DAVOMIYLIGI O’RTACHA BO`LGAN
BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Bu mexanizmlarni quyidagi omillar ishga tushirishi mumkin: 1) kapillyarlar orqali
almashinuvning o‘zgarishi; 2) tomirlar tarangligining o‘zgarishi; 3) renin-angiotenzin
tizimining faollashishi.
Aytib o‘tilgan omillar ta‘sirida gemodinamika bir necha minutdan keyin o‘zgara
boshlaydi. O‘zgarishlarning juda rivojlanishi uchun soatlab vaqt kerak.
Kapillyarlar orqali almashinuvning o’zgarishi. Arterial yoki venoz bosimning
ortishi, odatda kapillyarlardagi bosimning ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada
suyuqlikning filtrlanishi kuchayib, tomirlardagi qonning hajmi kamayadi, arterial qon
bosimi pasayadi. Aksincha, arterial bosim kamaysa, reabsorbsiya kuchayib, qonning
hajmi oshadi, qon bosimi ko‘tariladi.
Tomirlar tarangligining o’zgarishi. Bosim oshishi natijasida tomirlar kengayib,
devori ―yumshaydi‖, cho‘ziluvchanligi oshadi. Qarshilik kamayib, bosim pasayadi.
Tomirlardagi suyuqlik hajmi kamaysa, tomirlar devorining cho‘zilishi qiyinlashadi.
Natijada bosim ko‘tariladi. Shuning uchun ham tomirlardagi suyuqlik hajmi sal o‘zgarsa
ham, qon bosimi 10-60 daqiqada asli holiga keladi.
Renin-angiotenzin
tizimi.
Renin
fermenti
buyrakning
yukstaglomerulyar
hujayralarida sintezlanadi va saqlanadi. Qonga o‘tib, angiotenzinogen degan α
2
-
globulinni parchalaydi va dekapeptid – angiotenzin I ni hosil qiladi. Boshqa bir ferment
ta‘sirida angiotenzin I oktapeptid – angiotenzin II ga aylanadi. Bu mexanizmning ishga
tushishi buyraklarning qon bilan ta‘minlanishiga bog‘liq. Buyraklarning qon bilan
ta‘minlanishi kamaysa, reninning qonga o‘tishi kuchayadi.
Angiotenzin II juda kuchli bevosita tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Uning
ta‘sirida buyrak, ichak va teridagi prekapillyar arteriolalar torayadi, yurak, miya va
buyrak usti bezlari tomirlari kengayadi. Tizimning faolligi juda kuchayib ketsa, bu
tomirlar ham torayadi. Bundan tashqari, angiotenzin II markaziy va periferik simpatik
tuzilmalarni qo‘zg‘atadi. Natijada periferik qarshilik va qon bosimi oshadi.
Renin-angiotenzin tizimining ta‘siri juda kuchli bo`lishi uchun 20 daqiqaga yaqin
vaqt kerak. So‘ngra susaymasdan uzoq vaqt davom etishi mumkin. Arterial bosim (yoki
qon hajmi) patologik kamayib ketganda, renin-angiotenzin tizimining qon bosimini
me‘yoriga qaytarishda ahamiyati katta bo`ladi. Qonda renin-angiotenzin miqdori
oshganda, tashnalik kuchayadi. Ko‘p qon yo‘qotganda kuzatiladigan tashnalikning
sababi ham shunda.
Renin-angiotenzin tizimining kuchayishi ba‘zi buyrakka aloqador gipertenziyaning
sababi bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |