Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

 
 
DAVOMIYLIGI O’RTACHA BO`LGAN 
 BOSHQARUV MEXANIZMLARI 
 
     Bu  mexanizmlarni  quyidagi  omillar  ishga  tushirishi  mumkin:  1)  kapillyarlar  orqali 
almashinuvning  o‘zgarishi;  2)  tomirlar  tarangligining  o‘zgarishi;  3)  renin-angiotenzin 
tizimining faollashishi. 
     Aytib  o‘tilgan  omillar  ta‘sirida  gemodinamika  bir  necha  minutdan  keyin  o‘zgara 
boshlaydi. O‘zgarishlarning juda rivojlanishi uchun soatlab vaqt kerak. 
    Kapillyarlar  orqali  almashinuvning  o’zgarishi.  Arterial  yoki  venoz  bosimning  
ortishi,  odatda  kapillyarlardagi  bosimning  ko‘tarilishiga  olib  keladi.  Natijada 
suyuqlikning  filtrlanishi  kuchayib,  tomirlardagi  qonning  hajmi  kamayadi,  arterial  qon 
bosimi  pasayadi.  Aksincha,  arterial  bosim  kamaysa,  reabsorbsiya  kuchayib,  qonning 
hajmi oshadi, qon bosimi ko‘tariladi. 
 
     Tomirlar  tarangligining  o’zgarishi.  Bosim  oshishi  natijasida  tomirlar  kengayib, 
devori  ―yumshaydi‖,  cho‘ziluvchanligi  oshadi.  Qarshilik  kamayib,  bosim  pasayadi. 
Tomirlardagi  suyuqlik  hajmi  kamaysa,    tomirlar  devorining  cho‘zilishi  qiyinlashadi. 
Natijada bosim ko‘tariladi. Shuning uchun ham tomirlardagi suyuqlik hajmi sal o‘zgarsa 
ham, qon bosimi 10-60 daqiqada asli holiga keladi. 
     Renin-angiotenzin 
tizimi. 
Renin 
fermenti 
buyrakning 
yukstaglomerulyar 
hujayralarida  sintezlanadi  va  saqlanadi.  Qonga  o‘tib,  angiotenzinogen  degan  α
2
-
globulinni parchalaydi va dekapeptid – angiotenzin I ni hosil qiladi. Boshqa bir ferment 
ta‘sirida angiotenzin I oktapeptid – angiotenzin II ga aylanadi. Bu mexanizmning ishga 
tushishi  buyraklarning  qon  bilan  ta‘minlanishiga  bog‘liq.  Buyraklarning  qon  bilan 
ta‘minlanishi kamaysa, reninning qonga o‘tishi kuchayadi. 
     Angiotenzin  II  juda  kuchli  bevosita  tomirlarni  toraytiruvchi  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Uning 
ta‘sirida  buyrak,  ichak  va  teridagi  prekapillyar  arteriolalar  torayadi,  yurak,  miya  va 
buyrak  usti  bezlari  tomirlari  kengayadi.  Tizimning  faolligi  juda  kuchayib  ketsa,  bu 
tomirlar  ham  torayadi.  Bundan  tashqari,  angiotenzin  II  markaziy  va  periferik  simpatik 
tuzilmalarni qo‘zg‘atadi. Natijada periferik qarshilik va qon bosimi oshadi. 
     Renin-angiotenzin  tizimining  ta‘siri  juda  kuchli  bo`lishi  uchun  20  daqiqaga  yaqin 
vaqt kerak. So‘ngra susaymasdan uzoq vaqt davom etishi mumkin. Arterial bosim (yoki 
qon  hajmi)  patologik  kamayib  ketganda,  renin-angiotenzin  tizimining  qon  bosimini 
me‘yoriga  qaytarishda  ahamiyati  katta  bo`ladi.  Qonda  renin-angiotenzin  miqdori 
oshganda,  tashnalik  kuchayadi.  Ko‘p  qon  yo‘qotganda  kuzatiladigan  tashnalikning 
sababi ham shunda. 
     Renin-angiotenzin  tizimining  kuchayishi  ba‘zi  buyrakka  aloqador  gipertenziyaning 
sababi bo`lishi mumkin. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish