Muqaddima


MARKAZIY NERV TIZIMINING UMUMIY



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MARKAZIY NERV TIZIMINING UMUMIY 
FIZIOLOGIYASI 
 
     Odam organizmi juda murakkab o‘z-o‘zini boshqara oladigan tizim. Boshqa  tizimlar  
kabi  u  tashkiliy  unsurlardan – a‘zo  va  to‘qimalardan  tuzilgan. Muayyan  faoliyatlarni  
yuzaga    chiqaradigan    a‘zolar    ma‘lum  tizimlarga    birlashgan.   Ammo    tirik    organizm  


 
 
33 
 
tashqi  va  ichki  muhit o‘zgarishlariga  doimo  bir  butunligicha  javob  beradi. A‘zolar  
va  to‘qimalarni    birlashtirishda,    shuningdek    bir    butun    organizmning    muhit  
o‘zgarishlariga    moslashishida    markaziy    nerv    tizimining    ahamiyati    juda    katta. 
Benihoya   murakkab   bo`lgan  odam  organizmidagi  tizimlar  ko‘p  pog‘onali. Odatda 
yuqori  pog‘onadagi    tizimlarga    pastki    pog‘onadigilari    bo‘ysunadi    va    birinchilar  
tomonidan    boshqarilib    turiladi.  Markaziy    nerv    tizimini    boshqaruvchi    tizimlarning  
eng  yuqori  pogonasi,  desa  bo`ladi. 
      Tizimlarni    tashkil  qiluvchi    a‘zolar,    turli    tisimlar  o‘rtasida    uzluksiz    axborot  
almashinuvi  ro‘y berib  turadi. 
 
11-расм. Орқа миянинг соматик ва висцерал рефлекс ёйлари... -     . 1—рецептор, 2—афферент нейрон, 
3—орқа мия, 4—эфферент нейронлар, 5—ишчи  аъзолар, 6—спинал тугун, 1—симпатик тугўн.. 
 Nerv tizimining axborot  almashinuvidagi  o‘rnini  boshqa  tizimlar,  masalan, gumoral  
boshqaruv  tizimi  bosa  olmaydi. Nerv  tizimi  o‘tkazadigan          
axborot  turli  impulslar shaklida bo`lib, bu impulslar   bir-biridan  chastotasi,  guruhlarga  
birlashishi,  guruhlarni  tashkil  qilgan  impulslar  soni  va  ular o‘rtasidagi  masofa  bilan  
farqlanadi  va  hokazo. 
      Mana    shu    impulslar    yordamida    boshqarish    jarayoni    yuzaga    chiqadi,    a‘zo    va  
tisimlar    o‘zaro    ta‘sirlanadi,    xatti-xarakatlar    shakllanadi,    organism    o‘zgaruvchan  
sharoitlarga  moslashadi. 
       Nerv    tisimining    asosiy    faoliyat    mexanizmi  -  refleks.  Refleks  so‘zi    lotincha  
bo`lib,  qaytaraman  degan  ma‘noni  bildiradi.  Refleks  tushunchasi  to‘g‘risida  birinchi  
bo`lib  so‘z  yuritgan  farangistonlik  faylasuf  Rene  Dekartning  fikricha, oyna   o‘zida  
tushgan  nurni  qaytarganifek, miya organizmni  ta‘sirlagan  narsalarni  qaytarib,  ularga  
javob  shakllaydi. Xozirgi  vaqtda  organizmning  markaziy  nerv  tizimi  ishtrokida  ro‘y  
beradigan  har  qanday  reaksiyani  refleks  deyiladi.  
        Refleks  yuzaga  chiqishi  uchun  uning  morfologik  asosi - reflektor  yoy  mavjud  
bo`lishi  shart.  Reflektor  yoy  besh  qismdan  iborat. 1) retseptor  - tashqi  yoki  ichki  
muhitning    muayyan    ta‘surotlarini    qabul    qilishga    ihtisoslashgan    tuzilma;  2)  
retseptorda    hosil    bo`luvchi    impulslarni    nerv    markaziga    yetkazuvchi    afferent 
(sezuvchi) neyron ; 3) odatda  orqa  yoki  bosh  miyada  joylashgan  nerv  markasi ; 4)  
o‘z aksoni  yordamida  impulsni  markazdan   ischi    a‘zoga   yetkazuvchi  efferent  ( 
harakatlantiruvchi)  neyron;  5)  tegishli    faoliyatni    bajaruvchi    ishci    a‘zo  (effektor)  - 
muskul  yoki  bez. Chin  refleks  vujudga  kelishi  uchun  qo‘zg‘alish  reflektor  yoyning  
hamma  yeridan  o‘tishi  kerak. 


 
 
34 
 
         Tabiiy  sharoitda  kuzatiladigan  reflektor  reaksiyalar  ancha  murakkab.  Ularning  
yuzaga    chiqarilishida    markaziy    nerv    tizimining      turli    qismlari    ishtrok    etadi,    bu  
reaksiyalar    aniq    bo`lishi    va    maqsadga  yetishni    ta‘minlashi      uchun    qaytar  
bog‘lanishlarning    ahamiyati    katta.  Reflaktor    yoyni    faqat    yoqorida    ko‘rsatilgan    5  
qismdan    iborat,    deb    faraz    qilsak,    unda    ro‘y    beradigan    voqealarni    quyidagicha 
tasavvur    qilish    mumkin.  Ta‘sirot  retseptorni  qo‘zg‘atadi  va  hosil  bo`lgan  impuls 
afferent  tolalar  bo‘ylab  nerv  markaziga  yetib  keladi;  markaz  bbu  afferent  impulslarni 
qayta ishlab, ularga javoban ishchi a‘zoga buyruq – efferent impulslar shakllaydi va bu 
buyruq  efferent  neyron  orqali  ishchi  a‘zoga  yetib  keladi,  uni  ishga  soladi.  Ammo 
buyruqnning  qaysi  tarzda  bajarilgani  haqida  markaz  ahborot  olmaydi.  Balki  muskul 
qisqarishi  keragidan  kuchli,  balki  kuchsiz  bo`lgandir.  Maqsadga  tez  va  aniq  erishish 
uchun  effektorlar  ishiga  markaz  uzluksiz  aralashib,  o‘zgarishlar  kiritib  tirishi  zarur. 
Buning  uchun  markaz  buyruqning  qanday  bajarilayotgani  to‘g‘risida  ishchi  a‘zodan 
uzluksiz axborot olib turishi kerak. Bu axborotlarni markazga ishchi a‘zoda joylashgan 
retseptorlar bilan bog‘liq bo`lgan afferent tolalar – qaytar bog‘lanish  yo`llari yetkazadi. 
Qaytar afferentatsiya asosida nerm markazi effektor faoliyatiga tegishli tuzatishlar kiritib 
turadi: faollik darajasi yeterli bo`lmasa, u kuchaytiriladi, yuqori bo`lsa, susaytiriladi. 
     Biologik  va  texnikaviy  tizimlarning  boshqarilishida  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lgan 
qaytar  bog‘lanish  to‘g‘risidagi  tushunchaning  shakllanishida  I.M.Sechenov  va 
P.K.Anoxinlarning roli juda katta. 
     Turli  fiziologik  jarayonlar  manfiy  va  musbat  qaytar  bog‘lanishlar  tamoyilida 
boshqariladi.  Masalan,  biror  sababdan  arterial  qon  bosimi  ko‘tarilib  ketsa,  ana  shu 
o‘zgarishning o‘zi ko‘rsatkichni kamaytirib, asli holiga qaytaruvchi mexanizmlarni ishga 
soladi:  qon  tomirlar  kengayadi,  yurak  ishi  sustlashadi,  natijada  ko‘tarilib  ketgan  bosim 
mo‘tadil darajaga tushadi.       
     Musbat qaytar bog‘lanishlarni namoyish qiluvchi misollar kam emas. 
     Boshqariladigan  jarayonda  o‘zgarishlar  ro‘y  berib  bo`lganidan  keyin  qaytar 
bog‘lanish  ishga  tushadi  va  vujudga  kelgan  nomutanosiblikning  bartaraf  etilishini 
ta‘minlaydi. 
     Ammo, organizmda boshqa tamoyilda ishlaydigan boshqaruv mexanizmlari ham bor. 
Bunday  boshqaruv  tizimlarning  bosh  qismida  jarayonni  o‘zgartirishi  mumkin  bo`lgan 
ta‘sirotlar  kuchini  aniqlovchi  qurilmalar  bor.  Agar  ta‘sirot  kuchi  kerakligidan  ortiq 
bo`lib, boshqariluvchi jarayonda nomatlub o‘zgarishlar yuzaga keltirish qobiliyatiga ega 
bo`lsa, tizimda bunday ta‘sirotlarning oldini olish va jarayonni me‘yorida saqlab qolishni 
ta‘minlaydigan  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  Demak,  bunday  tizimlar  ro‘y  beradigan 
o‘zgarishlarni  tuzatishga  emas,  balki  keraksiz  o‘zgarishlarni  oldini  olishga  qaratilgan. 
Birinchi  tamoyildagi  tizimlar  chiqqan  yong‘inni  o‘chirishga  imkoniyat  tug‘dirsa, 
ikkinchisi yong‘inni oldini oladi. 
     Organizmning  aksariyat  fiziologik  reaksiyalari  yuzaga  chiqishida  aytib  o‘tilgan  har 
ikki  tamoyilda  ishlaydigan  boshqaruv  tizimlarning  mavjudligini  va  ularning  bir-biriga 
ko‘maklashishini kuzatish mumkin. 
     Reflektor faoliyatlarning ro‘yobga chiqishida ko‘rsatilgan tuzilma va mexanizmlardan 
tashqari,  solishtirishni  va  buyruqlarni  shakllaydigan  hamda  boshqa  ishlarni  amalga 
oshiradigan  apparatlar  ishtirok  etadi. Bular  P.K.Anoxinning  fikricha, funksional tizimni 
tashkil qiladi. 
     Umurtqali hayvonlarning nerv tizimi markaziy va periferik qismlarga bo`linadi. Bosh 
va orqa miyaning tarkibiy qismlari markaziy nerv tizimini (MNT) tashkil qiladi. Periferik 


 
 
35 
 
nerv  tizimi  tugunlar  va  nervlardan  iborat.  Bosh  miya,  orqa  miya  va  tugunlar  ikki  xil 
hujayralardan  –  nerv  va  gliya  hujayralaridan  tuzilgan.  Markaziy  nerv  tizimining  juda 
murakkab faoliyatlari asosiy nerv hujayralari – neyronlar bilan bog‘liq. 
     Markaziy nerv tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.  Nerv  tizimi  organizmdagi  hujayra,  to‘qima,  a‘zo  va  tizimlar  faoliyatini 
uyg‘unlashtirib hamda birlashtirib, integrativ faoliyatni boshqaradi. 
2.  Nerv  tizimi  organizmni  tashqi  muhit  bilan  aloqasini  va  muhit  bilan  bog‘lanishini, 
shuningdek muhit o‘zgarishlariga moslashishini ta‘minlaydi. 
3.  Nerv tizimi organizmning maqsadga erishishga qaratilgan xulq-atvorini shakllaydi. 
4.  Nerv tizimi trofik faoliyatga ega. Bu faoliyat o‘sish, yetilish va modda almashinuvini 
boshqarishdan iborat. 
Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyatlarning yuzaga chiqishi nerv boshqarilishi  
deyiladi.  Nerv  to‘qimasining  quyidagi  xususiyatlari  bor.  Bular:  nerv  to‘qimasining 
yuqori  qo‘zg‘aluvchanligiga  bog;liq  bo`lgan  kuchsiz  ta‘sirotlarni  qabul  qila  olish 
qobiliyati;  nerv  tizimida  sodir  bo`ladigan  reaksiyalarning  juda  tezligi;  nerv 
ta‘sirotlarining aniq yo‘nalishi. 
     MNT  tuzilishi  va  faoliyati  to‘g‘risidagi  zamonaviy  tasavvurlar  neyron  nazariyasiga 
asoslangan.  Bu  nazariyaga  ko‘ra,  bosh  va  orqa  miya  alohida-alohida  neyronlarning 
funksional birligidir. Neyronlarning tuzilma unsurlari (neyrofibrillar va gialoplazma) bir 
hujayradan ikkinchi hujayraga o‘tmaydi. Tuzilishi chegaralangan neyronlar bir-biri bilrn 
sinnapslar yordamida bog‘langan. Sinapslar neyronlarni reflektor tamoyil asosida faollik 
ko‘rsatadigan guruhlarga birlashtirib turadi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish