Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

     Okklyuziya.  Ba‘zi sharoitlarda efferent neyronlarga ikki (yoki bundan ko‘p) afferent  
yo`llar  orqali  bir  vaqtning  o‘zida  kelgan  impulslar  qo‘shilib,  kutilganidan  kam  samara 
beradi. 17-rasmning V qismida uchta efferent neyronga ikkita afferent tola yetib kelgan. 
O‘rtadagi  neyron  ham  birinchi,  ham  ikkinchi  tola  bilan  bog‘langan.  Birinchi  tolani 
rag‘batlantirilsa, ikkita neyron qo‘zg‘aladi va shartli natija 2 ga teng bo`ladi. Ikkala tola 
alohida-alohida  ta‘sirlanganda,  olingan  natijalar  yig‘indisi  shartli  4  ga  teng.  Endi 
efferenrt  tolalarni  bir  vaqtada  ta‘sirlasak,  uchta  efferent  neyron  qo‘zg‘aladi  va  shartli 
natija 3 ga teng bo`ladi. Bu hodisa okklyuziya yoki tiqilib qolish deyiladi. 
 
NERV MARKAZLARINING XOSSALARI 
 
     Nerv  markazi  muayyan  refleksni  yuzaga  chiqarishga  yoki  ma‘lum  faoliyatni 
boshqarishga  ixtisoslashgan,  U  markaziy  nerv  tizimining  boshqa  qismlari  bilan 
bog‘langan. Shuning uchun nerv markazini miyaning cheklangan qismi, deyish noto‘g‘ri 
bo`lar edi. 
     Oddiy neyronlar zanjirida ro‘y beradigan hodisa va jarayonlarni nerv markazida ham 
kuzatish mumkin. Bularga divergensiya, konvergensiya, summatsiya va boshqalar kiradi. 
Nerv markazlarining o‘ziga xos xossalari ham bor. Ulardan ba‘zilarini ko‘rib chiqamiz. 
 
QO‘ZG‘ALISHNI BIR TOMONLARNA O‘TKAZISH 
 
     Qaysi refleks yoyini olmanng, unda qo‘zg‘alish faqat afferent tola bo‘ylab markazga 
keladi  va  efferent  tolaga  o‘tadi.  Efferent  neyrondan  qo‘zg‘alish  hech  qachon  afferent 
neyronga  o‘tmaydi.  Bunga  quyidagi  tajriba  isbot  bo`lishi  mumkin.    Baqa  orqa 
miyasining  bir  segmentini  ajratib  olarniz.  Bu  segment  bir  juft  orqa  va  bbir  juft  oldingi 
ildizlarga  ega.  Oldingi  ildizlar  efferent,  orqa  ildizlar  esa  afferent  tolalardan  iborat. 
Oldingi ildizda qayd qiluvchi elektrodlar o‘rnatib, ossillografga ulanadi. Orqa ildizga esa 
ta‘sirlovchi  elektrod  o‘rnatiladi.  Orqa  ildizga  elektr  toki  bilan  ta‘sir  qilsak,  ossillograf 
oldingi  ildizda  impulslar  qayd  qiladi.  Agar  elektrodlar  o‘rnini  almashtirib,  tajriba 
takrorlansa, orqa ildizda impulslar qayd qilinmaydi. Buning sababi shundaki, neyronlarni 
refleks  yoyiga  ulab  turgan  kimyoviy  sinapslar  qo‘zg‘alishni  faqat  bir  tomonlarna, 
presinaptik membranadan postsinaptik membranaga o‘tkazadi. 
 
QO‘ZG‘ALISHNI TO‘XTATIB O‘TKAZISH 
 
     Nerv  markazining  bu  xossasi  ham  sinnaps  faoliyatiga  bog‘liq.  Afferent  tola  bo‘ylab 
yuqori  tezlikda  o‘tayotgan  impulslar  markazga  kelib  ma‘lum  vaqtga  to‘xtab  qoladi. 
Chunki  markazda  qo‘zg‘alish  bir  yoki  bbir  nechta  sinapsdan  o‘tishi  kerak. 
Qo‘zg‘alishning  sinapsdan  o‘tishi  quyidagi  uchta  asosiy  jarayondan  iborat.  Nerv 
oxirlariga  yetib kelgan  impulslar  ta‘sirida mediator  ajraladi. Mediator sinaps  yorig‘idan 
o‘tib, postsinaptik membranaga ta‘sir qiladi va bu membrananing ion o‘tkazuvchanligini 
o‘zgartirib,  qo‘zg‘atuvchi  postsinaptik  potensial  hosil  qiladi.  Qo‘zg‘alishning  markaz 
ichida  afferent  neyrondan  efferent  neyronga  o‘tkaziladigan  vaqti  refleksning  chin  yoki 
markaziy  vaqti,  deb  ataladi.  Monosinaptik  refleks  yoylarida  bu  vaqt  1,5-2  ms. 
Polisinaptik  reflekslarning  markaziy  vaqti  ikki,  uch  va  bundan  ko‘p  marta  oshadi. 


 
 
50 
 
Refleksning  markaziy  vaqti  uning  umumiy  vaqtini  bbir  qismini  tashkil  qiladi. 
Refleksning  umumiy  vaqtiga  markaziy  vaqtdan  tashqari,  retseptorning  qo‘zg‘alishi 
uchun  zarur  bo`lgan  vaqt,  qo‘zg‘alishning  afferent  va  efferent  tolalarda  o‘tkazilishi 
uchun  ketgan  vaqt  va  ishchi  a‘zoning  latent  davri  kiradi.  Refleks  yoyining  tuzilishiga 
ko‘ra, refleksning umumiy vaqti 4-5 millisekunddan 20 sekundgacha bo`lishi mumkin. 
 
QO‘ZG‘ALISHLAR RITMINI O‘ZGARTIRISH 
     Tabiiy  sharoitda  ma‘lum  markazga  afferent  tolalar  orqali  kelayotgan  va  undan 
efferent  tolalar  bo‘ylab  ketayotganni  bir  vaqtda  qayd  qilsak,  bu  impulslarning 
ko‘rsatkichlarida  farq  borligini  ko‘rish  mumkin.  Birinchi  galda  bu  impulslar 
chastotasining teng emasligi bilinadi. Demak, markaz o‘ziga keluvchi impulslar ritmini 
o‘zgartira  oladi.  Bu  hodisa  ritmning  tranformatsiyasi  deyiladi.  Nerv  markazlari  yakka 
stimullar  bilan  ta‘sirlanganda,  qo‘zg‘alishlar  ritmining  transformatsiyasi  yaqqol  ko‘zga 
tashlanadi.  Afferent  tola  orqali  berilgan  yakka  stimulga  javoban  markaz  odatda  bir 
nechta efferent impuls shakllaydi. 
 
NERV MARKAZLARINING CHARCHASHI 
 
     Baqa  umurtqa  pog‘onasining  bel  qismini  ochib,  orqa  miyaning  orqa  ildizi  ostiga 
elektrodlar o‘rnatiladi. Elektrodlar orqali berilgan ketma-ket ta‘sirotlar shu segmentning 
oldingi  ildizi  nnervlaydigan  muskullarni  qo‘zg‘atib,  qisqartiradi.  Ta‘sirlash  uzoq  vaqt 
davom ettirilsa, muskullarning qisqarishi tobora sustlashib, oxiri yo‘qoladi. Shu vaqtda 
muskulga  oldingi  ildizni  ta‘sirlab,  impulslar  berilsa,  muskulning  qisqarish  qobiliyati 
saqlanib  qolganini  ko‘ramiz.  Demak,  orqa  ildizga  berilgan  ta‘sirot  markazdan  o‘tay 
qolgan. Bu tajriba avvalo nerv markazining charchashini isbotlaydi. 
     Nerv  markazlarining  charchashi  neyronlararo  sinapslarda  qo‘zg‘alish  o‘tishining 
buzilishi  bilan  bog‘liq.  Bu  buzilish  nerv  oxirlaridagi  mediatro  keskin  kamayib  ketishi, 
postsinaptik membranadagi retseptorlarning mediatorga sezgirligining kamayishi, sinaps 
faoliyatini energiya bilan  ta‘minlovchi moddalarning kamayishi natijasidir. 
 
NERV MARKAZLARINING TONUSI 
 
     Nerv  markazlari  tinch  holatda  bo`lganda  ham  ishchi  a‘zolarga  uzluksiz  ravishda 
siyrak impulslar yuborib turishi aniqlangan. Bu impulslar skelet muskullarining tonusini, 
kovak  a‘zolar  va  tomirlar  devoridagi  silliq  muskullar  tonusini  vujudga  keltiradi,  ba‘zi 
a‘zolar  faoliyatiga  manfiy  yoki  musbat  ta‘sir  o‘tkazib  turadi.  Nerv  markazlari  tonik 
faolligining kelib chiqishi va doimiy saqlanishi tashqi va ichki retseptorlardan markazga 
yetib  keluvchi  afferent  impulslarga  bog‘liq.  Bu  Bronjest  tajribasida        va  boshqa 
tajribalarda  isbotlangan.  Baqa  orqa  miyasining  bei  segmentlaridan  chiqqan  oldingi 
ildizlar qirqilsa, hayvonning orqa oyog‘i shol bo`lib qoladi, muskullar tonusi yo‘qoladi. 
Bu tushunarli, albatta. Chunki oldingi ildizlar harakatlantiruvchi tolalardan iborat. Ammo 
o‘sha  segmentlarga  bog‘liq  bo`lgan  orqa  sezuvchi    ildizlar  qirqilgandan  keyin  ham 
muskullar  tonusi  juda  pasayadi.  Demak,  muskullar  tonusi  nerv  markazlari  tonusiga 
bog‘liq.  Nerv  markazlarining  tonusini  esa  muskul  retseptorlaridan    keladigan  afferent 
impulslar saqlab turadi. 
 
NERV MARKAZLARINING KISLOROD YETISHMOVCHILIGIGA SEZGIRLIGI 


 
 
51 
 
 
     Bosh  miya  bir  necha  lahza  qon  bilan  ta‘minlanmasa,  odam  hushidan  ketadi.  Chunki 
neyronlar kislorod tanqisligigs nihoyatda sezgir bo`ladi. To‘qimaning kislorodga ehtiyoji 
qanchalik yuqori bo`lsa, uning faoliyati kislorod yetishmovshiligida shunchalik qattiq va 
tez  buziladi.  Bosh  miyaning  massa  birligiga  nisbatann  kislorod  sarfi  tinch  holatdagi 
muskulnikiga  qaraganda  22  hissa,  jigarnikiga  nisbatan  10  hissa  ko‘p.  Shuning  uchun 
miyaga  qon  kelishi  qisqa  muddat  to‘xtab  qolgudek  bo`lsa,  neyronlarda  asliga 
kelmaydigan  o‘zgarishlar  sodir  bo`ladi.  MNT  ning  turli  qismlaridagi  neyronlarning 
kislorod  tanqisligiga  chidashida  farq  bor:  yarim  sharlar  po‘stlog‘ining  neyronlari  qon 
aylanishi  5-6  minutga  to‘xtaganda  nobud  bo`ladi,  orqa  miya  neyronlari  esa  20-30 
minutdan keyin ham o‘z faolligini tiklashi mumkin. 
     Tana  haroratini  sun‘iy  yoi  bilan  pasaytirib  (gipotermiya    chaqirib),  neyronlarning 
nobud  bo'‘maydigan  vaqtini  ancha  uzaytirish  mumkin.  Harorat  past  bo'‘ganda 
almashinuv jarayonlari juda susayadi va kislorodga bo'‘gan ehtiyoj kamayadi. 
     Yurak  faoliyati  to‘xtatilishini  talab  qiladigann  yurakdagi  va  yurik  qon  tomirlardagi 
operatsiyalarda sun‘iy gipotermiyadan foydalanadilar. 
 
NERV MARKAZLARINING BA‘ZI  ZAHARLARGA VA  
DORILARGA SEZGIRLIGI 
 
     Ba‘zi o‘simliklarning odam ruhiga, kayfiyatiga ta‘sir qilishi, uyqu keltirishi, og‘riqni 
qoldirishi  qadimdan  ma‘lum  bo`lgan.  MNT  ga  ta‘sir  qiladigan  moddalar  bir  necha 
guruhga bo`linadi. Bular narkoz uchun qo`llaniladigan moddalar, uxlatadigan, psixotrop 
moddalar,  tutqanoqqa  qarshi  dorilar,  og‘riq  qoldiradigan  moddalar,  qustiruvchi  va 
qusishning oldini oladigan preparatlar. Bu moddalarga alkogol, tamaki nikotini, choydagi 
kofein va boshqalar kiradi. 
     Neyrotrop  moddalar  nerv  tizimining  ma‘lum  tuzilmalariga  va  markazlariga  ta‘sir 
qilganidan MNT faoliyatini o‘rganishda keng qo`llaniladi. 
 
DOMINANTA 
 
     Markaziy nerv tizimini bir-biri bilan morfologik va funksional murakkab bog‘langan 
nerv  markazlari  yig‘indisi  deyish  mumkin.  Bu  markazlar  o‘rtasidagi  munosabatlar  juda 
murakkab  va  o‘zgaruvchan.  Bir  markaz  funksional  holatining  o‘zgarishi  atrofdagi 
markazlar  faoliyatiga  sezilarli  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Antagonist  muskullar  markazlarining 
payvasta  tormozlanishi  bunga  misol  bo`la  oladi.  A.A.Uxtomskiy  ifodalab  bergan 
dominanta  tamoyili  ham  markazlararo  munosabatlarning  katta  biologik  ahamiyatga  ega 
bo`lgan bir misolidir. 
     Dominanta  so‘zi  hukmron,  degan  ma‘noni  bildiradi.  A.A.Uxtomskiyning  fikricha, 
ma‘lum  sharoitda  qaysidir  nerv  markazida  qo‘zg‘alishning  hukmron  o‘chog‘i  paydo 
bo`ladi.  Gumoral  yoki  reflektor  ta‘sirotlar  bunday  hukmron  markazlarning    yuzaga 
chiqishiga sabab bo`ladi. Uni quyidagi xususiyatlar ajratib turadi: o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik; 
davomli  iz  jarayonlari  bilan  bog‘liq  bo`lgan  turg‘unlik  (inertlik);  qo‘zg‘alishlarnin 
qo‘shish qobiliyati. 
     Hayotiy  ahamiyatga  ega  bo`lgan  reflekslar,  masalan,  ovqatlanish,  jinsiy  reflekslar 
markazlari dominanta holatiga o‘tadi. Bu holat ma‘lum intilishlarni paydo qiladi, xatti-
harakatlarni shakllantiradi. 


 
 
52 
 
     Hozir  ma‘lum  bo`lishicha,  miyaning  ba‘zi  sohalarida  (gipotalamusning  lateral  va 
oldingi qismlarida, preoptik sohada) qonda oziq moddalarning, jinsiy gormonlarning va 
boshqa  omillar  miqdorining  o‘zgarishini  sezuvchi  retseptorlar  bor.  Bu  retseptorlarning 
qo‘zg‘alishi tegishli reflekslar markazida dominanta holatini paydo qiladi va ovqatlanish 
yoki jinsiy intilishning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. 
 
TORMOZLANISH 
 
     Neyronlar zanjirini va nerv markazlarini tashkil qiluvchi neyronlarning o‘zaro ta‘siri 
natijasida  ularning  faolligi  faqat  kuchayib  qolmay,  balki  tormozlanish  tufayli  susayishi 
ham mumkin. 
     I.M.Sechenov 1862-yilda birinchi bo`lib MNT da tormozlanish hodisasini kashf etdi. 
U  bosh  miyaning  ko‘ruv  do‘mboqlaridan  yuqori  qismi  kesib  tashlangan  baqani  olib, 
oyoqlarini  kislota  eritmasidan  tortib  olish  refleks  vaqtinni  oichadi.  Oddiy  sharoitda  bu 
vaqt (oyoq sulfat kislota eritmasiga botirilgandan boshlab, baqa tortib olgunncha o‘tgan 
vaqt) 5-6 sekundga teng. Agar refleks paydo qilishdan oldin miyaning qirqilgan yuzasiga 
ta‘sirlovchi  sifatida  osh  tuzi  kristalli  qo‘yilsa,  refleks  vaqti  juda  uzayib  ketib,  15-20 
sekundga  yetadi.  Shu  tajriba  asosida  I.M.Sechenov  ko‘ruv  do‘mboqlari  sohasida  orqa 
miya reflekslarini tormozlaydigan markazlar bbor, degan xulosaga keladi. 
     F.Gols  baqaning  ko‘ruv  do‘mboqlari  olib  tashlangandan  keyin  ham  orqoa  miya 
reflekslarining  tormozlanishini  kuzatdi.  Undan  tashqari,    F.Gols  baqaning  oyog‘ini 
kislota  eritmasidan  tortib  olish  refleksi  tormozlanishi  uchun  ikkinchi  oyog‘ini  pinset 
bilan  qisish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Shu asosda F.Gols miya stvolida orqa miya 
reflekslarini tormozlovchi tuzilmalar bor,  degan fikrga qarshi chiqdi. 
     Hozirgi  vaqtda  tormozlanishning  ikkita  turi  –  birlamchi  va  ikkilarnchi  tormozlanish 
tafovut qilinadi. 
     Birlamchi  tormozlanish  yuzaga  chiqishida  maxsus  tuzilmalar  ishtirok  etadi  va  bu 
tormozlanishdan  oldin  qo‘zg‘alish  jarayoni  kuzatilmaydi.  Ikkilarnchi  tormozlanishning 
rivojlanishi uchun maxsus tuzilmalar kerak emas. Bu tormozlanish ko‘pinncha markazga 
impulslar o‘tkazuvchi  yo`llarda kuchli qo‘zg‘alish paydo bo`lishi natijasidir. 
     Qaytar  tormozlanish,  antagonist  markazlarining  payvasta  (retsiprok)  tormozlanishi, 
presinaptik  tormozlanish  birlamchi  tormozlanishga  misol  bo`lishi  mumkin.  Pessimal 
tormozlanish,  qo‘zg‘alishdan  keyingi  tormozlanishlar  esa  ikkilarnchi  tormozlanishga 
misol bo`la oladi. 
 
QAYTAR (POSTSINAPTIK) TORMOZLANISH 
 
     Bu  tormozlanishning  rivojlanishida  maxsus  tormozlovchi  neyronlar  –  Renshou 
hujayralari  ishtirok  etadi  (18-rasm).  Orqa  miyadagi  motoneyronlarning  aksonlari 
miyadan  chiqish  oldida  bitta-ikkita  yonshoh  beradi.  Bu  yonshohlar  orqa  miyaning  shu 
segmentida  joylashgan  Renshou  hujayralarida  sinapslar  hosil  qiladi.  Motoneyron 
qo‘zg‘alganda,  impulslar  uning  aksoni  bo‘ylab  muskulga  yetib  boradi.  Yonshoh  orqali 
o‘tgan  impulslar  esa  tormozlovchi  Renshou  hujayrasini  qo‘zg‘atadi.  Bu  hujayraning 
aksoni  motoneyron  somasida  tormozlovchi  sinapslar  hosil  qiladi.  Renshou  hujayrasi 
qo‘zg‘alganda, 
tormozlovchi 
sinapslarda 
motoneyron 
membranasini 
giperpolyarizatsiyaga  olib  keladigan  mediator  ajraladi.  Natijada  motoneyronning 
qo‘zg‘aluvchanligi susayadi. Demak, motoneyronda vujudga kelgan qo‘zg‘alish yonshoh  


 
 
53 
 
 
18-
расм. Постсинаптик (А) ва пресинаптик (Б) 
тормозлани.ш.....
 
МН—орқз мйянинг мотонейрони, ТН—тормозловчи 
нейрон, М—мус-
 
кул, А1 ва А2—афферент толалар.
 
 
 
 
 
va Renshou hujayrasi orqali uning 
o‘ziga 
qaytib 
keladi 
va 
tormozlovchi 
hujayra 
aksoni 
motoneyronda 
hosil 
qilgan 
sinapslarning 
postsinaptik 
membranasini 
giperpolyarizatsiyaga 
uchratib, 
neyronni  tormozlaydi.  Shuning  uchun  bu  tormozlanish  qaytar  yoki  postsinnaptik 
tormozlanish deyiladi.  Bu tormozlanish motoneyronning haddan tashqari qo‘zg‘alishiga 
yoi  qo‘ymaydi.  Renshou  hujayralarini  shikastlovchi  omillar  (qoqshol  toksini,  strixnin) 
qo‘zg‘alishning orqa miyada juda keng tarqalishiga, motoneyronlarning o‘ta qo‘zg‘alishi 
natijasida skelet muskullarining kuchli va betertib qisqarishiga olib keladi. 
 
PRESINAPTIK TORMOZLANISH 
 
     Nomidan  bilinib  turibdiki,  bu  jarayon  aksonning  sinaps  oldidagi  juda  ingichka 
oxirlarida  sodir  boladi.  Shu  akson  oxirlarida  boshqa  neyronning  akson  oxirlari  maxsus 
tormozlovchi akso-aksonal sinapslar hosil qiladi (18-rasm, B). 
     Tormozlovchi  hujayra  tinch  holatda  bo`lganida  1-afferennt  tola  orqali  kelgan 
impulslar qo‘zg‘atuvchi neyronga to‘xtovsiz kelib, uni qo‘zg‘atadi. Bundan oldinroq 2-
afferent tola lrqali kelgan impulslar tormozlovchi hujayrani qo‘zg‘atsa, aksonlari oxirida 
ajralgan  mediator  (balki  u  gamma-  amonomoy  kislota  bo`lsa  kerak),  1-afferent  tolani 
depolyarizatsiyaga  uchratadi.  Enda  bu  yerdan  o‘tayotgan  impulslar  amplitudasi 
kichiklashadi. Impulslarning kuchsizlanishi  akso-somatik sinapslarda  (4) kam  miqdorda 
mediator  ajralishiga  olib  keladi.  Natijada  neyron  qo‘zg‘alishi  sustroq  bo`ladi,  u 
tormozlanadi.  Tormozlovchi  akso-aksonal  sinapslar  joylashgan  tola  membrenasining 
depolyarizatsiyaga uchrashi chamasi xlor ionlari uchun o‘tkazuvchanligi oshishiga yoki 
tola atrofida kaliy ionlar miqdori ko‘payishiga bog‘liq. 
PAYVASTA (RETSIPROK) TORMOZLANISH 
 
      Aksariyat  bo‘g‘imlardagi  harakatlarni  antagonist  muskullar  ta]minlaydi:  biri 
bukuvchi  bo`lsa,  ikkinchisi  yozuvchi  bo`ladi.  Har  qaysi  muskulda  joylashgan 
proprioretseptorlardan  (muskul  duklaridan)  shu  muskulni  va  uni  antagonistini 
boshqaruvchi markazlarga afferent tolalar yetib boradi. 
     Bukuvchi  muskul  proprioretseptorlaridan  borgan  tolalar  shu  muskulni  qo‘zg‘atib, 
qisqartiruvchi motoneyronlar bilan bevosita bog‘langan. Antagonist – yozuvchi muskul 
ishini boshqaruvchi motoneyronlar  va afferent neyronlar o‘rtasida maxsus tormozlovchi 
oraliq neyron joylashgan. Bukuvchi muskul cho‘zilib (nevrologik bolg‘acha bilan payga 
urilganda),  undagi  proprioretseptorlar  qo‘zg‘alganda  vujudga  kelgan  impulslar  shu 


 
 
54 
 
muskul markazini qo'‘g'‘tadi va uni qisqartiradi. Bu afferent impulslar antagonist muskul 
markaziga  ham  tormozlovchi  oraliq  neyron  orqali  yetib  boradi  va  uni  tormozlaydi. 
Natijada yozuvchi muskul bo'‘hashadi va bo'‘imdagi harakat yengillashadi (19-rasm). 
     Payvasta tormozlanish o‘z-o‘zidan yuzaga chiqadi, ixtiyoriy yoki beixtiyor nazoratga 
muhtoj bo`lmaydi. 
 
PESSIMAL TORMOZLANISH 
 
     Pessimal  tormozlanish  ikkilarnchi  tormozlanishning  bir  turi  bo`lib,  nerv-muskul 
sinapslarida va markaziy nerv tizimidagi neyronlararo sinapslarda kuzatiladi. Bu hodisa 
uni birinchi kashf etgan olim nomi bilan ―Vvedenskiy tormozlanishi‖ deb ataladi. Nerv-
muskul  preparatining  nerviga  chastotasi  yetarli  bo`lgan  ritmik  impulslar  berilganda 
muskulning  silliq  tetanik  ravishda  qisqarishini  yuqorida  aytilgan  edi.  Vvedenskiy 
tajribalarida  tetanik  qisqarish  balandligi  ritmik  impulslar  chastotasi  bilan  aloqadorligi 
aniqlandi.  Impulslar  chastotasi  sekundiga  20  dan  ortganda,  silliq  tetanusning  balandligi 
impulslar chastotasi oshirilishi bilan o‘sib boradi va ma‘lum nuqtaga yetganda (masalan, 
sekundiga 40 martaga), eng yuqori darajaga ko‘tariladi. Bu chastotani optimal darajadan 
ko‘paytirilishi  tetanik  qisqarishni  kuchayttirmaydi.  Aksincha,  chastota  optimaldan 
qancha uzoqlashsa, tetanus balandligi shuncha past  bo`ladi va nihoyat chastota 100-120 
ga yetganda, muskul qisqarishdan to‘xtaydi. Bu pessimal chastota deyiladi. Shuni aytish 
joizki, bir butun nerv-muskul preparati uchun pessimal chastotani uni nervi ham, muskuli 
ham  qabul  qilib,  bu  chastotaga  javob  bera  oladi.  Demak,  pessimal  tormozlanish  nerv-
muskul  sinapslarida  rivojlanadi.  Keyinchalik  pessimal  tormozlanishning  MNT 
sinapslarida ham rivojlanishi va mexanizmi aniqlandi. Ta‘sirot chastotasi oshib ketganda 
sinapslarga  birin-ketin  tez  kelgan  impulslar  vujudga  keltirgan  postsinaptik  potensiallar 
bir-biriga  qo‘shiladi  va  postsinaptik  membrana  turg‘un  depolyarizatsiyalanishi  tufayli 
impulslar  sinapsdan mutlaqo o‘tmay  qoladi. Bunday  tormozlanish  nneyronlarni haddan 
tasgqari qo‘zg‘alishdan saqlaydi. 
QO‘ZG‘ALISHDAN KEYINGI TORMOZLANISH 
 
     Ba‘zi neyronlarga kuchli va davomli  iz potensiali xos. Bunday neyronlar membranasi 
harakat  potensiali  hosil  qilgandan  so‘ng,  nisbatan  davomli  bo`lgan  giperpolyarizatsiya 
holatiga o‘tadi.  Natijada  bo‘sag‘a  kuchiga  ega  bo`lgan  impulslar  bu  membranada  hosil 
qilgan qo‘zg‘atuvchi postsinnaptik potensialni uni kritik darajagacha depolyarizatsiyalay 
olmaydi. Neyronda tarqaluvchi qo‘zg‘alish kelib chiqmaydi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish