Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

KEYINGI MIYA REFLEKSLARI 
 
     Keyingi  miyada  hayotiy  ahamiyatga  ega  bo`lgan  bir  qator  reflekslarning  yoylari 
tutashgan.  Bu  reflekslar  ichki  a‘zolar  faoliyatini  boshqarishda  katta  ahamiyatga  ega. 
Birinchi  galda  bular  nafasni  boshqaruvchi  reflekslar  va  nafasga  aloqador  aksa  urish  va 
yo‘talish  himoya  reflekslaridir.  Nafas  olishni  va  nafas  chiqarishni,  organizmning 
kislorodga bo`lgan ehtiyojiga qarab nafasning o‘zgarishini nafas markazi ta‘minlaydi. U 
to‘rsimon  formatsiyaning  uzunchoq  miyadagi  qismida  joylashgan  ikkita  -  inspirator 
(nafas  olish)  va  ekspirator  (nafas  chiqarish)  qismidan  iborat.    Bu  markazlar 
qo‘zg‘aluvchanligining  o‘zgarishi  orqa  miyaning  bo‘yin  va  ko‘krak  segmentlarida 
joylashgan  motoneyronlarga  ta‘sir  qilib,  nafas  muskullarining  faoliyatini  o‘zgartiradi. 
Natijada  nafas  o‘zgaradi.  Nafas  markaziga  avvalo  o‘pkaning  o‘zidagi,  nafas 
muskullaridagi  retseptorlardan  kelgan  impulslar,  qonda  kislorod  va  karbonat  angidrid 
miqdori o‘zgarishi ta‘sir qiladi. 


 
 
62 
 
     Qon  tomirlar  harakatini  boshqaruvchi  markaz  –  keyingi  miyaning  ikkincchi  hayotiy 
ahamiyatga  ega  markazi  hisoblanadi.  U  to‘rtinchi  qorincha  tubida  kattagina  sohani 
egallagan.  Tomirlarni  harakatlantiruvchi  markazning  tuzilishi,  uni  tashkil  qiluvchi 
neyronlarning xususiyatlari ham yaxshi o‘rganilmagan. Bu neyronlarning aksonlari orqa 
miyaning  ko‘krak  segmentlariga  tushib,  simpatik  nerv  tizimining  preganglionar 
neyronlarida sinapslar hosil qiladi. Markazdan tushgan impulslar simpatik neyronlarning 
tonusini  oshirganda  tomirlardagi  silliq  muskullarni  qisqartiradi,  tomir  torayadi.  Bu 
neyronlarning simpatik nneyronlarga ta‘siri sustlashganda, tomirlar kengayadi. 
     Qon  tomirlarni  harakatlantiruvchi  markazga  birinchi  galda  tomirlarning  o‘zida 
joylashgan  xemo-  va  mexanoretseptorlardan  adashgan,  hamda  til-halqum  nervlarining 
afferent tolalari bo‘ylab yetib kelgan impulslar ta‘sir qiladi. 
     Nafas va tomir markazlarining shikastlanishi hayvonni halokatga olib keladi. 
     Keyingi miya hazm faoliyatiga aloqador bo`lgan bir nechta reflekslarni boshqarishda 
ham ishtirok etadi. Bu ovqat chaynaash, yutish, emish va qusishdir. Miyaning bu qismi 
hazm bezlarida shira ajralishini boshqarishda ham 
ishtirok etadi.  
     Ovqatni  chaynash  pastki  jag‘ning  yuqori  jag‘ga  nisbatan  siljishidan  iborat.  Og‘iz 
b‘oshlog‘‘ga tushgan ovqat til, lunjdagi retseptorlarga ta‘sir qiladi. Ulardan hosil bo`lgan 
impulslar  til-halqum  nervining  afferent  tolalaridan  o‘tadi.  Chaynash  jarayonida  til  va 
og‘iz  bo‘shlig‘i  devorlari  ishtirok  etadi.  Chaynash  harakatlari  asosan  jag‘muskullari 
ishiga bog‘liq. Ularni uchlik nervining motor tolalari nervlaydi. 
     Ovqatni  yutish  o‘zaro  birin-ketin  yuz  beruvchi    murakkab  harakatlardan  iborat. 
Ovqatni yutishda og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngachning bosh qismidagi muskullar 
ishtirok etadi. 
     Yutish  refleksi  yoyining  afferent  qismi  uchlik,  til-halqum  va  adashgan  nervlarning 
sezuvchi  tolalaridan,  efferent  qismi  esa  shu  nervlarning  harakatlantiruvchi  tolalridan 
iborat. 
     Qusish  hazm  jarayoniga  aloqador  himoya  refleksidir.  Bu  odatda  halqum  va  me‘da 
retseptorlari qattiq ta‘sirlanganda sodir bo`ladi. Juda ko‘p yeyilgan ovqat va ichimliklar 
kuchli  ta‘srlovchilar  bo`lishi  mumkin.  Qo‘zg‘alish  retseptorlardan  adashgan  nervning 
sezuvchi  tolalari  orqali  keyingi  miyaga  yetib  keladi.  Bu  refleks  yoyinig    effektor  qismi 
ancha  murakkab.  Qusish  vaqtida  ichak,  me‘da,  qizilo‘ngach  muskullaridan  tashqari, 
halqum,  hiqildoq,  til  va  og‘iz  muskullari  qisqaradi,  so`lak  va  ko‘z  yoshi  ajralishi 
tezlashadi.  Demak,  qusish  jarayonida  qo‘zg‘alish  shu  muskul  va  bezlarni  nervlaydigan 
efferent tolalardan o‘tadi. 
     Vestibulyar  apparatning  kuchli  qo‘zg‘alishi  ham  ba‘zi  odamlarda  qusishni  paydo 
qiladi.  Qusish  markazi  gumoral  yoi  bilan  ham  qo‘zg‘alishi  mumkin.  Yuqumli 
kasalliklarni  keltirib  chiqaruvchi  mikroblarning  zaharlari  (toksinlari),  ba‘zi  dorilar, 
masalan apomorfin, qusish markaziga kuchli ta‘sir etadi. 
     Emish  refleksi  emadigan  bolalar  uchun  juda  muhim.  Bu  refleks  lablarda  joylashgan 
retseptorlardan  yuzaga  chiqadi.  Afferent  impulslar  uchlik  nervining  asezuvchi  tolalari 
orqali, efferent impulslar esa yuz nervi bilan til osti nervining motor tolalari orqali o‘tadi. 
Lablar, lunj va til  harakatlari natijasida bolaning og‘iz bo‘shlig‘ida atmosfera bosimiga 
nisbatan  manfiy  bosim  paydo  bo`lib,  u  sutning  onaning  sut  bezlaridan  bolaning  og‘iz 
bo‘shlig‘iga o‘tishini ta‘minlaydi. 
     Ko‘zni  uchirish  ham  keyingi  miyaning  himoya  reflekslariga  kiradi.  Ko‘zning  shox 
pardasi  ta‘sirlanganda  paydo  bo`lgan  retseptorlarning  qo‘zg‘alishi  uchlik  nervining 


 
 
63 
 
afferent tolalari orqali markazga yetib keladi va bu yarda shakllanngan efferent impulslar 
yuz  nervining  harakatlantiruvchi  tolalari  orqali  qovoq  muskullarini  qisqartirib,  qovoqni 
yumadi. 
     Shuni ta‘kidlash kerakki, keyingi miya markazlarining faoliyati doim yug‘un bo`lishi 
kerak.  Masalan,  yutish  markazi  qo‘zg‘alib,  yutishni  ta‘minlagan  vaqtda,  nafas  markazi 
to‘rmozlanib,  nafasni  to‘xtatishi  lozim.  Aks  holda  ovqat  zarrachalari  nafas    yo`llariga 
ketib  qolishi  mumkin.  Tomirlarni  harakatlantiruvchi  markazning  qo‘zg‘alishi  adashgan 
nervning vegetetiv neyronlarini tormozlab, yurakning qisqarishlar sonini ko‘paytiradi. 
     Keyingi  miyaning  reflektor  faoliyati  juda  keng.  Bu  reflekslar  orasida  muskullar 
tonusini,  tananing  fazodagi  holatini  idora  qilib  turuvchi  reflekslarning  ahamiyati 
nihoyatda  katta.  Ular  miya  stvolining  statik  va  statokinetik  reflekslari  bilan  birga 
ko‘riladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish