169
Karbonat angidridni ikkinchi va uchinchi tashilish shakli hosil bo`lishi uchun u avval
suvga qo‘shilib, karbonat kislotaga aylanishi kerak. Reaksiya quyidagicha o‘tadi:
CO
2
+H
2
O
←
→
H
2
CO
3
←
→
H
+
+
HCO
3
-
Eritrotsitlarda bu reaksiyani 1500-2000 baravar tezlashtiradigan maxsus ferment –
karboangidraza mavjud. Bu ferment CO
2
ning muhitdagi tarangligiga bog‘liq holda
reaksiyani ikki yo‘nalishda tezlashtiradi: to‘qimalar kapillyarlarida CO
2
tarangligi
yuqori, natijada gidratatsiya reaksiyasi tezlashadi. O‘pka kapillyarlarida CO
2
tarangligi
ancha pasayadi. Bu yerda degidratatsiyareaksiyasi tezlashadi.
Karbonat angidridning asosiy tashiladigan shakli – bikarbonat tuzlar hosil bo`lishida
eritrotsitlar muhim rol o‘ynaydi. To‘qimalarda oksidlanish natijasida hosil bo`lgan CO
2
kapillyarlarga o‘tadi va plazmada eriydi. Plazmadan karbonat angidrid molekulalari
eritrotsitlarga o‘tadi va bu yerdagi karboangidraza ishtirokida karbonat kislotaga
aylanadi. Natijada eritrotsit ichida HCO
3
-
anionlari miqdori ko‘payadi va konsentratsiya
gradiyenti bo‘yicha plazmaga chiqadi. Eritrotsit membranasininganionlar uchun
o‘tkazuvchanligi yuqori, kationlarni esa bu membrana deyarli o‘tkazmaydi. Karbonat
kislotaning anioni plazmadagi K
+
va Na
+
kationlari bilan birikib, Bikarbonat tuzlar hosil
qiladi. Bu kationlardan ajralgan xlor anioni eritrotsit ichiga o‘tadi va osmotik bosimning
sal ko‘tarilishiga sabab bo`ladi. Buning natijasida eritrotsitlarga suv kirib, hajmi sal
oshadi.
Ayni vaqtda oksigemoglobindan kislorod ajraladi va to‘qimalarga o‘tadi. Gemoglobin
bilan bog‘liq bo`lgan kaliyni ko‘mir kislota siqib chiqaradi va kaliy bikarbonat hosil
qiladi.
Kislotadan
ajralgan
H
+
ionlari
gemoglobin
bilan
birikib,
kam
dissotsiatsiyalanuvchi tiklangan gemoglobin (HHb) hosil qiladi. Tiklangan gemoglobin
CO
2
ning bir qismini o‘ziga biriktirib, kabogemoglobinga (HhbCO
2
) aylanadi. Eritrotsit
to‘ima kapillyarlaridan o‘tayotgandagi reaksiyani quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
KHbO
2
+H
2
CO
3
=HHb+O
2
+KHCO
3
Karbonat angidridga boyigan, kislorodning bir qismini yo‘qotgan venoz qon o‘pka
kapillyarlariga yetib kelganda teskari hodisalar ro‘y beradi. Birinchi galda, erigan CO
2
diffuziya yo`li bilan qondan alveolyar havoga o‘ta boshlaydi. Natijada gazning plazma
va eritrotsitlardagi tarangligi kamayadi va eritrotsitlarda karbonat kislota degidratatsiyasi
boshlanadi. Karboangidraza reaksiyani bu yo‘nalishda ham keskin tezlashtiradi.
Alveolyar havodan kislorodning qonga o‘tishi natijasida hosil bo`lgan oksigemoglobin
karbonat kislotadan kuchliroq kislota. U bikarbonatdan quyidagi reaksiya bo‘yicha
kaliyni siqib chiqaradi: HHb+O
2
+KHCO
3
=KHbO
2
+H
2
CO
3
. Hosil bo`lgan kislotani
karboangidraza suv va karbonat angidridga parchalaydi, CO
2
alveolyar havoga o‘tadi.
Karbonat
angidrid
ajralaishi
natijasida
qondagi
tarangligining
pasayishi
karbogemoglobindagi karbamin bog‘larining uzilishi va CO
2
ajralishiga olib keladi. Bu
jarayonlar qonni ortiqcha karbonat angidriddan xalos bo`lishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: