Muqaddima


O’RTA MIYA YADROLARINING FAOLIYATI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

O’RTA MIYA YADROLARINING FAOLIYATI 
 
     To‘rt  tepalikning  yuqori  (oldingi)  do‘mboqlari  po‘stloq  osti  ko‘ruv  markazi 
hisoblanadi.  Bu  yerda  oraliq  miyaning  lateral  tizzasimon  tanalariga  boruvchi  ko‘ruv  
yo`llari  ulanadi.  Sut  emizuvchilarda  ko‘ruv  yo`li  tolalarining  asosiy  qismi  tizzasimon 
tanalarda  tugaydi.  To‘rt  tepalikning  oldingi  do‘mboqlari  yemirilganda  ham  hayvonlar 
butunlay  ko‘r  bo`lib  qolmaydi.  Bunda  hayvon  yorug‘lik  tushgan  tomonni  ajrata  oladi, 
yurganida to‘siq uchrasa, aylanib o‘tadi. 
     Oldingi  do‘mboqlar  ko‘rish  faoliyatiga  bog‘liq  bo`lgan  uchta  refleksning  yuzaga 
chiqishida ishtirok etadi. Bu qorachiq refleksi, ko‘z akkomodatsiyasi va ko‘ruv o‘qlarini 
bir  nuqtaga  qadash  –  ko‘zlar  konvergensiyasidir.  Ko‘z  soqqalarining  harakati  juda 
murakkab.  Bu  harakatlarni  ko‘zning  oltita  tashqi  muskullari  ta‘munlaydi.  Ko‘z 
soqqalarining  gorizontal,  vertikal  va  aylanma  harakatlarini,  qorachiq  refleksinni, 
ko‘zlarning akkomodatsiyasini va konvergensiyasini ko‘zni harakatlantiruvchi va g‘altak 
g‘altak nervlarning markazlari, keyingi miyadagi uzo 
lashtiruvchi nerv yadrosi va bu 
yadrolarni bog‘lab, bir butun tizim hosil qiluvchi Dorshkevich yadrosi boshqarib turadi. 
Ko‘zni harakatlantiruvchi yadro tagida joylashgan vegetativ Yakubovich yadrosi ham bu 
jarayonda ishtirok etadi. 


 
 
64 
 
     To‘rt  tepalikning  orqa  do‘mboqlarida  eshituv    yo`llari  tutashib,  birlamchi  yoki 
po‘stloq  osti  eshituv  markazi deyiladi.  Bu  markaz  tovush kelayotgan tomonni  aniqlash 
uchun  zarur  bo`lgan  reflekslarni  –  quloq  suprasini,  bosh  va  gavdani  yangi  tovush 
kelayotgan tomonga burishda ishtorok etadi. 
     O‘rta  miyaning  muhim  yadrolaridan  biri  qora  substansiyadir.  U  bosh  miya  asosida 
joylashgan  bazal  tugunlar  –  targ‘il  tana  va  oqimtir  yadro  bilan  tuzilma,  hamda  faoliy 
bog‘lanishlarga  ega. Bundan tashqari, u  o‘rta  miyaning o‘zidagi  qizil  yadro  va keyingi 
miyaning  Deyters  yadrolari  bilan  ham  bog‘liq.  Qora  substansiyani  tashkil  qiluvchi 
neyronlar  dofaminergik  tabiatli.  Ular  katexolarninlardan  biri  –  dofaminni  sintezlashga 
qodir.  Bu  neyronlarning  aksonlari  dofaminli  targ‘il  tana    neyronlarida  sinapslar  hosil 
qiladi.  Qora  substansiyani  targ‘il  tana  bilan  bog‘lovchi    yo`llar  shikastlanganda  ogir 
xastalik  –  parkinsonizm  rivojlanadi.  Parkinsonizm  uchun  nafis  harakatlarning  va 
mimikaning  buzilishi,  beixtiyor  titrash  harakatlarining  paydo  bo`lishi  xosdir.  Qora 
substansiya ovqatni chaynash va yutish reflekslarini boshqarishda bevosita ishtirok etadi. 
     Orta miyaning qizil yadrosi tushuvchi rubro-spinal yoi boshlanadigan joy hisoblanadi. 
Bu  yoi  orqali  orqa  miya  segmentlariga  kelib  turadigan  impulslar  skelet  muskullarining 
tonusini  boshqaradi.  Qizil  yadrodagi  yirik  neyronlarni  elektr  toki  bilan  ta‘sirlash  orqa 
miyadagi 
bukuvchi 
alfa- 
va 
gamma-motoneyronlarni 
qo‘zg‘atib,  yozuvchi 
motoneyronlarni tormozlaydi. 
     Rubro-spinal  yoidan  orqa  miyaga  tushuvchi  impulslar  samarasi  keyingi  miyadagi 
Deyters yadrosidan boshlanadigan vestibulo-spinal yoi bo‘ylab  keluvchi impulslarnikiga 
qarama-qarshi:  ular  yozuvchi  muskullarning  alfa-  va  gamma-motoneyronlarini 
qo‘zg‘atib, bukuvchilarinikini tormozlaydi. O‘zaro bog‘langan qizil va Deyters yadrolari 
bbir-birini  tormozlab  turadi.  Natijada  yozuvchi  muskullar  tonusi  pasayadi.  Bu  ikkala 
yadroni  bog‘lagan    yo`llar  kesilsa  (miya  to‘rt  tepelikning  orqa  do‘mboqlari  pastidan 
kesilsa),  oyoq-qoi,  orqa,  dumni  yozuvchi  muskullar  tonusi  keskin  oshib  ketadi  – 
hayvonda detserebratsiyalash rigudligi rivojlanadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish