TIZIM QON AYLANISHINING BOSHQARILISHI
Yurak va qon tomirlarning asosiy vazifasi qon aylanishini ta‘minlab turishga zarur
bo`lgan bosim farqini ta‘minlashdan iborat. Bunga organizm bir-biriga bog‘liq bo`lgan
periferik qarshilikni va yurakdan otilib chiqadigan qon miqdorini o‘zgartirish yo`li bilan
erishadi.
Qon aylanishining sharoit o‘zgarishlariga moslashishini vujudga kelishi tezligiga
qarab, uch guruhga bo`lish mumkin: 1) qisqa muddatli mexanizmlar; 2) davomiyligi
o‘rtacha mexanizmlar; 3) uzoq davom etuvchi mexanizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |