O’PKADA GAZLAR DIFFUZIYASI
Alveola – alveolyar yo`llar devorining yarim sharsimon bo‘rtig‘i (43-rasm). Diametri
150300 mkm. Odamning har bir o‘pkasidagi alveolalar soni 400 mln chamasida. Alveola
devorining tashqi yuzasi kapillyarlar bilan qoplangan. Kapillyarlar bilan qoplangan
167
yuzaning umumiy sathi 90-100 m
2
. O‘pka kapillyarlaridagi qonni alveolalar ichidagi
havodan aerogematik to‘siq ajratib turadi (44-rasm). Bu to‘siq alveolalarning ichki
yuzasini qoplagan surfaktant qavatidan, alveolyar epiteliydan, ular ostidagi asosiy
membranadan, kapillyarlarning devoridagi asosiy membranadan va endotelial hujayralar
qavatidan iborat. Gazlar almashinuvi jarayonida ana shu 5 qavat to‘siqdan va eritrotsit
membranasidan o‘tishi kerak.
Kislorodni alveolyar havodan qonga, karbonat angidridni esa qondan alveolyar
havoga o‘tishi faqay diffuziya yo`li bilan yuzaga chiqadi. Diffuziya sodir bo`lishi uchun
aerogematik to‘siqning ikki tomonidagi gazlarning parsial bosimida farq bo`lishi zarur.
Gazlar aralashmasining umumiy bosimidan shu aralashmani hosil qiluvchi gazlarning
har birini hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi shu gazning parsial bosimini tashkil qiladi.
Aralashmaning umumiy bosimini va uning foiz hisobidagi tarkibini bilsak, har qaysi
gazning parsial bosimini hisoblash oson bo`ladi.
Alveolyar havo kislorod, azot, karbonat angidrid va suv bug‘idan iborat aralashma.
Uning umumiy bisimi 760 mm.s.u. ga teng bo`lib, shundan 47 mm.s.u. suv bug‘iga
to‘g‘ri keladi. Qolgan 713 mm.s.u. kislorod, azot va karbonat angidridlar bosimi.
Aralashmada bu gazlarning foiz nisbati 14,4; 5,6 va 80. Demak, alveolyar havodagi
kislorodning parsial bosimi 713 mm ni 14,4% ini, ya‘ni 102 mm ni, karbonat
angidridning parsial bosimi 713 mm ni 5,6% ini, ya‘ni 40 mm ni tashkil qiladi.
Aralashmadagi gazlar suyuqlikka duch kelganda, suyuqlikda gazlar o‘z parsial
bosimiga bog‘liq holda eriydi. Ma‘lum vaqtdan keyin gaz aralashmasi va suyuqlik
o‘rtasida dinamik muvozanat vujudga keladi; vaqt birligida suyuqlikka o‘tgan gaz
miqdori undan chiqqan gaz miqdoriga tenglashadi. Bu sharoitda suyuqlikdagi gazning
parsial tarangligi shu gazlar aralashmasidagi parsial bisimga teng bo`ladi.
Alveola va kapillyar devori bo`lmish aerogematik to‘siqning bir tomonida gazlar
aralashmasi – alveolyar havo, ikkinchi tomonida suyuqlik – qon. Kislorod va karbonat
angidrid bu to‘siqdan erigan holda diffuziya yo`li bilan o‘tadi. Kislorodning surfaktantda
eruvchanligi yuqori bo`lganligi gaz diffuziyasini yengillashtiradi. Diffuziyani gazlarning
alveolyar havodagi parsial bosimi va shu gazlarning qondagi parsial tarangligi o‘rtasidagi
farq ta‘minlaydi.
Alveolyar havoda kislorodning parsial bosimi 102 mm.s.u va karbonat angidridning
parsial bosimi 40 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu gaz bilan aerogematik to‘siq orqalo o‘zaro
munasabatda bo`ladigan suyuqlik – venoz qonda ham ma‘lum miqdor kislorod va
karbonat angidrid bor. Kislorodning bu qondagi tarangligi 40 mm.s.u.ni tashkil qiladi.
Karbonat angidridning tarangligi esa 46 mm.s.u. ga teng (45-rasm).
Kislorodning alveolyar havodagi parsial bosimi va uning venoz qondagi parsial
tarangligi o‘rtasidagi farq 60 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Bu kuch havodan qonga
qaratilgani uchun kislorodni alveola bbo‘shlig‘idan qonga haydaydi.
Karbonat angidridning parsial bosimi va parsial tarangligi o‘rtasida ham 6 mm.s.u. ga
teng farq bor. Ammo bu kuch qondan alveola bo‘shlig‘iga qaratilgan. U karbonat
angidridni qondan alveolyar havoga diffuziyasini ta‘minlaydi. Karbonat angidridning
alveolyar membranada eruvchanligi yuqori bo`lganidan bosimlar farqi oz bo`lsada, qon
o‘pka kapillyarlaridan o‘tayotganda butunlay diffuziyalanib bo`ladi.
Qon o‘pka kapillyarlaridan o‘rta hisobda 0,7 sekundda o‘tadi. Shu vaqt davomida
gazlarning alveolyar havodagi parsial bosimi qondagi parsial tarangligiga tenglashadi
hamda kislorod uchun 100 mm.s.u. ni, karbonat angidrid uchun 40 mm.s.u. ni tashkil
qiladi.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |