161
Qopqa vena va jigar arteriyasi jigar to‘qimalarida yoyilib,jigar bo`lakchalarida
sinusoid kapillyarlar hosil qiladi. Sinusoid kapillyarlarda qon juda sekin oqadi. Bu
moddalar almashinuvi uchun qulay sharoit tug‘diradi.
Qopqa qon aylanishi sinusoid kapillyarlarning kirish va chiqish sfinkterlari ochilishi
yoki yopilishi yo`li bilan boshqariladi.
Yuqori haroratning qon aylanishiga ta’siri. Havo haroratining yuqori bo`lishi
yurak faoliyatini kuchaytiradi. Bu sharoitda tana harorati 37,3-37,6
0
C ko‘tarilsa,
yurakning 1 daqiqada urishi 20 martaga ortadi (isib ketishning birinchi darajasi).
Tananing isishi davom etib, harorat 37,7-38,4
0
C ga yetsa, yurak urishi 1 daqiqada 120
tani tashkil qiladi (Isib ketishning ikkinchi darajasi). Teri harorati 38,6-40,6
0
C ko‘tarilsa,
yurak urishi 1 daqiqada 160 chamasi bo`ladi (isib ketishning uchinchi darajasi).
Issiqlashning birinchi dajasi arterial qon bisimiga ta‘sir qilmaydi. Ikkinchi darajada
sistolik bosim ko‘tarilishi mumkin, tana haroratining uchinchi darajagacha ko‘tarilishi
arterial bosimni keskin pasaytirib yuboradi. Bu holat ―issiq urishi‖ning o‘ziga xos
belgisidir. Arterial bosimning pasayishi qon tomirlarning, asosan teri tomirlarining
kengayishiga bog‘liq.
Bu sharoitda bosimni bir me‘yorda saqlash uchun yurakdan chiqadigan qonning
miqdori ortishi kerak. Bunga organizm asosan yurak qisqarishlari sonini oshirish yo`li
bilan erishadi. Sistolik hajm faqat jismonan chiniqqan shaxslarda ortishi mumkin.
Issiq sharoitda tana haroratining doimiyligini saqlashda odamning terisi asosiy rol
o‘ynaydi. Havo harorati 28
0
C ko‘tarilganda, teri qon tomirlari kengaya boshlaydi.
Birinchi galda quloq suprasi, panjalar va kaft terisi arterial tomirlari kengayadi. Keyin
bilak terisi tomirlari kengayib, ter ajrala boshlaydi. Arterial tomirlarning kangayishi
venalarda qon bosimining ortishiga va ularning kengayishiga olib keladi.
Oddiy haroratda teridan bir daqiqada oqib o‘tgan qonning umumiy hajmi 200-500 ml
bo`lsa, issiqda – 2,5-3 l, juda yuqori haroratda 8 l ga yetadi va yurakdan chiqqan qonning
50-70% ini tashkil qiladi.
Teri tomirlari kengaygan bir vaqtda ichki a‘zolar tomirlari torayadi.
Bu o‘zgarishlarni reflektor, mahalliy va gumoral boshqarish mexanizmlari yuzaga
chiqaradi.
Teri tomirlarining kengayishi nerlanish, o‘tkazish, konveksiya va ter bug‘lanishi
jarayonlari yordamida issiq sharoitda tana haroratining me‘yorida saqlanishiga
ko‘maklashadi. Havo harorati teri haroratidan ortib ketganda ko‘rsatilgan jarayonlardan
faqat bittasi – ter tarkibidagi suvni bug‘latib, issiqlik yo‘qotish jarayoni saqlanib qoladi.
Bu vaziyatda teri ttomirlarining kengayishi va ter ajralishining kuchayishi muhim
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: