Muqaddima


O’PKA VENTILYATSIYASI, HAJM VA SIG’IMLARI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

O’PKA VENTILYATSIYASI, HAJM VA SIG’IMLARI 
 
      Vaqt  birligida  o‘pkadan  o‘tayotgan  havo  miqdori  –  o‘pka  ventilyatsiyasi  nafas 
olishning  chuqurligi  va  tezligiga  bog‘liq.  Tashqi  nafasning  bu  ikki  ko‘rsatkichi  ancha 
keng doirada o‘zgarib turadi. 
     Tinch  holatda  katta  yoshli  odam  500  ml  ga  yaqin  havoni  nafasga  oladi  va  chiqaradi 
(42-rasm).  Havoning  bu  hajmi  nafas  havosi, deb  ataladi.  Odatdagicha  nafas  olingandan 
keyin  yana  qo‘shimcha  ravishda  anchagina  havo  olinishi  mumkin.  Bu  hajm  nafas 
olishninh qo‘shimcha hajmi, deyiladi va 2000-2500 ml ni tashkil qiladi. 
     Tinch  nafas  chiqarilgandan  keyin  yana  qariyb  1500  ml  havoni  nafasdan  chiqarish 
mumkin. Bu hajm nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi, deyiladi. Qo‘shimcha hajmlar 
mavjudligi zarur bo`lganda nafasning chuqurlashishiga imkon beradi. 
     Nafas  havosi,  nafas  olishning  qo‘shimcha  hajmi  va  nafas  chiqarishning  qo‘shimcha 
hajmlari  yig‘indisi  o‘pkaning  tiriklik  sig‘imini    (O‘TS)  tashkil  qiladi.  Uning  hajmi 
taxminan  4000-4500  ml.  Bu  sig‘imni  birdan  oichash  mumkin.  Buning  uchun  odam 
atmosferadan iloji boricha chuqur nafas olib, havoni o‘pkasidan oxirigacha spirometrga 
chiqarishi kerak. 
     O‘pkaning  tiriklik  sig‘imi  o‘pka  va  ko‘krak  qafasining  kengayish  qobiliyati 
ko‘rsatkichi  hisoblanadi.  Ko‘rsatkich  miqdori  o‘zgaruvchan  bo`lib,  odamning  yoshi, 
jinsi,  tananing  katta-kichikligi,  fazodagi  holati  va  jismoniy  ish  bajarishga  moslashishga 
bog‘liq.  O‘TS  odamning  yoshi  40  dan  oshgandan  keyin  sezilarli  darajada  kamayadi. 
Ayollarda  O‘TS  erkaklardagi  ko‘rsatkichdan  25%  kam.  Odam  tik  turganda  O‘TS 
yotgandagiga  qaraganda  ko‘proq.  Mashq  qilganlarda  O‘TS  jismoniy  ish  bilan 
shug‘ullanmaganlarnikidan ko‘proq bo`ladi. 
     Oxirigacha  nafas  chiqarilgandan  keyin  ham  o‘pkada  1000-1500  ml  havo  qoladi.  U 
qoldiq havo deb ataladi. 
     Funksional qoldiq  sig‘im  ham  tafovut qilinadi. Bu sig‘im  tinch nafas  chiqarilgandan 
keyin o‘pkada qolgan havo hajmini ko‘rsatadi. Funksional qoldiq sig‘imning fiziologik 
ahamiyati alveolyar havoning gaz tarkibida nafas olib, nafas chiqarishga bog‘liq bo`lgan 
o‘zgarishlarni  maromlab  turishda.  Atmosfera  havosi  alveolalarga  bevosita  kirib-
chiqqanda,  alveola  havosi  tarkibidagi  O
2
  va  CO
2
  miqdori  nafas  bosqichlariga  bog‘liq 
holda  keskin  o‘zgarib  turadi.  Tinch  holatda  nafas  hajmi  (500  ml)  funksional  qoldiq 
sig‘imdan  bir  necha  marta  kam.  Kislorodga  boy,  karbonat  angidridi  kam  bo`lgan  oz 
miqdordagi  nafas  havosi  anchagina  katta  bo`lgan  funksional  qoldiq  sig‘im  bilan 
aralashganda,  alveolyar  havo  tarkibi  uncha  o‘zgarmaydi.  Alveolyar  havo  bilan  qon 
o‘rtasida  gazlar  almashinuvi  mo‘tadil  bo`lishi  uchun  buning  ahamiyati  katta.  Tiriklik 
sig‘imi va qoldiq havo yig‘indisi o‘pkaning umumiy sig‘imini tashkil qiladi va u 5500-
6000 ml. 
     O‘pkaning tiriklik sig‘imini, uni tashkil qiluvchi nafas havosini va nafas olish hamda 
nafas  chiqarishning  qo‘shimcha  hajmlarini  spirometr  yordamida  bevosita  aniqlash, 
spirograf yordamida qog‘ozga yozib olish mumkin. 
     Qoldiq havoni, o‘pkaning funksional qoldiq sig‘imini bevosita oichab bo`lmaydi. Ular 
odatda inert gazlar yordamida vositali yoi bilan aniqlanadi. 


 
 
166 
 
     Katta yoshdagi odam tinch holatda bir daqiqada 16-20 marta nafas oladi. Nafas hajmi 
500  ml  ga  teng  bo`lsa,  o‘pkadan  shu  vaqt  ichida  8-10  litr  havo  o‘tadi  yoki  o‘pka 
ventilyatsiyasi  8-10  litrga  teng  bo`ladi.  Ammo  o‘pka  ventilyatsiyasining  hajmi  nafas 
olishning qanchalik samarali ekanligi to‘g‘risida axborot bermaydi. Buni quyidagi misol 
bilan ko‘rsatish mumkin. Kimdir nafas hajmi 300 ml bo`lgan holda 1 daqiqada 20 marta 
nafas oladi. O‘pkaning ventilyatsiyasi 6000 ml bo`ladi. Boshqa bir odam 1 daqiqada 10 
marta nafas oladi, uning nafas hajmi 600 ml. Bu odamning o‘pka ventilyatsiyasi hajmi 
ham  6000  ml.  Ammo  ikkinchi  shaxsning  nafasi  opkada  gazlar  almashinuvini  e‘tiborga 
olganda  samaraliroq.  Gap  shundaki,  nafasga  olingan  havoning  bir  qismi  alveolalarga 
yetib bormay, zararli bo‘shliqda qoladi. Zararli bo‘shliq hajmi taxminan 140 ml. Demak, 
birinchi  shaxs  nafasga  olingan  300  ml  havodan  alveolalarga  160  ml,  ikkinchisining 
alveolalariga 460 ml (600 ml - 140 ml = 460 ml) havo yetib boradi. Ularning alveolyar 
ventilyatsiyasi (bir daqiqada alveolalardan o‘tgan havoninhg hajmi) quyidagicha bo`ladi: 
     Birinchi shaxsniki – 160 ml x 20 = 3200 ml, 
     Ikkinchi shaxsniki – 460 ml x 10 = 4600 ml. 
     Misoldan ko‘rinib turibdiki, siyrak, lekin chuqur nafas olish ancha samarali. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish