55
ORQA MIYA
Orqa miya MNT ning filogenetik eng qadimiy qismi. U organizmning barcha
murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, tana, qo'l-oyoq
terisidagi
eksteroretseptorlardan,
proprioretseptorlardan
va
deyarli
barcha
visseroretseptorlardan keladigan impulslarni qabul qiladi. Orqa miya bosh muskullaridan
tashqari barcha skelet muskullarini nervlaydi.
20-
расм. Марказий'нѐр6 тизимини бўлимларга ажратйш
схѐмаси.
Organizmdagi
behisob
harakat
reaksiyalari orqa miyaning reflektor
faoliyati
natijasidir.
Bu
reflekslarning
markazlari
orqa
miyada joylashgan. Ba'zi reflektor
harakatlarning markazlari miyaning
yuqori qismida joylashgan.
Ana shu reflekslarning yuzaga
chiqishida
orqa
miya
afferent
impulslarni retseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa shu markazdan
muskullarga o'tkazadi. Demak, orqa miya ikkita asosiy faoliyatni – reflektor va
o'tkazuvchi yo'l vazifasini bajaradi. Shuningdek orqa miyada simpatik va parasimpatik
nerv markazlari joylashgan. Bu markazlar ichki a'zolar faoliyatini bboshqarishda, ichki
muhit turg'unligini saqlashda katta ahamiyatga ega. Odamning orqa miyasi 8 ta bo'yin,
12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1-3 ta dum segmentlaridan iborat. Uning 31 juft
oldingi va 31 juft orqa ildizlari bor. Oldingi ildizlarda markazdan qochuvchi efferent
tolalar, orqa ildizlarda esa markazga intiluvchi afferent tolalar o'tgan. Ch.Bell va
F.Majandi orqa miyaning orqa va oldingi ildizlarida afferent va efferent tolalarning
qonuniy ravishda taqsimlanishini kashf etishgan.
Orqa ildizlardagi tolalar soni oldingi ildizlardagidan deyerli ikki marta ko'p.
Orqa miyadagi 13 millionga yaqin neyronlarning faqat 3% efferent neyronlar, qolgan
97% oraliq yoki interneyronlardir. Afferent neyronlarning tanalari MNT dan tashqarida
joylashgan. Afferent tolalarni skelet muskullariga beradigan neyronlarning tanalari spinal
tugunlarda, ichki a'zolarning sezgilarini ta'minlaydigan neyronlarning tanalari esa
vegetativ nerv tizimining ekstra- va intramural tugunlarida joylashgan.
Afferent neyronning bitta o'simtasi bo'lib, somadan sal uzoqlashgach ikkita shohga
bo'linadi. Biri retseptordan qo'zg'alishni somaga, ikkinchisi esa impulslarni hujayra
tanasidan orqa yoki bosh miyadagi neyronlarga yetkazadi. Qo'zg'alishni o'tkazish
tezligiga, yo'g'onligiga ko'ra
bu tolalarni A, B va C guruhlariga kiritish mumkin.
Orqa miyaning efferent neyronlari alfa- va gamma-motoneyronlardan, hamda
vegetativ nerv tizimining preganglionar neyronlaridan iborat. Alfa-motoneyronlar orqa
miyada shakllangan signallarni skelet muskullariga yetkazadi. Bu neyronlarning
aksonlari muskulga yaqinlashib, bir qancha shohchalarga bo'linadi va 10 dan 100 tagacha
muskul tolalarini nervlab, harakat birligini hosil qiladi.
Gamma-motoneyronlar skelet muskullarining murakkab retseptorlari – muskul
duklari ichidagi intrafuzal muskul tolalarni nervlaydi. Bu neyronlardan muskul duklariga
56
tushib turadigan impulslar intrafuzal muskul tolalar tarangligini ekstrafuzal tolalarning
qisqarishiga moslab, retseptor sezgirligini yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi.
Orqa miya ko'krak va bel segmentlarining yon shoxlarida preganglionar simpatik
neyronlar, dumg'aza qismida esa parasimpatik preganglionar neyronlar joylashgan.
Orqa miyaning oraliq neyronlarini o'simtalari miyadan tashqariga chiqmaydi. Bu
o'simtalarning yo'nalishiga ko'ra asl srinal va proyeksion interneyronlar tafovut qilinadi.
Asl spinal interneyronlarning dendritlari va aksoni bir necha yondosh segmentlar
sohasida tarqaladi. Proyeksion interneyronlarning aksonlari esa orqa miyaning
ko'tariluvchi yo'llarini tashkil qiladi.
ORQA MIYANING REFLEKTOR
FAOLIYATI
Orqa miya bir tarafdan talaygina reflekslar markazi bo'lsa, ikkinchidan pastdan tepaga
va tepadan pastga o'tadigan bir talay yo'llarning yig'indisi hisoblanadi. Shunga ko'ra,
uning faoliyatini shartli ravishda reflektor faoliyatga va o'tkazuvchi yo'l faoliyatiga
bo'ladilar.
Orqa miya bajaradigan faoliyatlar doirasi juda keng. U deyarli barcha harakat
reflekslarini yuzaga chiqarishda ishtirok etadi (bosh muskullari harakatidan tashqari),
siydik ajratish va jinsiy faoliyat, to'g'ri ichak faoliyati, haroratning barqarorligini saqlab
turish va modda almashinuvini boshqarish, ko'pchilik qon tomirlarning tonusini saqlash
bilan bog'liq bo'lgan reflekslarni yuzaga chiqaradi.
Orqa miyaning harakat va tonik reflekslari tananing fazodagi harakatlarini, tana
qismlarini bir-biriga nisbatan harakatlarini, yotish, o'tirish, tik turishni (vaziyatni)
ta'minlaydi. Orqa miyaning reflektor faoliyati to'g'risida ma'lumot olish uchun 2-jadvalga
qarang.
Yuqorida ko'rsatilgan spinal reflekslar sun'iy yo'l bilan hosil qilinadi. Masalan,
paylarga ta'sir qilinmasa, bu reflekslar tabiiy sharoitda kuzatilmaydi. Ammo tabiiy
sharoitda pay (cho'zilish) reflekslari o'ziga xos tarzda sodir bo'ladi. Odam tik turganda
yerning tortish kuchi oyoqlarni tizza bo'gimlarida bukishga qaratiladi. Natijada sonning
to'rt boshli muskuli sal cho'ziladi, taranglashadi. Muskul cho'zilib, proprioretseptorlarni
(muskul duklarini) qo'zg'atadi va ulardan orqa miyaga borgan impulslar to'rt boshli
muskulni qisqartiradi. Bu esa oyoqlarni gavda og'irligidan bukilishiga yo'l qo'ymaydi.
Tana qismlarining ma'lum holatini ta'minlovchi vaziyat reflekslari orqa miya
reflekslarining katta guruhini tashkil qiladi. Bulardan bo'yin-tonik reflekslari katta
ahamiyatga ega. Ular miya stvolining boshqa qismlari boshqaradigan tonik reflekslar
bilab chambarchas bog'liq. Vaziyat va tonik reflekslarga keyinroq yana qaytamiz. Orqa
miyaning visseral reflekslari ichki a'zolar faoliyati bobida bayon qilinadi.
ORQA MIYA O'TKAZUVCHI YO'LLARINING FAOLIYATI
Tuzilishiga va bajaradijan ishiga ko'ra uyg'un bo'lgan orqa miyaning turli qismlarini
va orqa miyani bosh miya bilan bog'laydigan tolalar guruhlari o'tkazuvchi yo'llar
deyiladi. Har qaysi yo'lni tashkil qiladigan tolalar bir xil neyronlardan boshlanib, ma'lum
bir faoliyatni bajaradigan neyronlarda tugaydi.
Faoliy xususiyatlariga ko'ra assotsiativ, komissural va proyeksion tolalar tafovut
qilinadi. Assotsiativ tolalar orqa miyaningbir tomonidagi turli segmentlarni bog'laydi.
Komissural tolalar esa turli segmentlarning qarama-qarshi tomonlari o'rtasida o'tgan.
57
Proyeksion tolalarni haqiqiy o'tkazuvchi yo'llar deyish mumkin. Ular pastdan yuqoriga
va yuqoridan pastga o'tib, orqa miyani markaziy nerv tizimining yuqori qismlari bilan
bog'laydi. Bular ko'tariluvchi (markazga intiluvchi, afferent, sezuvchi) va tushuvchilarga
(markazdan qochuvchi, efferent, harakatlantiruvchi) yo'llarga bo'linadi.
Tashqi va ichki muhit o'zgarishlariga javoban qo'zg'aladigan retseptorlarda vujudga
kelgan impulslar ko'tariluvchi o'tkazuvchi yo'llardan o'tadi. Ko'tariluvchi yo'llarga
ekstero-, proprio- va interoretseptiv sezgi yollari kiradi.
Tushuvchi o'tkazuvchi yo'llar impulslarni bosh miya tuzilmalaridan tashqi va ichki
muhit o'zgarishlariga javob reaksiyalarini shakllaydigan orqa miya markazlariga
o'tkazadi. Asosiy o'tkazuvchi yo'llarning ta'rifi 3-jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: