TOMIRLARDA QON HARAKATINING BOSHQARILISHI
Regional (mahalliy) qon aylanishining boshqarilishi. Organizmning muayyan
qismlarida qon oqimining miqdori, bu miqdorni a‘zolarning qonga bo`lgan talabiga
moslashishi asosan tomirlar diamtrining o‘zgarishi va qon oqimiga qarshilikni
boshqarish yo`li bilan ta‘minlanadi.
Periferik qon tomirlarda qon oqimining o‘zgarishi mahalliy (o‘sha joyning o‘zida
vujudga keladigan) mexanizmlar yordamida, nerv va gumoral yoi bilan ro‘yobga chiqadi.
Nerv va gumoral omillardan tashqari, periferik qon aylanishining metabolik yoi bilan
o‘z-o‘zidan boshqarilishi katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |