egalik huquqi qonun bilan himoya qilina boshlagan. “Sali haqiqati” asosan jamoa yerlarini qirolning yaqinlari tomonidan egallab olinishini tasdiqlaydi. Unga ko'ra, maxsus qirol yorliqlari asosida ko'chib kelgan kishilarga qarshi jamoa a’zolarining e'tiroz bildirishitaqiqlangan. Qirol farmoyishlariga nisbatan e'tiroz bildirganlik uchun “Sali haqiqati” 200 solid jarimani nazarda tutadi.
II... 5. “Sali haqiqati”da jazolar haqida so'z ketar ekan, shu narsa ko'zga yaqqol tashlanadiki, franklarda eski urug'doshlik tuzumi davridagi barcha jazolarn i to'liq ravishda jarimalarga almashtirishga moyillik kuchli bo'lgan. Jarima sudsiz jazolam ing, uzoqqa cho'ziladigan qiynoqlaming oldini olishi kerak edi. “Sali haqiqati”ning ba’zi moddalari sudsiz jazolashni to'g'ridan-to'g'ri yo'qqa chiqargan. Masalan, ekin maydonini payhon qilganligi uchun birovning chorvasini o'z holicha olib ketish taqiqlangan (IX titul, 5-modda), shuningdek, ’’o'g'rining izidan tushib” o'z chorvasini undan sudsiz tortib olish ham mumkin emas edi (XXVII titul, 1-modda) va hokazo. “Sali haqiqati” jinoyatchini jamoadan haydash yoki qonundan tashqari deb e ’lon qilish deb nomlanadigan jazo turini ham o 'z ichiga olgan (V titul, 2-modda)

Tarix yo'nalishi 19.74-guruh talabasi


XAMIDOV SHUKURULLOH...
Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish