Franklarda ijtimoiy munosabatlar. Franklar istilo qilgan hududlarda rimlik quldorlarning hashamatli saroylari, ulkan yer-mulklari saqlanib qolgan. Mahalliy aholining asosiy qismini rim-gallar tashkil qilgan. Franklar davrida ham mamlakatda asosiy ishchi kuchi qullar va kolonlar bo‘lib qolavergan. Dastlabki paytda franklar gallardan alohida yashaganlar. Luara daryosidan shimoldagi german qabilalari esa yana uzoq yillar urug‘ jamoa bo‘lib yashashda davom etganlar. Mamlakat janubidagi gallar esa son jihatidan german qabilalaridan ham ko‘proq bo‘lgan.
3.xlodvigning vafotidan so’ng uning o’g’illari o’zlariga bo’lib berilgan hududlarni mustaqil boshqarishga intilganlar. Merovinglar sulolasining keying qirollari davrida yer mulklar tez tez qayta taqsimlanib turgan.Frank qirollari qo’shni qabilalar ustiga yurishlar uyushtirib hududlarni kengaytirganlar. Burgundlar ba Provans bo’ysundirilgandan so’ng qo’shni german qabilalari:bavarlar,tyuringlar gersoglari franklar hokimiyatini tan olib ularga to’lov berishga majbur bo’lganlar. Keyingi bosqichda Reyn va Mayns daryolari havzasini egallaganlaridan so’ng hudud Frankoniya nomini oladi. Sharqqa istilolar davom ettirilib sakslar,polab slavyanlariga qarshi urushlar boshlanadi. Ayni paytda franklar ko’chmanchi avarlar hujumlarini qaytarishga erishadilar. Ostgot qirolligining Yustinianga qarshi urushiodan foydalanib Provans bosib olinadi. VI asr o’rtalariga kelib Franklar davlati Rim imperiyasi hududlarida tuzilgan eng yirik varvar qirolligiga aylanadi. Ammo qirollika kirgan viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy xilma xilligi davlatning parchalanishiga olib keladi. Franklar davlati turli qismlarga bo’linib ulardan eng yiriklari Neystriya,Burgundiya,va Avstriyalar bo’lgan.Merovinglar sulolasi tarixida yaqin qarindoshlar orasida ham o’zaro mojarolar qonli fitnalar oddiy hol bo’lgan. Xlodvigning vorisi Xlotar o’g’li ko’targan isyonni bartaraf etganidan so’ng unung rafiqasi va farzandlari o’z nabiralarini gulxanga tashlashga buyurgan.Davlat boshqaruvi tartiblarini franklar Rim imperiyasidan qabul qilganlar. Ular soliq tizimini saqlab mahaliy Rim-gallardan soliqlarni undirishni davom etadilar.Lekin franklarni ham soliqqa tortishga harakat dastlab isyonlar qo’zg’olonlarga sabab bo’lgan ular shafqatsizlik bilan bostirilgan.Davlat boshqaruvi tajribasiga ega bo’lmagan frank qirollari rimlik amaldorlarni o’z xizmatiga olganlar. Shaharlarni VI asrda qirol tayinlagan amaldorlar boshqargan.Qirollar viloyatlar hokimligiga o’z yaqinlaridan Graflar tayinlashgan. Ular qonunlarni bajarilishi sud qarorlari ijrosini, soliqlar to’planishini,erkin franklarni xalq lashkariga to’planishini taminlaganalar.
4. VII asrning oxiri — VIII asrning boshlarida Frank davlati butunlay parchalanib ketdi. Pipin Geristalskiyning g‘alaba qozongan bo‘lishiga qaramay, Neystriya va Burgundiya magnatlari hali ham o‘zlarini markaziy xokimiyatga u qadar qaram emas, deb his qilar edilar. Akvitaniya qirollikdan tamoman ajraldi. Avstraziya gersogi Akvitaniyaning hokimiyatini tan olmadi. Reynning narigi tomonidagi qabilalar—allemanlar, frizlar, sakslar va bavarlar ham ajralib chiqdi. Janubi-g‘arbda arablar xavf tug‘dira boshladilar, hatto VIII asrning 20-30-yillarida butun Frank davlati arablar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosib olinish xavfi ostida qoldi. Lekin yangi sulola ana shunday og‘ir bir sharoitda qirollikning harbiy kuchlarini qaytadan tashkil etib, tashqi dushmanga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sulola vakillari keyinchalik sulolaning eng mashhur qiroli Buyuk Karl nomi bilan Karolinglar sulolasi deb atala boshlandi.
Karolinglar hukmronligi davrida (751-987-yillar) Yevropada feodal munosabatlar rasmiy tus oldi. Karl Martel mayordom (eshik o`g`aboshi) hukmronligi davrida o`tkazilgan harbiy va siyosiy islohotlar feodalizmni hukumat tomonidan qo`llab quvvatlanishini ta`minladi. Karl Martel (715-741-yillar) mayordom arablar bilan bo`lgan (732-y) janglarda otliq qo`shindan foydalangani uning muvaffaqqiyatini ta`minladi.16 Ammo endi bu qo`shinni qaram dehqonlar tarkibidan tuzishni imkoni yo`q edi. Shuningdek, bu islohot keyinchalik Yevropada vujudga kelgan feodal iyerarxiyasini quyi vakillari bo`lgan ritsarlar tabaqasini shakllanishini ta`minladi. Karl Martel islohotlarida Ritsarlar (ritsar nemischa ritter - suvoriy, otliq) ni ta`minlash maqsadida ularga ma`lum miqdorda qirol yer fondidan va cherkov yerlari hisobidan yer ajratilishi belgilangan. Bu davrdagi
harbiy benifitsiylar hisoblanib keyin qo`shinning asosiy otliq qo`shinlar tashkil etgan. Harbiy ishning islohot qilinishi munosabati bilan Karl Martell yer sohasida alohida siyosat yurgizdi. Yaxshi qurollangan va moddiy jihatdan yaxshi ta`minlangan otliq askarlar zarur bo`lganligi sababli, Karl Martell davlat fondiga qarashli yerlardan (bu fond yangi istilolar va isyon ko`targan zodagonlarning yerlarini musodara qilish natijasida kengayib ketgan edi) harbiy benefitsiylar deb atalgan yer uchastkalari berishni keng suratda qo`lladi. Bu benefitsiylar harbiy xizmatni o`tash sharti bilan umrbod foydalanish uchun beriladigan o`rtacha va mayda pomestelar edi. Shu bilan keyinroq borib paydo bo`lgan mayda pomesteli ritsarlarning vujudga kelishi uchun asos solindi, bu ritsarlar tashkil topayotgan feodallar guruhining juda ko`pchiligini tashkil etgan quyi tabaqasi edi. Bu pomestelardagi erksiz dehqonlar esa mehnat qilib, o`z xo`jayinlarini — “urushuvchi odamlar”ni — ritsarlarni boqishga majbur edilar. Harbiy xizmat o`tovchilarga davlat fondiga qarashli yerlardan uchastkalar berish bilangina cheklanmasdan, Karl Martell shu maqsad uchun cherkov yerlaridan qisman foydalandi. U o`ziga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olonlarda dunyoviy zodagonlar bilan birlikda qatnashgan yepiskop va abbatlarning pomestelarini musodara qildi. Neystriyada va Akvitaniyada bunday ruhoniy yer egalari ko`p edi. Ruhoniylardan musodara qilib olingan yerlar ham benefitsiylarga aylantirildi. G`arbiy Yevropa tarixida bu narsa birinchi marta o`tkazilgan katta sekulyarizatsiya edi, ya`ni cherkov mulkini tortib olib, dunyoviy kishilar qo`liga topshirish edi. Lekin Karl Martell tomonidan qilingan sekulyarizatsiya to`la sekulirizatsiya emas edi. Bu sekulyarizatsiya cherkov yerlarining faqat bir qismiga nisbatan qo`llanilgan edi. Keyinchalik Karl Martellning o`g`li Pipin Pakana musodara qilingan yerlarni cherkovga qaytarib berishga majbur bo`ldi, lekin shu shart bilan qaytarib berdiki, bu yerlar haqiqatda foydalanuvchilar, ya`ni ritsarlar qo`lida bo`lib, ritsarlar buning
evaziga hosilning o`ndan bir qismini cherkovga alohida, qo`shimcha ravishda to`lab turishi kerak edi. Pipin III Pakana davrida (741-768-yy) karolinglar sulolasi rasman (751-987-yy) hukmronlik qila boshlaydi. Pipin otasi yuritgan cherkov yerlarini musodara qilish siyosatidan voz kechishga qaror qildi. Pipin III Pakana cherkov bilan yaqinlashish siyosati yuritdi. Bunga sabab Meroving qirollarini taxtdan tushurib o`zi qirol bo`lishi uchun papalar yordami kerakligida edi. Va nihoyat o`zining maqsadiga erishdi. 751-yilda Suasson shahrida frank zodagonlari yig`ilishida Pipin frank qiroli deb e`lon qilindi.19 Oradan ko`p vaqt o`tmay, g`arbiy Germaniyadagi frank missionerlarining ishiga boshchilik qilib turgan Mayns arxiyepiskopi Bonifatsiy papaning buyrug`iga muvofiq Pipinni qirol deb tanish marosimini o`tkazdi. Shunday qilib, yangi sulola cherkovdan o`ziga kerakli sanksiya(ruxsat) olishga muyassar bo`ldi. Pipin hukmronligi davridagi istilochilik yurishlari va bu yurishlarning cherkov tomonidan qo`llab – quvvatlanishi feodalizmni yanada kuchayishini ta`minladi. Karolinglar sulolasi davrida cherkov va yirik yer egalarining dehqonlarga zulm o`tkazishi kuchaya bordi. VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Frank davlatida yer egaligi munosabatlarda yuz bergan inqilob to`liq feodal mulkchilikning hukmronligini ta`minlagan edi. Dehqon yerlarni cherkov va katta yer egalari tomonidan qo`lga olinishi bilan birgalikda qo`shimcha iqtisodiy majburlash choralarining joriy etilishi dehqonlarni battar ezar, ularni feodallarga qaram bo`lib qolishlariga olib kelardi. Katta yer egalari tomonidan yerlarni o`zlashtirish ayniqsa IX asr boshlarida avjiga olgan edi.20 Karolinglar o`zga mamlakatlarni bosib olish siyosatidan kelib chiqib, ozod dehqonlardan harbiy majburiyatlarni bajarishni talab qilgan, bu bilan birga cherkov va davlat soliqlari, katta sud jarimalari dehqon xo`jaliklarni xonavayron bo`lishiga olib
va ularning yerdan ayrilishida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Yerlarni o`zlashtirish yo`lida cherkov ruhoniylari dehqonlarni nafaqat kuch ishlatish va zo`rlash yo`li bilan, balki odamlarning diniy his tuyg`ularidan foydalanishgan. Sen-jermen monastirining IX asrdagi poliptigida temirchilik, to`quvchilik va boshqa hunarmandchilik yo`li bilan ishlab chiqarilgan buyumlarni monastirga berishi majburiy deyiladi. Cherkov ruhoniylari xudoga ishonuvchi dehqonlarga ularning gunohlarini kechirish va narigi dunyoda ularni kutayotgan huzur-halovat evaziga ulardan cherkov foydasiga tortiq bermoqlikni talab qilardi. Cherkov boyliklarni ko`paytirish yo`lida ham aldash ham zo`ravonlik choralarini ishlatgan. Bu yo`lda cherkov ruhoniylari o`z foydasiga olingan yerlarning hujjatlarini qalbakilashtirish yo`lidan ham foydalanardilar.
5. Buyuk Karl tomonidan IX asrning boshlarida “Pomestelar haqidagi kapitulyariy” chiqarilgan.43 Unda:
1.Bizning shaxsiy ehtiyojimizni qondirish uchun pomestimizni kimga belgilab bergan bo`lsak, u boshqa odamlarga emas, balki to`liq holda biz uchun xizmat qilishini istaymiz.
2.Bizning pomestemizdagi odamlarimiz bilan yaxshi munosabatda bo`lishsin va hech kim ularni xonavayron bo`lishga yo`l qo`ymasin.
3.Boshqaruvchilar bizning odamlarimizni o`zlariga xizmat qildirishni o`ylamasinlar, ulardan barshchina, o`rmonlarni qirqishni va o`z foydalari uchun boshqa ishlarni bajartirishni talab qilmasinlar.
4.Hamma boshqaruvchilar ehtiyojimiz uchun ajratgan, sarflagani bergan narsalarini bir ro`yxatga va o`zlari sarflaganlarini boshqa bir ro`yxatga yozib borishga buyruq berishsin, alohida ro`yxatga esa ortib qolgan narsalarning ma`lumotini berishlarini istaymiz.
5.Urush aslahalari-urushga boradigan aravalarimizning yaxshi ishlanib, usti charm bilan qoplangan bo`lishi lozim. Karl Buyuk davrida uning faoliyati tashqi bosqinchilik yurishida o`tgani kapitulyariyda aks ettirilgan. Buyuk Karlga ko`plab yerlarni bosib olishi uchun qurol-aslaha bilan ta`minlangan kuchli qo`shin zarur edi. Buning uchun u harbiy reforma o`tkazdi. Uning qo`shinida 12 yoshga to`lgan har bir ozod erkak qatnashishi zarur edi va yosh chegarasini graf belgilar edi. Harbiy xizmatni o`tash haqida hamma qarorlarni Karl kapitulyaiylarida to`plangan va ularning har birida armiyaga faqat ozod odamlar chaqirilishi mumkinligi ta`kidlangan. Har bir erkin odam o`zining mablag`iga harbiy qurol aslaha olib, yoki o`zining senori bilan yoki o`zining grafi bilan armiya safiga kirishi kerak edi. Katta yer egalari og`ir qurol-aslaha, chavandozlar guruhlarini shakllantirishardi. Qo`shinning asosini benefitsariylar tashkil etardi. Harbiy tarixchi G. Delbryuk bir askar qurol aslahasi qiymatini hisoblab chiqib shunday yozadi “Bosh niqobi – 5 sigir, tana niqobi 12 sigir, nayza va qalqon 2 sigir, urush oti – 12 sigir.” Shunday qilib, bir askar qurol aslahasi 45 sigir yoki 15 yilqiga teng edi va buning narxi o`z navbatida butun qishloq qoramol xarajatlari qiymatiga teng edi. Karl Buyuk bobosi qo`llagan harbiy reformani qo`lladi. Bunda u benifitsiydan foydalandi. Karl kapitulyariyalarida: “Bizning odamlar to`g`risida, shu qatorda yepiskoplar va abbatlarga kimning qo`lida benefitsiylar bo`lsa aytaman… Shulardan har qaysi harbiy amaliyotidan bosh tortsa, bahona qilib armiyaga o`z vaqtida kelmasa jarimaga hukm etiladi” shu kabi farmonlarni uchratamiz. Karl Buyuk o`zining 811-yilgi qarorida kambag`al dehqonlarning urushga qatnashishi to`g`risida aytib o`tgan. Unda kambag`al dehqonning kuchsiz bo`la turib urushga qatnashishi, kuchlilarning urushdan bosh tortishi oralangan Franklarda xususiy mulk ham shakllana boshlaydi. Avvallari xususiy yer egaligi maydonlardan iborat bo`lsa, karolinglar davrida yaylovlar, o`rmonlarni ham qamrab ola boshlaydi. “Bavar haqiqati”da, masalan, bo`lishib olingan o`rmon - silva alterus degan tushuncha paydo bo`ldi. Bunda o`rmonlarning alohida oilalarga ajratib berila boshlanganligi e`tirof etilgandi. O`rmonlarning feodal xususiy mulkchilikka o`tkazilishi haqida birovning o`rmonidan daraxtlarni kesish taqiqlanganligi va buning uchun jarima o`rnatilganligi ham dalolat beradi. Oldi-sotdi, ayirboshlash, yuk tashish, garov, qarz, ssuda, hadya kabi shartnomalarni tuzishda tomonlarning erkin xohish bildirishlari nazarda tutilgan.
Harakatdagi ashyoning haqiqiy egasi uni sotib olganligini yoki ayirboshlaganligini isbotlashi lozim edi. Aks holda, u o`g`ri deb e`lon qilinishi mumkin edi. Xristian cherkovining ta`siri ostida VII-IX asrlarda franklarning nikoh-oila huquqida muhim o`zgarishlar yuz berdi. Buyuk Karl tomonidan (789-yilda) tasdiqlangan 744-yilgi Kapitulyariyda xristianlik qonun-qoidalari bilan muqaddas deb e`lon qilingan nikohning bekor qilinmasligi qoidasi o`rnatildi. VII-IX asrlar mobaynida nikohning cherkovda rasmiylashtirilishi majburiyligini o`rnatuvchi, beva ayollarning qayta nikohga kirishini taqiqlovchi va bosqa shu kabi dastlabki qonun hujjatlari chiqarilgan edi
6. Karl Buyuk o`lgandan keyin uning imperiyasi uzoq umr ko`rmadi. Bu ilk o`rta
asr harbiy-feodal monarxiyasi bo`lib, unda chinakam markazlashuv uchun yetarli darajada iqtisodiy baza yo`q edi. Karl Buyuk zamonida krepostnik pomestelar egasi bo`lib uzil-kesil qaror topgan va Karl Buyuk olib borga urushlar natijasida juda ko`p yangi yerlarga ega bo`lgan feodllarning o`zi mustahkam markazlashgan hokimiyatdan bezor edi. Karl Buyukning o`g`li imperator Lyudovik Xudojo`y zamonida (814-840 yy) bo`linib ketish yo`lidagi intilishlar zo`r berib namoyon bo`ldi. U lapashang bir qirol bo`lib, ruhoniylarga (uning Xudojo`y degan laqabi ham shuni ko`rsatadi) va dunyoviy zodagonlarga butunlay qaram edi. Haqiqatda uning butun qirollik davri uzluksiz g`alayonlar davri bo`ldi. Zodagonlar Lyudovikka qarshi bosh ko`tarib,
uning o`z o`g`illari — Lotar Lyudovikni (yoki Lyudovik Nemisni), o`z otasiga qarshi gij-gijlatdilar. Lyudovik Xudojo`yning uchinchi o`g`li Karl (u keyincha Yaltiroqbosh deb nom oldi) hamisha otasining yonini oldi.Lyudovik Xudojo`y o`lgandan keyin uning o`g`illari bir – biri bilan yana urush boshladi. Imperator unvonini olgan katta akasiga — Lotarga qarshi endi ikkala ukasi — Lyudovik Nemis bilan Karl Yaltiroqbosh bosh ko`tardi. Fontenua shahri yonida bo`lgan jangda (841-yil) Lotar ikkala ukasining birlashgan qo`shinlari tomonidan tor-mor qilindi. Bir yildan keyin, 842-yilda Lyudovik bilan Karl Strasburg shahri yonida bitim tuzib, Lotar ustidan to`la g`alaba qozonguncha unga qarshi kurashni davom ettirishga ahd qilishdi.Nihoyat, 843-yilda uch aka-uka murosaga keldi va Verden shahrida bitim imzolashdi. Verden sulhiga ko`ra, Lyudovik Nemisga Reynning sharqdagi va Alpning shimolidagi hududlar, ya`ni Sharqiy Frank qirolligi, Karl Yaltiroqboshga esa Shelde, Maas, Sona va Rona daryolaridan g`arbdagi yerlar, ya`ni G`arbiy Frank qirolligi va nihoyat, Lotarga esa Sharqiy va G`arbiy qirolliklar oralig`idagi yerlar tegdi. Shu tariqa, Verdenda bo`lgan taqsimot Yevropada keyinchalik vujudga kelgan uchta katta davlat - Fransiya, Germaniya va Italiyaning tashkil topishini umumiy bir tarzda belgilab berdi.G`arbiy Frank qirolligining, o`sha paytda Fransiya deb atalgan bu hududning birinchi qiroli, Lyudovikning kichik o`g`li Karl Yaltiroqbosh bo`ldi. (877-yilda vafot etgan).
Bu yerdagi aholining asosiy ommasi endi tashkil topayotgan fransuz xalqidan iborat bo`lib, u alohida bir shimoliy roman tilida, ilk fransuz tilida gapirishar edi. Bu davlatning poytaxti Parij bo`lib, u Luara daryosi yaqinidagi Sena daryosi bo`yida joylashgan. "G`arbiy franklar qirolligi"da yoki, oddiy qilib aytganda, Fransiyada (uni X-XI asrlarda Fransiya deb atay boshlaydilar) Korolinglar X asrning oxirigacha hokimiyatni o`z qo`llarida saqlab keldi. So`nggi qirol Lyudovik
V Yalqovning vafotidan so`ng (987-yil) Gugo Kapet Fransiya qiroli etib saylanadi.
Shundan boshlab bu davlatni yangi sulola boshqara boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |