Muqaddima


BA’ZI A’ZOLARDA QON AYLANISHINING



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

BA’ZI A’ZOLARDA QON AYLANISHINING 
XUSUSIYATLARI 
 
 
     O’pkada qon aylanishi. O‘pkada har ikkala qon aylanish doirasiga aloqador tomirlar 
bor.  O‘pkaning  arteriya  va  venalari  katta  qon  aylanish  doirasi  tomirlariga  qaraganda 
ancha kalta va diametri kengroq. Yirik arteriyalarning devori ancha yupqa, silliq muskul 
qavati yaxshi rivojlangan tipik arteriolalar o‘pkada uchramaydi. 
     O‘pka  kapillyarlari  diametri  taxminan  8  mkm.  Bu  kapillyarlar  bir-biri  bilan  ulangan 
bo`lib,  alveolalarni  qalin  to‘r  kabi  o‘rab  turadi.  O‘pka  kapillyarlarining  ―funksional 
uzunligi‖  (alveola devori bilan  chatishgan  qismi)  o‘rtacha 350  mkm.  Qon  bu  masofani 
0,7-1 s da bosib o‘tadi. 
     Tinch  holatda  o‘pka  kapillyarlari  yuzasi  60  m
2
  ,  jismoniy  ish  bajarganda  yopiq 
alveolalar va kapillyarlar ishga tushib, bu yuza 90 m
2
 ga yetadi. 
     O’pka tomirlarida qon bosimi.  Sog‘lom odamning o‘pka arteriyasida sistolik bosim 
20 mm.s.u., diastolik bosim 8 mm.s.u., o‘rtacha bosim esa 13 mm.s.u. ni tashkil qiladi 
yoki aortadagi o‘rtacha bosimdan 5-6 marta kam. 
     O‘pka  kapillyarlarida  o‘rtacha  bosim  6,5  mm.s.u.  Kichik  qon  aylanish  doirasining 
oxiri bo`lmish chap bo`lmachada bosim 5,5 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Demak, bu doirada 
qon  harakatini  ta‘minlovchi  bosimlar  o‘rtasidagi  farq  katta  qon  aylanish  doirasining 
tegishli qismlaridagi bosimlar farqidan bir necha marta kam. 
     O‘pka qon tomirlaridagi qon oqimiga bo`lgan qarshilik ham katta qon aylanish doirasi 
tomirlaridagidan 10 baravar kam. 
     Yirik o‘pka  arteriyalarida  puls toiqinining tarqalish  tezligi  1-2  m/s. Bu ko‘rsatkichni 
katta  qon  aylanish  doirasidagi  arteriyalarnikidan  3-5  marta  kichik  bo`lishi  o‘pka 
tomirlarining juda cho‘ziluvchanligiga bog‘liq. 
     Qon oqishining chiziqli tezligi o‘pka arteriyasida 18 sm/s (aortada yuqorioq  – 30-50 
sm/s).  Kapillyrlarda  bu  tezlik  kamayadi  va  tizim  qon  aylanish  kapillyarlardagidan 
sezilarli farq qilmaydi. 
     O‘pka  tomirlaridan  oqib  o‘tadigan  qon  miqdori  (o‘pka  perfuziyasi)  godrostatik 
bosimga  bog‘liq.  Katta  yoshli  odam  o‘pkalarining  cho‘qqisi  odam  tik  turganda  o‘pka 
arteriyasi  asosidan  15  sm  baland.  Shuning  uchun  o‘pka  yuqori  bo`lagining  arterial 
tomirlardagi  bosim  gidrostatik  bosimga  teng.  Bu  sharoitda  o‘pka  cho‘qqisidagi 
kapillyarlardan  qon  kam  oqadi  yoki  umuman  oqmaydi.  O‘pkaning  pastki  qismidagi 
tomirlarda gidrostatik bosim arterial bosimga qo‘shiladi va tomirlarni kengaytirib turadi. 
     Demak, o‘pka tomirlarida qon oqishi notekis va tana holatiga bog‘liq. 
     O‘pka  tomirlaridagi  bosimga  plevra  bo‘shlig‘idagi  va  alveolalardagi  bosimning 
o‘zgarishi hamta‘sir qiladi. 
     O‘pka  qon  tomirlaridagi  qonning  miqdori  taxminan  450  ml.  Bu  miqdorning  70  ml 
kapillyarlarda,  qolgan  qismi  esa  arteriya  va  venalar  o‘rtasida  teng  bbo`lingan.  O‘pka 
venalari  juda  cho‘ziluvchan  bo`lganidan  ulardagi  qonning  miqdori  50%  ga  ko‘payishi 
mumkin.  Tegishli  vaziyatda  o‘pka  tomirlaridan  umumiy  qon  aylanishiga  qisqa  vaqt 
ichida 300 ml chamasi qon o‘tadi. 
     Yurakda  qon  aylanishi.  Miokardni  chap  va  o‘ng  toj  arteriyalar  qon  bilan 
ta‘minlaydi. Tinch holatda bu tomirlardan minutiga 250 ml qon oqib o‘tadi. Jismoniy ish 
vaqtida bu miqdor 1250 ml/min ni tashkil qilishi mumkin. 


 
 
160 
 
     Yurakning qon bilan ta‘minlanishi aortadagi bosimga, yurak irish tezligiga, vegetativ 
nervlar  ta‘siriga  bog‘liq.  Ammo  metabolik  omillar  toj  tomirlarda  qon  oqishiga  juda 
kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. 
     Kislorod  yetishmovchiligi  toj  tomirlarni  kengaytiradigan  juda  kuchli  omil.  Qondagi 
kislorod miqdorining 5% ga kamayishi yurak tomirlarini kengaytiradi. 
     Yurak tomirlaridan qon oqishi uning ish sikliga bog‘liq. Sistola vaqtida yurak muskuli 
qisqarib, timirlarni siqadi.  Natijada  chap  toj  arteriyasida qon oqishi  butunlay  to‘xtaydi. 
Faqat diastola vaqtida miokard bo‘shashganda, qon oqishi tezlashadi. O‘ng toj arteriyasi 
sistola  vaqtida  ko‘p  siqilmaydi.  Bu  tomir  orqali  qonning  oqishi  asosan  aortada  qon 
bosimining o‘zgarishiga bog;liq. 
     Miokardda  kapillyarlar  soni  juda  ko‘p,  deyarli  har  bir  tolaga  bitta  kapillyar  to‘g‘ri 
keladi.  Kapillyarlardan  o;tgan  qon  miokardda  chuqur  joylashgan  sinuslarga  yog‘iladi. 
Miokardda anchagina tomir bo`lmagan kanallar ham bor (Tebezi kanallari). Bu kanallar 
yurak  bo‘shliqlariga  bevosita  ochiladi.  Sistola  vaqtida  qonning  yurak  sinuslaridan  va 
Tebezi kanallaridan oqib chiqishi tezlashadi. 
     Simpatik  nerv  tizimi  toj  tomirlarni  kengaytirishi  ham,  toraytirishi  ham  mumkin. 
Natija katexolarninlarning qondagi miqdoriga va ular ta‘sir qiladigan retseptorlarga (alfa- 
yoki beta-adrenoretseptorlarga) bog‘liq. Parasimpatik tizim toj tomirlaridan qon oqishini 
kamaytiradi. 
     Bosh  miyada  qon  oqishi.  Bosh  miyaning  qon  bilan  ta‘minlanishi  boshqa 
a‘zolarnikiga nisbatan ko‘proq. Yurakdan katta qon aylanish doirasiga chiqqan qonning 
15%  miya  tomirlaridan  o‘tadi.  Miya  tomirlarining  adrenergik  innervatsiyasi  yaxshi 
rivojlangan. Bu tomirlarni keng chegarada torayib kengayishini ta‘minlaydi. 
     Miyaga  qon  yumshoq  miya  pardasi  tomirlaridan  radial  yo‘nalishda  tarqalgan 
arteriyalar orqali o‘tadi. Arteriya va venalar o‘rtasida anastomozlar yo‘q, kapillyar ochiq 
bo`ladi.  Kulrang moddada kapillyarlar soni oq moddadagidan ko‘proq. 
      Miyadan  o‘tgan  qon  qattiq  miya  pardasida  sinuslar  hosil  qiladigan  venalarga 
yig‘iladi. 
     Miya qon tomirlari qonda CO
2
 miqdori o‘zgarishiga juda sezgir. Miya to‘qimalarida 
CO
2
 tarangligi ikkibaravar oshsa, qon tomirlar kengayib, qon oqishning hajm tezligi ham 
ikki baravar ko‘payadi. 
     Agar  tez  va  chuqur  nafas  olib,  qonda  O
2
    miqdorini  ko‘paytirsak<  miya  tomirlari 
torayadi, qon oqishi kamayadi. Bunda ba‘zi odamlarning boshi aylanishi mumkin. 
     Miya  tomirlarining  miogen  o‘z-o‘zini  boshqarish  mexanizmi  yaxshi  rivojlangan.  Bu 
tananing fazodagi holati o‘zgarganda miya tomirlari orqali qon oqishning barqarorligini 
saqlashga imkoniyat tug‘diradi. 
     Jigarda  qon  aylanishi.  Jigar  ayni  bir  vaqtda  arterial  va  venoz  qon  oladi.  Arterial 
qonni jigarga jigar arteriyasi olib keladi. Venoz qon esa qopqa vena orqali jigarga yetib 
keladi. 
     Qopqa  venaga  hazm  tizimi  a‘zolari  va  talogdan  o‘tgan  qon  yig‘iladi.  Demak,  qopqa 
venadagi  qon  kapillyarlardan  ikki  marta  o‘tadi:  birinchi  -    gal  ichak,  me‘da  va  boshqa 
a‘zolardagi  kapillyarlardan,  ikkinnchi  marta  –  jigar  parenximasidagi  kapillyarlardan. 
Qonning  jigar  kapillyarlaridan  o‘tishi  gepatotsitlarni  ichakda  so‘rilgan  moddalar  bilan 
ta‘minlaydi, zaharli moddalarni zaharsizlantirish va organizmdan chiqarib tashlash uchun 
muhim.  Agar  qopqa  venadagi  qonni  jigardan  o‘tqazmasdan,  bevosita  pastki  kavak 
venaga  oqizib  yuborilsa  (Ekk-Pavlov  anastomozi  yordamida),  hayvon  tez  kunda 
zaharlanib oiadi. 


 
 
161 
 
     Qopqa  vena  va  jigar  arteriyasi  jigar  to‘qimalarida  yoyilib,jigar  bo`lakchalarida 
sinusoid  kapillyarlar  hosil  qiladi.  Sinusoid  kapillyarlarda  qon  juda  sekin  oqadi.  Bu 
moddalar almashinuvi uchun qulay sharoit tug‘diradi. 
     Qopqa  qon  aylanishi  sinusoid  kapillyarlarning  kirish  va  chiqish  sfinkterlari  ochilishi 
yoki yopilishi yo`li bilan boshqariladi. 
     Yuqori  haroratning  qon  aylanishiga  ta’siri.  Havo  haroratining  yuqori  bo`lishi 
yurak  faoliyatini  kuchaytiradi.  Bu  sharoitda  tana  harorati  37,3-37,6
0
  C  ko‘tarilsa, 
yurakning  1  daqiqada  urishi  20  martaga  ortadi  (isib  ketishning  birinchi  darajasi). 
Tananing  isishi  davom  etib, harorat 37,7-38,4
0
  C ga  yetsa, yurak urishi 1 daqiqada 120 
tani tashkil qiladi (Isib ketishning ikkinchi darajasi). Teri harorati 38,6-40,6
0
 C ko‘tarilsa, 
yurak  urishi  1  daqiqada  160  chamasi  bo`ladi  (isib  ketishning  uchinchi  darajasi). 
Issiqlashning  birinchi  dajasi  arterial  qon  bisimiga  ta‘sir  qilmaydi.  Ikkinchi  darajada 
sistolik  bosim  ko‘tarilishi  mumkin,  tana  haroratining  uchinchi  darajagacha  ko‘tarilishi 
arterial  bosimni  keskin  pasaytirib  yuboradi.  Bu  holat  ―issiq  urishi‖ning  o‘ziga  xos 
belgisidir.  Arterial  bosimning  pasayishi  qon  tomirlarning,  asosan  teri  tomirlarining 
kengayishiga bog‘liq. 
     Bu  sharoitda  bosimni  bir  me‘yorda  saqlash  uchun  yurakdan  chiqadigan  qonning 
miqdori  ortishi  kerak.  Bunga  organizm  asosan  yurak  qisqarishlari  sonini  oshirish  yo`li 
bilan erishadi. Sistolik hajm faqat jismonan chiniqqan shaxslarda ortishi mumkin. 
     Issiq  sharoitda  tana  haroratining  doimiyligini  saqlashda  odamning  terisi  asosiy  rol 
o‘ynaydi.  Havo  harorati  28
0
  C  ko‘tarilganda,  teri  qon  tomirlari  kengaya  boshlaydi. 
Birinchi  galda  quloq  suprasi,  panjalar  va  kaft  terisi  arterial  tomirlari  kengayadi.  Keyin 
bilak  terisi  tomirlari  kengayib,  ter  ajrala  boshlaydi.  Arterial  tomirlarning  kangayishi 
venalarda qon bosimining ortishiga va ularning kengayishiga olib keladi. 
     Oddiy haroratda teridan bir daqiqada oqib o‘tgan qonning umumiy hajmi 200-500 ml 
bo`lsa, issiqda – 2,5-3 l, juda yuqori haroratda 8 l ga yetadi va yurakdan chiqqan qonning 
50-70% ini tashkil qiladi. 
     Teri tomirlari kengaygan bir vaqtda ichki a‘zolar tomirlari torayadi. 
     Bu  o‘zgarishlarni  reflektor,  mahalliy  va  gumoral  boshqarish  mexanizmlari  yuzaga 
chiqaradi. 
     Teri  tomirlarining  kengayishi  nerlanish,  o‘tkazish,  konveksiya  va  ter  bug‘lanishi 
jarayonlari  yordamida  issiq  sharoitda  tana  haroratining  me‘yorida  saqlanishiga 
ko‘maklashadi. Havo harorati teri haroratidan ortib ketganda ko‘rsatilgan jarayonlardan 
faqat bittasi – ter tarkibidagi suvni bug‘latib, issiqlik yo‘qotish jarayoni saqlanib qoladi. 
Bu  vaziyatda  teri  ttomirlarining  kengayishi  va  ter  ajralishining  kuchayishi  muhim 
ahamiyatga ega. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish