Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

SPINAL KARAXTLIK 
 
     Orqa  miyaning  ko‘ndalangiga  toia  kesilishi  sut  emizuvchi  hayvonlarda  juda  og‘ir 
ahvolga  –  spinal  karaxtlik  rivojlanishiga  olib  keladi.  Tananning  orqa  miyani  qirqilgan 
joyi ostidagi segmentlar nervlaydigan qismlarida ixtiyoriy harakatlar umrbod yo‘qoladi. 
Bu  sohalarda  sezgilar  ham  butunlay  yo‘qolib,  aslo  tiklanmaydi.  Qirqilgandan  so‘nng 
ma‘lum vaqt davomida pastki segmentlardagi markazlar yuzaga chiqaradigan somatik va 
vegetativ reflekslar yo‘qoladi. Bir-ikki oy davomida tananing shikastlangan sohasida teri 
qurib,  qizaradi,  harorati  ko‘tariladi.  Chunki  tomirlar  va  ter  bezlariga  simpatik 
markazlarning  ta‘siri  susayadi.    Qon  tomirlar  kengayadi,  ter  ajtalishi  kamayadi. 
Tannaning  katta  sohasida  qon  tomirlarning  birdan  kengayishi  qrterial  qon  bosimining 
xavfli darajada pasayishiga sabab bo`lishi mumkin. 
     Vaqt o‘tishi bilan orqa miyaning qirqilgan joyidan past qismida reflekslar asli holiga 
kela  boshlaydi.  Pay  reflekslari  paydo  bo`ladi,  qon  tomirlar  tonusi  tiklanadi.  Keyingi 
davrda  orqa  miya  yuzaga  chiqaradigan  reflekslar  kuchayadi.  Somatik  reflekslardan 
birinchi galda bukuvchi reflekslar kuchayadi. Olti-yetti oydan so‘ng yoyuvchi reflekslar 
ham paydo bo`ladi. 
     Spinal  karaxtlik  rivojlanishiga  orqa  miya  qirqilgandan  keyin  shikastlangan  sohadan 
past  qismiga  supraspinal  ta‘sirlarning  o‘tmay  qolishi  sabab  bo`lsa  kerak.  Chunki 
reflektor  faoliyat  tiklangandan  keyin  orqa  miya  takroran  qirqilganda,  spinal  karaxtlik 
rivojlanmaydi. 
     Spinal karaxtlikning og‘irligi va davomiyligi hayvonlarning qanchalik rivojlanganiga 
bog‘liq. Baqada bu holat faqat bir necha minut davom etsa, primatlarda hafta va oylarga 
cho‘ziladi. 
     Orqa  miyaning  yarmi  ko‘ndalangiga  kesilsa,  kesilgan  tomondagi  muskullar  shol 
bo`ladi,  muskul  holatini  va  og‘riqni  sezish  buziladi,  qon  tomirlar  ham  shol  bo`lib, 
kengayib  ketadi. Qarama-qarshi  tomondagi  muskullarning  ixtiyoriy  harakatlari saqlanib 
qoladi,  muskul  holatini  sezish  ham  buzilmaydi,  ammo  og‘riqni  va  haroratni  sezish 
yo‘qoladi.  Taktil  sezgi  tananing  har  ikki  tomonnida  ham  sal  pasayadi.  Bu  alomatlar 
yig‘indisi Broun-Sekar sindromi deyiladi. 
     Orqa  miya  tajriba  uchun  ko‘ndalangiga  kesiladi    ham.  Bosh  miyasi  orqa  miyasidan 
ajratilgan – spinal hayvonlarda spinal karaxtlik tugaganidan so‘ng, orqa miya reflekslari 
miyaning  yuqori  qismlarini  ta‘siridan  xalos  bo`lganida  o‘rganish  imkoniyati  paydo 
bo`ladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish