122
ajratish vazifasini gem molekulasidagi ikki valentli temir bajaradi. Globin esa gemni olib
yuruvchi albuminlar turkumiga kiradigan oqsil.
Har bir eritrotsitda 400 mln gemoglobin molekulasi bor. Katta odamning qonidagi
konsentratsiyasi 14 g%, umumiy miqdori esa 600 g chamasida.
O‘pka kapillyarlaridan o‘tayotgan eritrotsitlardagi gemoglobin oksigenatsiyaga
uchrab, oksigemoglobinga (HbO
2)
) aylanadi
, to‘qima kapillyarlarida dezoksigenatsiya
jarayoni ro‘y berishi tufayli, kislorod erkinlashadi va to‘qimalarga o‘tadi. Kislorodni
yo‘qotgan oksigemoglobin dezoksigemoglobin, deyiladi. Arteriya qonining qip-qizil
bo`lishi oksigemoglobinga bog‘liq.
Gemoglobinning 1 g 1,34 sm
3
kislorod biriktirib olishi mumkin. Demak, qondagi
mavjud 600g gemoglobin kislorodga to‘yinsa, 800 sm
3
kislorodni bog‘laydi. 1 sm
3
qon
biriktirib olishi mumkin bo`lgan kislorod miqdori qonning kislorod sig‘imini belgilaydi.
Sog‘lom odam qonining kislorod sig‘imi taxminan 0,19 sm
3
.
Gemoglobinni ko‘mikdagi eritroblastlar va normoblastlar sintezlaydi. Eritrotsitlar
qarib, yemirilgandan so‘ng, ulardagi gemoglobin parchalanadi va gemdan o‘t pigmenti –
bilirubin hosil bo`ladi. Bir kecha-kunduzda organizmdagi gemoglobinning 1% ga yaqini
parchalanadi.
Oksigemoglobin, dezoksigemoglobindan tashqari, qonda gemoglobin karbonat
angidrid bilan birikib, karbogemoglobin (HbCO
2
) hosil qiladi. Bu birikma modda
almashinuvi natijasi bo`lgan CO
2
ning tashilish shakllaridan biri. Oksigemoglobin,
dezoksigemoglobin va karbgemoglobin gemoglobinning fiziologik birikmalaridir. Ba‘zi
sharoitlarda uning g‘ayri-tabiiy birikmalari ham paydo bo`lishi mumkin. Gemoglobin is
gazi (CO) bilan juda oson birikadi va karboksigemoglobin (HBCO) hosil qiladi. Bu
birikmaning parchalanishi juda qiyin. Shuning uchun nafasga olinadigan havoda CO oz
miqdorda bo`lsa ham tezda qondagi gemoglobinning ko‘p miqdorini egallab oladi.
Natijada qon kislorod tashish qobiliyatini yo‘qotadi. Organizmda kislorod
yetishmovchiligining og‘ir asoratlari (qayt qilish, bosh og‘rishi, xushdan ketish)
rivojlanadi.
Zaharlanish uncha kuchli bo`lmasa, toza havoda nafas olish karboksigemoglobinning
asta-sekin parchalanishi va organizmning is gazidan xalos bo`lishiga olib keladi.
Zaharlangan odamni sof kislorod bilan nafas oldirilsa, karboksigemoglobinning
parchalanishi 200 marta tezlashadi. Tabiiy sharoitda gemoglobinning faqat 1% is gazi
bilan birikkan. Organizmga oksidlash qobiliyatiga ega bo`lgan dorivor yoki boshqa
moddalar (kaliy permanganat, bertolet tuzi, anilin, fenatsetin) kiritilsa, metgemoglobin
(MetHb) hosil bo`ladi. Bu moddalar ta‘sirida gemoglobin chindan ham oksidlanadi,
uning molekulasidagi 2 balentli temir 3 valentli shklga o‘tadi. Endi gemoglobinga
birikkan O
2
ajralmaydi. Metgemoglobinninh miqdori qonda ko‘payib ketsa, hayot uchun
xavf tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: