Muqaddima


MUSKUL QISQARISHINING MEXANIZMI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MUSKUL QISQARISHINING MEXANIZMI 
 
     Hamma  sarkomerlarda  miozin  iplarni  aktin  iplar  bilan  birlashtirib  turadigan 
ko‘ndalang  ko‘prikchalar  bor.  Muskul  tolasi  qisqarganda  miozin  va  aktin  iplar  kalta 
bo`lmaydi,  biri  ikkinchisi  ustida  ―sirg‘ana‖  boshlaydi:  aktin  iplar  miozinn  iplar  orasiga 
sirg‘anib kiradi, natijada I disklar kaltalashadi. A disklarning uzunligi o‘zgarmaydi. Bir-
biriga ulangan sarkomerlarning har qaysisining bo‘yi taxminan 30% kamayadi, tola ham 
kaltalashadi. 


 
 
29 
 
   
10-
расм. Кўндаланг кўприкчаларнинг мускул қисқаришидаги 
иштироки. 
 
     Aktin  iplar  ko‘ndalang  ko‘prikchalarning  harakatlari 
tufayli  miozin  iplar  oralig‘iga  sirg‘anib  kiradi.  Miozin 
iplar  shoxlanib,  har  qaysisi  taxminan  150  miozin 
molekulasidan  tashkil  topgan  ko‘p  boshchalarni  hosil 
qiladi. Bu boshchalar  miozin ipning o‘siqlari  bo`lib, uni 
qisqarish vaqtida atrofdagi aktin iplar bilan bog‘lab turadi 
(10rasm).  Ko‘ndalang  ko‘prikchalarning  boshchalari 
eshkaksimon  harakat  qilib,  aktin  iplarnni  miozin  iplar 
oralig‘iga 
siljitadi. 
Ko‘prikchalar 
harakatlarining 
amplitudasi 
20 
nm, 
chastotasi 
sekundiga 
5-50 
tebranishdan  ibborat.  Har  qaysi  ko‘prikcha  goh  aktin 
ipiga  ulanib,  uni  tortadi,  goh  undan  uzilib,  yana  birikish 
imkoniyatini  tug‘diradigan  sharoitni  ―kutib‖  turadi. 
Ko‘prikchalar  asinxron  ravishda  harakatlansada,  ular  jida  ko‘p  bo`lganidan  vujudga 
keladigan tortish kuchi qisqsrish davomida bir me‘yorda saqlanadi. 
     Tinch holatda ko‘prikcha energiyaga boyiydi, ammo aktin ipi bilan bbirika olmaydi, 
ular  o‘rtasida  joylashgan  troponin  globulasi  (zarrachasi)  bilan  birikkan  tropomiozin  ipi 
bunga  halaqit  beradi.  Muskul  faollashganda  uning  mioplazmasida  erkin  kalsiy  ionlari 
paydo  bo`ladi.  Bu  ionlarga  juda  ―o‘ch‖  bo`lgan  troponin  kalsiy  bilan  birikib,  o‘z 
konformatsiyasini  (shaklini)  o‘zgartiradi  va  tropomiozin  ipini  surib,  ko‘ndalang 
ko‘prikchalarning  aktin  iplari  bilan  birikishiga  imkoniyat  tug‘diradi.  Birikish  natijasida 
ko‘prikchaning  konformatsiyasi keskin o‘zgaradi, uning  boshchasi  egiladi, aktin ipi  bir 
qadar  (20  nm  ga)  suriladi.  Bu  harakat  uchun  sarflangan  energiya  fosforillangan 
aktomiozin  tarkibidagi  makroergik  fosfat  bog‘lanish  hisobidan  ajraladi.  ATF-aza 
aktivligiga ega bo`lgan aktomiozin makroergik fosfatlar parchalanishini ta‘minlaydi. 
     Bundan  keyin  aktin  va  miozin  iplar  atrofida  Ca
2+
  miqdori  kamayishi  tufayli 
tropomiozin troponindan ajraladi va ko‘ndalang ko‘prikcha bilan aktin ipi o‘rtasida yana 
to‘siq bo`lib qoladi. Miozin ATF hisobiga fosforillanadi. ATF faqat miozinni energiyaga 
boyitish  uchun  emas,  balki  iplarni  bir-biridan  vaqtincha  ajratish  uchun  zarur  bo`lgan 
modda. Bu ajralish muskulni yumshatib, cho‘zilishiga imkoniyat tug‘diradi. 
     Qisqsrish  ro‘yobga  chiqishi  uchun  zarur  bo`lgan  kalsiy  ionlari  muskulning  tinch 
holatida  toladagi  sarkoplazmatik  retikulumda  saqlanadi.  Bu  sharoitda  retikulum 
membranasini  kalsiy  uchun  o‘tkazuvchanligi  juda  past,  oz  miqdorda  mioplazmaga 
chiqqan  ionlarni  kalsiy  nasosi  retikulum  ichiga  haydab,  u  yerda  kalsiy  konsentratsiyasi 
yuqori  bo`lishini  saqlab  turadi.  Sarkoplazmatik  retikulum  bo‘shlig‘ida  kalsiy  ionlari 
konsentratsiyasi  mioplazmadagiga  nisbatan  10000  marta  yuqori.  Sarkoplazmatik 
retikulum  membranasining  faollanisi  undagi  kalsiy  kanallarining  ochilishiga  va 
konsentratsion gradiyent bo‘yicha Ca
2+
  ni  aktin  va  miozin  iplar  atrofiga  chiqishiga  olib 
keladi. Retikulum membranasi faollanishi uchun muskul tolasining tashqi membranasida 
vujudga  kelgan  qo‘zg‘alish  ko‘ndalang  naychalar  T-tizimi  orqali  sarkoplazmatik 
retikulum  membranasiga  tarqalishi  kerak.  T-tizim  tashqi  membranani  sarkomerning 
ichiga  botib  kirgan  qismidir.  Ko‘ndalang  naychaning  diametri  50  nm.  Umurtqali 
hayvonlarning  muskul  tolalarida  bu  naychalar  disklar  muzofotida  miofibrillalarga 
yaqinlashadi. 
 


 
 
30 
 
     Ko‘ndalang  naychalarga  perpendikulyar  bo`lib,  miofibrillalarga  parallel  holda 
uzunchoq    naychalar  joylashgan.  Uzunchoq    naychalarning  ikki  uchi  kengayib, 
sisternalar  hosil  qiladi.  Ko‘ndalang  naycha  va  ikki  tarafdagi  sisternalar  uchliklarga 
birlashgan. 
     Ko‘ndalang  naycha  va  sisternalar  membranasi  o‘rtasida  elektr  sinapslar  mavjud, 
degan fikr bor. 
     Demak,  motor  nerv  tolasi  orqali  muskul  tolasiga  yetib  kelgan  impuls  tashqi 
membranada  harakat  potensialini  vujudga  keltiradi,  bu  potensial  ko‘ndalang  naycha 
orqali  tarqalib,  sisterns  membranasini  faollashtiradi  va  kalsiy  ionlarini  erkinlikka 
chiqarib,  aktin  va  miozin  iplar  atrofida  ko'‘ayishiga  olib  keladi.  Kalsiy  esa,  yuqorida 
aytilganidek, qisqarish mexanizmini ishga soluvchi omil. 
     Shunday  qilib,  muskul  qisqarishini  ta‘minlovchi  jarayonlar  quyidagilardan  iborat: 
ta‘sirot;  harakat  potensialining  vujudga  kelishi;  uning  miofibrilla  ichkarisiga 
(uchliklariga) o‘tkazilishi; Ca
2+
 ionlarining erkinlashishi va aktin va miozin iplar atrofiga 
diffuziyalanishi;  aktin  iplarining  miozin  iplar  oralig‘iga  sirg‘anishi  va  sarkomerning 
kaltalanishi; kalsiy kanallarinning faollanishi va erkin kalsiy konsentratsiyasi kamayishi; 
miofibrillalarning bo‘shashishi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish