47
Muayyan refleksni paydo qiluvchi retseptorlarning tanada joylashishiga qarab,
eksteroretseptiv va interoretseptiv reflekslar farqlanadi. Birinnchilarining retseptorlari
tana yuzasida, ikkinchilariniki ichki a‘zolarda, tomirlarda, hamda muskul, pay va
bo‘g‘inlarda (proprioretseptorlar) joylashgan.
Reflekslarni MNT ning ularni yuzaga chiqarishda ishtirok etuvchi qismlariga qarab
ham tasnif qilish mumkin. Bunga ko‘ra spinal, bulbar, mezensefal, diensefal va kortikal
reflekslar ajratiladi.
Biologik ahamiyatiga ko‘ra ovqatlanish, jinsiy, vaziyatni chamalash, mudofaa,
vaziyat, tonik va lokomotor reflekslarni tafovut qilish mumkin.
Nihoyat, kuzatish mumkin bo`lgan reflekslarni ikki katta guruhga – shartsiz va shartli
reflekslarga bo`ladilar.
Yuqorida reflrks vaqti haqida aytib o‘tilgan edi. Bu yerda refleksning retseptiv
maydoni, refleks markazi va ijrochi a‘zo (effektor) to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritish
o‘rinli bo`lar edi.
Refleks retseptor qozg‘alishidan boshlanadi. Ammo bitta retseptorning qo‘zg‘alishi
qanchalik kuchli bo`lmasin, refleksni yuzaga keltira olmaydi. Buning uchun tananing
ma‘lum qismida joylashgan bir guruh retseptorlar ayni bbir vaqtda ta‘sirlanib,
qo‘zg‘alishi kerak. Muayyan refleksning yuzaga chiqishini ta‘minlaydigan
retseptorlarning tanada joylashgan sohasi refleksning retseptiv maydoni, deyiladi.
Refleks sodir bo`lganda, bir guruh retseptorlar qo‘zg‘aladi. Ularda paydo bo`lgan
impulslar bir-biriga parallel bo`lgan bbir guruh afferent tolalar orqali MNT ga
yetkaziladi va bbir guruh oraliq, hamda efferent neyronlarni qo‘zg‘atadi. Muayyan
refleksni yuzaga chiqarish yoki ma‘lum faoliyatni boshqarish uchun zarur bo`lgan
neyronlar yig‘indisi nerv markazi, deyiladi.
Nerv markazida shakllangan efferent impulslar efferent tolalar orqali ijrochi a‘zolarga
– effektorlarga uzatiladi. Skelet muskullari, silliq muskullar, bezlar va ichki a‘zolar turli
reflekslarnning effektorlaridir.
NEYRON ZANJIRLARI, NERV MARKAZLARI
VA ULAR
FAOLIYATINING ASOSIY QONUNIYATLARI
MNT ning elementar birligi bo`lmish neyronga ham integrativ (birlashtiruvchi)
faoliyat xos. Birinchi pog‘onadagi ana shu integratsiya neyron membranasida
qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi postsinaptik potensiallarning o‘zaro ta‘siri natijasida
yuzaga chiqadi. Ammo MNT bajaradigan faoliyatlar murakkab va ko‘p qirrali
bo`lganidan, integrativ faoliyat yuqori va oliy pog‘onada bo`lishi shart. Markaziy nerv
tizimini tashkil qiluvchi neyronlarning nisbatan sodda va murakkab zanjirlarga ulanishi,
ixtisoslashgan neyronlar birligi – nnerv markazlarini hosil qilishi integrativ faoliyatning
yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga imkon tug‘diradi. Neyron zanjirlari va nerv markazlari
hosil bo`lishi va faol ishlashining ma‘lum tamoyillari va qoidalari bor. Bulardan
divergensiya va konvergensiya, okklyuziya, fazodaga va vaqtdagi qo‘shilishni, nerv
markazlarida qo‘zg‘alishning o‘tkazilish qonunlari va xususiyatlari, hamda boshqalarni
ko‘rsatish mumkin.
Divergensiya. Periferik retseptorlar bilan bog‘liq bo`lgan afferent neyron aksoni orqa
miyaga kirib shoxlanadi. Shu yoi bbilan hosil bo`lgan kollaterallar
48
-
расм. Дивергенция (А). конвергекция (Б), окклюзия (В) вақтдаги (Г) ва фазодаги (Д) қўшилиш ҳодисалари схемаси.
neyronning aksoni emas, oraliq neyronning aksonlari ham kollaterellar hosil qiladi.
Natijada qo'zg'alish yoki tormozlanish tarqaladigan yo'l kengayadi (17-rasm). Bu
jarayonlarning MNT da tarqalishi (irradiatsiyasi) uchun asos yaratadi. Efferent yo'llar
ham divergensiyaga uchraydi. Masalan, bitta motoneyron aksoni 10-15 dan 1500-2000
gacha shoxchalar hosil qiladi va shuncha miqdordagi muskul tolalarini nervlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: