Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GLIAL HUJAYRALAR 
     
     Neyronlar  oralig‘i  glial  hujayralar  bilan  toigan.  Bu  hujayralar  miya  kul  rang 
moddasining  30-56%  hajmini  egallaydi.  Nerv  va  glial  hujayralar  o‘rtasida  eni  20  nm 
bo`lgan,  hujayralararo  suyuqlikka  toigan  yiriq  bor.  Glial  hujayralar  ikki  xilga  – 
astrotsitlar va oligodendrotsitlarga bo`linadi. Astrotsitlarda tanasidan har tarafga taralgan 
o‘siqlar  ko‘p.  Oligodendrotsitlarning  o‘siqlari  kam.  Astrotsitlar  miya  kapillyarlariga 
yaqin  joylashgan,  oligodendrotsitlar  esa  neyronlarning  aksonlari  bilan  bog‘langan. 
Oligodendrotsitlar soni astrotsitlar sonidan 10-15% ko‘p. Glial hujayralarning miyadagi 
umumiy soni 100 milliarddan oshadi. 
Oligodendrotsitlar neyronlardan ajratib turuvchi bir nechta muhim xossalari bor. Ulardan 
birinchisi  –  glial  hujayralar  hayot  davomida  bo`linish  qobiliyatini  yo‘qotmaydi. 


 
 
37 
 
Ikkinchidan, glial hujayralar o‘siqlari bilan neyronlarni ‖paypaslab‖, faol harakat qiladi. 
Oligodendrotsitlar  rittmik  ravishda  goh  kattalashib,  goh  kichiklashib  tuaradi.  Glial 
hujayralar  katta  miqdordagi  –  (80-90  mV)  membrana  potensialiga  ega  bo`lsada,  ularda 
harakat  potensiali  vujudga  kelmaydi.  Faqat  tevarak-atrofdagi  neyronlar  uzoq  qo‘zg‘alib 
turganda, glial hujayralarning membrana potensiali ma‘lum chegarada pasayadi.  
     Glial 
hujayralarning 
funksiyalaridan 
biri 
miyelin 
hosil 
qilishidir. 
Oligodendrotsitlarning  o‘sig‘i  akson  atrofida  bir  necha  marta  o‘ralib,  miyelin  parda 
shakllaydi.  Miyelin  elektr  tokiga  yuqori  qarshilik  ko‘rsatganidan,  tolalarning  elektr 
izolyatsiyasini  ta‘minlaydi.  Oligodendrotsit  o‘sig‘i  akson  atrofida  qancha ko‘p  aylansa, 
tolaning elektr izolyatsiyasi shuncha ishonchli bo`ladi. Har bir oligodendrotsitning 30 ga 
yaqin o‘sig‘i bo`lishi mumkin. Demak, bir glial hujayra akson atrofida 30 ta bo‘g‘indan 
iborat  miyelin  parda  hosil  qiladi.  Aksonlarning  MNT  dan  tashqaridagi  qismida  miyelin 
pardani  oligodendrotsitlarning  bir  turi  –  Shvann  hujayralari  o‘siqlari  shakllaydi.  Agar 
Shvann  hujayrasi  akson  atrofida  bir  qavat  parda  hosil  qilgan  bo`lsa,  u  miyelinsiz  tola 
deyiladi.  Atrofida  Shvann  hujayrasi  o‘sig‘i  ko‘p  marta  aylangan,  ko‘p  qavatli  pardaga 
ega  bo`lgan  tola  miyelinli  tola  deyiladi.  Miyelin  parda  ma‘lum  teng  masofalarda  (1-2 
mm)  uzilgani  tufayli  Ranvye  bo‘g‘ilmalari  hosil  bo`ladi.  Ranvye  bo‘g‘ilmalarida  tola 
miyelin  bilan  qoplanmagan.  Qozg‘alishning  miyelinli  va  miyelinsiz  tolalar  orqali 
o‘tkazilishida katta farq bor. 
     Glial  hujayralar  elektrolitlar  va  mediatorlar  almashinuvida  katta  ahamiyatga  ega. 
Neyronlarning  uzoq  vaqt  faol  holatda  bo`lishi  kaliy  ionlarining  hujayradan  tashqariga 
chiqishiga  va  tashqi  suyuqlikda  kaliy  miqdorining  sezilarli  darajada  oshishiga  olib 
keladi.  Bu  o‘zgarish  neyron  qo‘sg‘aluvchanligiga  katta  ta‘sir  qilishi  mumkin.  Ammo 
glial hujayralar membranasi kaliyga nisbatan yuqori o‘tkazuvchanlikka ega. Shu tufayli 
ortiqcha kaliy ionlari glial hujayralarga o‘tadi. Neyronlar tinch holatga o‘tishi bilan kaliy 
hujayralararo  suyuqlik  orqali  ularga  qaytib  kiradi.  Neyronlar  faol  bo`lganidan  glial 
hujayralar sinapslar atrofida ko‘payib ketgan mediatorlarni ham o‘zida vaqtincha saqlab 
turadi. 
     Glial hujayralar himoya funksiyasini ham bajaradi. Astrotsitlar va ular qoplab turgan 
miya  kapillyarlarining  devori  qonni  neyronlardan  ajratib  turadigan  to‘siq  – 
gematoensefalik to‘siqni  hosil  qiladi.    Bu  to‘siq  miyaning  ichki  muhiti  – serebrospinal 
suyuqlikning  barqarorligini  saqlashda  muhim  rol  o‘ynaydi.  Gematoensefalik  to‘siqdan 
ko‘p  moddalar,  jumladn  toksinlar,  ba‘zi  biologik  faol  moddalar  neyronlar  atrofidagi 
suyuqlikka o‘ta olmaydi. Bundan tashqari, glial hujayralar fagotsitoz qobiliyatiga ega. 
     Glial  hujayralar  neyronlarga  trofik  faoliyat  ko‘rsatadi.  Astrotsitlar  bevosita  miya 
kapillyarlarida  joylashgan.  Shu  tufayli  kislorod  va  almashinuv  uchun  zarur  moddalar 
bilan  yaxshi  ta‘minlanadi.  Neyronlarning  ba]zi  moddalar  bilan  ta‘minlanishida  va 
ulardan almashinuv qoldiqlarining yo‘qotilishida glial hujayralar ishtirok etadi. 
     Keyingi  yillarda  glial  hujayralar  shartli  reflekslar  hosil  bo`lishida,  xotira 
mexanizmlarida muhim ahamiyatga ega degan fikrlar aytilmoqda. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish