Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

NERV TOLALARI 
 
     Nerv  stvoli  yoki  nerv  umumiy  perinevral  parda  bilan  qoplangan  talaygina  nerv 
tolalaridan  iborat.  Yakka  nerv  tolasi  esa  nerv  hujayralarining  o‘siqlari  –  akson  va 
dendritlardir. Nerv tolasi o‘q silidr va uni qoplovchi plazmatik membranadan iborat. Bu 
membrana  qo‘zg‘aluvchan.  Unda  potensialga  bog‘liq  natriy  va  kaliy  kanallari  bo`lishi 


 
 
38 
 
tufayli  harakat  potensiali  (nerv  impulsi)  hosil  bo`lishi  mumkin.  Qo‘zg‘lishning  toladan 
o‘tishi ham o‘q silindrning plazmatik membranasiga bog‘liq. O‘q silindri gialoplazmaga 
toigan  va  unda  neyrofibrillalar,  mikronaychalar,  mitoxondriyalar  kabi  organellalar 
uchraydi.  O‘q  silindri  tashqaridan  Shvann  parda  yoki  Shvann  va  miyelin  parda  bilan 
qoplangan. 
     Umurtqali  hayvonlarning  aralash  nervini  tashkil  qiluvchi  tolalar  yo‘g‘onligi, 
qo‘zg‘aluvchanligi‘  qo‘zg‘alishning  ulardan  o‘tish  tezligiga  qarab  asosiy  uch  guruhga 
bo`linadi (1-jadval). 
1-jadval      Nerv tolalari tasnifi 
 
 
Tolalar turi 
 
Diametri (mkm) 
Qo'zg'alishni 
o'tkazish tezligi 
(m/s) 
Mutlaq 
refrakterlik 
davomiyligi (ms) 
A-alfa 
13-22 
70-120 
0,4 
A-beta 
8-13 
40-70 

A-gamma 
4-8 
15-40 

A-delta 
1-4 
5-15 
0,8 

1-3 
3-4 
1,2 

0,5-1,0 
0,5-2 
2,0 
 
     Jadvalda  keltirilgan  raqamlarga  ko'ra,  guruhni  tashkil  qiluvchi  tolalarning  diametri 
birinchisidan  ikkinchisiga,  ikkinchisidan  uchinchisiga  o'tishi  bilan  o'rta  hisobda  ikki 
marta kamayadi va hokazo. Shunga yarasha qo'zg'alishning tolalardan o'tish tezligi ham 
deyarli ikki baravar sekinlashadi. Qo'zg'alishdan keyin taraqqiy etadigan refrakterlik esa 
tola  qancha  ingichka  bo'lsa,  shuncha  uzoq  davom  etadi.  Demak,  tola  ingichkalanishi 
bilan uning labilligi kamayib boradi. 
     A-turga mansub tolalarning hammasi miyelin bilan qoplangan. A-alfa turidagi tolalar 
skelet  muskullarini  nervlaydi.  Ular  orasida  murakkab  retseptorlar  –  muskul  duklaridan 
boshlanuvchi  afferent  tolalar  va  skelet  muskullarini  qo'zg'atib,  harakatga  keltiradigan 
efferennt  tolalr  tafovut  qilinadi.  A-beta  va  A-delta  tolalar  markazga  intiluvchi  tolalar 
bo'lib,  turli  retseptorlardan  (taktil,  ichki  a'zolardagi,  haroratni  va  ba'zi  bir  og'riqni 
sezuvchi  retseptorlardan)  impulslarni  MNT  ga  o'tkazadi.  A-gamma  tolalar  esa  afferent 
tolalardir. Ular muskul duklarining qisqaruvchi elementlarini nervlaydi. 
     B-turdagi  tolalarga  simpatik  va  parasimpatik  preganglionar  tolalar  kiradi.  C-turdagi 
tolalarni 
postganglionar 
vegetetiv  tolalar  va  teridagi 
og'riqni  sezuvchi  retseptorlar, 
ba'zi  termoretseptorlar,  hamda 
bosimni  sezuvchi  retseptorlar 
bilan  bog'langan  afferent  tolalar 
tashkil qiladi. 
     Neyronning 
o'siqlari 
somadan  ajralgan  holda  yashay 
olmaydi. Tola kesilgandan keyin 
uning 
soma 
bilan 
bog'liq 
bo'lmagan 
periferik 
qismi 
halokatga  uchraydi.  Miyelin  va 


 
 
39 
 
uvalangan tola so'rilib ketadi. Saqlanib qolgan Shvann hujayralari markaziy  yo'nalishda 
soma  tomon  o'sa  boshlayda.  Tolaning  markaziy  uchi  yo'g'on  tortadi,  undan  bir  talay 
shoxchalar  chiqadi.  Bu  shoxchalardan  bir  qismi  Shvann  hujayralari  hosil  qilgan  qinga 
qarab,  periferik  to'qima  yoki  a'zoga  yetib  olguncha,  bir  kecha-kunduzda  0,5-4,5  mm 
tezlikda o'saveradi. Natijada o'sha to'qima yoki a'zoda nerv oxirlari hosil bo'lib, ularning 
nervlanishi  asl  holiga  keladi.  Bu  jarayon  odatda  5-6  hafta,  ba'zan  yillab  davom  etadi. 
Nerv  tolalarining  asosiy  vazifasi  qo'zg'alishni  o'tkazishdan  iborat.  Bundan  tashqari, 
neyronlar  o'zi  nervlaydigan  to'qimalarga  nisbatan  trofik  ta'sir  ko'rsatadi.  Trofik  ta'sir 
ahamiyatini  denervatsiyalangan  (nervlardan  mahrum  qilingan)  to'qoma  va  a'zolarda 
yaqqol ko'rish mumkin. Vaqt o'tishi bilan nervsizlantirilgan to'qima va a'zolar distrofiya 
va  atrofiyaga  uchraydi.  Masalan,  skelet  muskuli  denervatsiyadan  keyin  kichiklashib, 
kuchsizlanadi.  Ushbu  trofik  ta'sir  qisman  tola  orqali  to'qimaga  yetib  keladigan 
impulslarga  bog'liq  bo'lsada,  uni  yuzaga  chiqarishda  akson  bo'ylab  neyronning 
somasidan  nervlangan  to'qimaga  oqib  o'tadigan  moddalar  asosiy  rol  o'ynaydi. 
Impulslarga  bog'liq  neyrotrofik  ta'sur  qo'zg'alish  o'tayotgan  vaqtda  ajraladigan 
mediatorlarga  bog'liq.  Bu  mediatorlar  membranadagi  biokimyoviy  jarayonlarga  ta'sir 
qiladi  va  siklik  adenozinmonofosfat  (sAMF),  siklik  guanozinmonofosfat  (sGMF)  va 
boshqa  moddalar  miqdorini  o'zgartiradi.  Neyronning  trofik  markazi  hujayra  tanasida, 
yadroga  yaqin  sohada  joylashgan.  Bu  yerda  sintezlangan  oqsil,  RNK,  mediatorlar  va 
boshqa  moddalar  akson  bo'ylab  hujayra  organellalari  (mitoxondriyalar)  bilan  oqib, 
presinaptik  sohaga  yetib  keladi.  Hozir  aniqlanishicha,  bu  oqim  teskari  yo'nalishda, 
presinaptik  sohadan  somaga  qaratilgan  bo'lishi  ham  mumkin.  Quturish,  poliomiyelit, 
uchuqqa  sabab  bo'ladigan  viruslar  va  ba'zi  bakterial  toksinlar  teskari  yo'nalishda  oqib, 
periferiyadan MNT ga yetib keladi. 
     Moddalarning  nerv  tolalaridagi  oqimi  aksonlarda  yaxshi  o'rganilgan.  Hozir  tez  va 
sekin  akson  oqimi  borligi  aniqlangan.  Tez  akson  oqimida  (250-400  mm/24  soat) 
mitoxondriyalar,  mediatorga  to'la  pufakchalar,  oqsillar  neyron  tanasidan  tola  oxiri  – 
oxirgi  tarmoqlargacha  tashiladi.  Bu  oqim  akson  ichidagi  mikronaychalar  va 
neyrofilarnentlar  shikastlanganda,  hamda  aksonda  ATF  va  Ca
2+
  yetishmovchiligida 
to'xtaydi. 
     Sekin  akson  oqimi  –  bu  umuman  aksoplazmaning  oqimidir.  Bu  oqimda 
aksoplazmadagi  unsurlarning  (oqsillar,  mikronaychalar,  neyrofilarnentlar,  RNK,  ion 
kanallari  va  nasoslari)  hammasi  ishtirok  etadi.  Akson  o'rtasidan  qattiq  bog'lansa, 
periferik  qismidagi  aksoplazma  oqishda  davom  etadi  va  tolaning  bir  qismi  bo'shab, 
ingichkalashadi.  Markaziy  qismining  oxiri  esa  somadan  oqib  kelayotgan  aksoplazmaga 
to'lib,shishib ketadi. Sekin akson oqimining tezligi 1-4 mm/24 soat. Bu oqim tolalarning 
o'sishi va qayta tiklanishida (regeneratsiyasida) muhim ahamiyatga ega. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish