Muqaddima


LIMBIK TIZIM VA HISSIYOTLAR



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

LIMBIK TIZIM VA HISSIYOTLAR 
     
     Limbik  tizim  hissiyotlarni  nazorat  qilib,  organizmning  hamma  ichki  omillarini 
jipslashtirish  yo`li  bilan  inson  va  hayvonlarning  intilish  faoliyatini  boshqaradi.  Birinchi 
galda  bu  tizim  organizmning  uzluksiz  ravishda  o‘zgarib  turuvchi  tashqi  muhit 
sharoitlariga moslashishlarini yengillashtiradi. Limbik tizimning shikastlanishi natijasida 
xulq-atvor  sharoitga  nisbatan  noqobil  bo`ladi,  individ  va  turni  saqlashga  qaratilgan 
faoliyatlar  va  jinsiy  ahloq  buziladi.  Masalan,  maymun  miyasining  ikki  tomonidan 
chakkaa  sohasini  bodomsimon  tana  va  gippocampga  qo‘shib  olib  tashlansa,  ularning 
ahloqida  juda  qiziq  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  Operatsiyadan  oldin  ilonni  ko‘rganda 
vahimaga  tushadigan  endi  undan  sira  qo‘rqmaydi.  O‘zini  himoya  qilish  va  guruhdagi 
munosabatlarni  saqlab  qolish  uchun  ishlatiladigan  qo‘rqitish,  tajovuzkorlik,  umuman 
yo‘qoladi.  Hayvonlarning  jinsiy  faolligi  kuchayib,  ular  faqat  o‘z  turi  bilan  emas,  balki 
boshqa  turdagi  hayvonlar  bilan  ham  jinsiy  aloqada  bo`lishga  harakat  qiladi.  Yeb 
bo`lmaydigan  narsalarni  og‘ziga  tiqadi.  Xullas,  miyaning  bu  qismlarini  olib  tashlash 
maymunlarni  yaxshini  yomondan  ajratish  qobiliyatidan  mahrum  qiladi,  xulqlarida 
sharoitga nisbatan noqobollik paydo bo`lishiga olib keladi. 
     Miyasining  chakka  sohalari  shikastlangan  odamlarda  ham  shunga  o‘xshash 
o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Bunday bemor yaxshi tanish bo`lgan odam va narsalarni 
birinchi  marta  ko‘rayotgandek  bbo`ladi.  Bu  odam  narsalarning  nimaga  kerakligini 
tushunmaydi. Qoiiga tushgan narsani og‘ziga soladi. Hamma narsaga, atrofidagi odam va 
voqealarga beferq qaraydi. Noma‘qul xatti-harakatlar qilishi mumkin. 
     Demak,  chakka    va  bodomsimon  sohalarda  hissiyot  va  xatti-harakatlarning 
shakllanishiga javobgar nerv tuzilmalari mavjud. Balki, bbu tuzilmalarda asosan ko‘ruv 
va  eshituv  analizatorlari  orqali  tashqi  muhitdan  tushgan  ma‘lumotlar  xotiradagi 
ma‘lumotlarga  taqqoslanar.  Taqqoslash  ma‘lumotlarning  organizm  uchun  ahamiyatini 
baholash  imkonini  beradi  va  bodomsimon  tana  orqali  oldingiga  o‘xshash  sharoitda 
organizm uchun foydali bo`lgan hissiyot va xatti-harakatlarni yuzaga chiqaradi. 
     Odam  va  hayvonlarning  xatti-harakatlarini  shakllantiradigan  neyronlar  tizimining 
me‘yorida  faoliyat  ko‘rsatishi  uchun  dofaminergik,  noradrenergik  va  serotoninergik 
tuzilmalarning ahamiyati juda katta. Bu monoaminergik tizim tuzilmalari miya stvolidan 
boshlanib,  bosh  miyaning  deyarli  hamma  qismini  nervlaydi.  Noradrenergik 
neyronlarning  chegaralangan  guruhlari  uzunchoq  miya,  ko‘prik  va  havoranng  dog‘ga 
joylashgan.  Ularning  aksonlari  oldingi  miyaning  turli  tuzilmalarini,  birinnchi  galda 
bodomsimon tana, gippokamp, belbog o‘zagini va yangi po‘stloqni nervlaydi. 


 
 
77 
 
     Dofaminergik neyronlar tanalari o‘rta miyaning ventral bo`limlarida joylashgan. Qora 
substansiyadagi  neyronlar  po‘stloq  osti  yadrolari  –  po‘choq,  dumli  yadro  va  ularga 
yondosh  yadrolarni  nervlaydi.  O‘rtaroqdagi  neyronlar  esa  asosan  limbik  tizim 
tuzilmalarini, bodomsimon tana, to‘siq va hid sezuvchi do‘mboqlarni, shuningdek bosh 
miya  po‘stlog‘ining  bu  tizimni  boshqarib  turuvchi  sohalarini  nervlaydi.  Dofaminergik 
aksonlarning  ko‘p  qismi  noradrenergik  neyronlar  o‘simtalari  bilan  oldingi  miyaning 
medial  tutamida  o‘tadi.  Dofaminergik  neyronlar  gipotalamusda  ham  topilgan.  Ular 
rilizing-omillarning ajralishini ta‘minlashda ishtirok etadi degan taxmin bor. 
     Umuman, miyadagi dofaminergik tuzilmalar ta‘siri noradrenergik ta‘sirning tarqalish 
doirasidan torroq. 
     Serotoninergik  neyronlarning  somalari  uzunchoq  miyaning  o‘rta  choki  sohasida 
joylashgan.  Ularning  aksonlari  ham  medial  tutam  tarkibida  bo`lib,  oldingi  va  oraliq 
miyaning deyarli hamma qismini nervlaydi. 
     Noradrenergik va serotoninergik tolalar miyacha va orqa miyani ham nervlaydi. 
     Monoaminergik  tizimlarning  uchtasi  ham  odam  va  hayvon  xulq-atvori,  istaklarining 
yuzaga  chiqishida  muhimligi  odam  va  hayvonlarda  o‘tkazilgan  o‘z-o‘zini  ta‘sirlash 
tajribalaridan ma‘lum. J.Olds ilk bor kalamushda o‘tkazgan bu tajriba shunday bo`lgan: 
mikroelektrodlar  stereotksis  usul  yordamida  limbik  tizim,  gipotalamus  va  to‘rsimon 
formatsiyaning  aniq  nuqtalariga  o‘rnatilgan.  Kalamush  maxsus  katakda  bo`lib,  tepkiga 
panjasi  bilan  bosganda  elektrodlarga  tok  o‘tib,  o‘ziga  yaqin  neyronlarni  qo‘zg‘atgan. 
Turli  neyronlarning  qo‘zg‘alish  natijasi  ularning  joylashishiga  qarab  har  xil  bo`lgan. 
Ba‘zi tuzilmalarni, masalan, oldingi miyaning o‘rta tutamini rag‘batlantirish hayvonlarda 
rohatlanish  reaksiyasini  paydo  qilgan.  Shu  sohada  elektrodlar  bo`lgan  kalamushlar 
boshqa  hamma  narsadan  voz  kechib,  faqat  tepkiga  bosish  bilan  ovora  bo`lgan.  Ular  bir 
soatda miyasiga 7000 gacha impuls yuborgan. 
     Miyaning  boshqa  sohasida,  masalan,  o‘rta  va  oraliq  miyaning  paraventrikulyar 
sohalarida elektrodlar bo`lgan kalamushlar tepkini bir marta bosib ko‘rganidan keyin, bu 
ishni  qayta  qilmagan.  Demak,  bu  sohaning  qo‘zg‘alishi  hayvonga  yoqmagan. 
Rohatlanish,  qanoatlanishni  yuzaga  chiqaradigan  sohalarni  musbat,  aks  natijaga  olib 
keladigan sohalarni manfiy effekt sohalari ham deyisgadi. 
     Neyroxirurgik operatsiyalsr vaqtida bemorlarda olib borilgan kuzatishlar hayvonlarda 
olingan bu qonuniyatlarni odam miyasi faoliyatiga ham qo`llasa bo`ladi, degan xulosaga 
olib keladi. Mahalliy og‘riqsizlantirish qo`llangani uchun bemor bilan muloqatda bo`lish, 
miyasidagi qiziqtirgan sohaga elektrod qo‘yib, stimullash va bu vaqtda u nima sezganini 
so‘rab  olish  mumkin.  Hayvonlarda  manfiy  samara  chaqiradigan  soha  bemorda 
qo‘zg‘atilsa,  u  yoqimsiz  –  havotirlanish,  qo‘rqish  va  shunga  o‘xshash  holatlarni  his 
qilgan.  Musbat  sohalarning  elektr  toki  bilan  ta‘sirlanishi  esa  mamnunlik,  xotirjamlik, 
quvonch hislarini tug‘dirgan. 
     Tekshirishlar  natijasida  musbat  samara  beradigan  sohalarning  deyarli  hammasi 
katexolarninergik    neyronlardan  iboratligi,  manfiy  samara  beradigan  sohalar  esa 
serotoninergik neyronlar ekanligi aniqlandi. 
     Bu  ma‘lumotlar  amaliy  ahamiyatga  ega.  Havotirlanish,  serjaxllikni  serotonin 
almashinuvini susaytiruvchi dorilar (seduksen, elenium) bilan yaxshi davolash mumkin. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish