108
Insulin molekulyar massasi 6000 ga yaqin bo`lgan oqsil. U bir-biriga parallel bo`lgan
ikkita disulfid ko‘prikchalar yordamida bog‘langan ikki polipeptiddan iborat.
Glyukagon molekulyar massasi 3500 bo`lgan polipeptiddir.
Insulin qonda glyukoza miqdorini kamaytiruvchi yagona gormon. Glyukozaning
qondagi miqdori taxminan 0,8-1,0 g/l (4,4-6,6 mmol/l) bo`ladi. Bu miqdorning muttasil
va sezilarli darajada ko‘tarilishi qandli diabetda uchraydi va insulin yetishmovchiligining
natijasi hisoblanadi.
Glyukoza miqdori qonda 1,8 g/l dan oshsa, siydik bilan chiqa boshlaydi. Nefron
kanalchalarida toiiq reabsorbsiyaga uchramagan glyukoza oxirgi siydik hajmi oshishiga
sabab bo`ladi.
Organizmga tashqaridan insulin kiritilsa, qondagi glyukoza miqdori kamayadi.
Buning sababi: 1) insulin glyukozani skelet meskullari, yog‘ to‘qimasi va miokard
hujayralariga o‘tishini yengillashtiradi va hujayralarda glyukoza almashinuvini
tezlashtiradi; 2) insulin jigarda glikogen hosil bo`lishini stimullaydi; 3) insulin
aminikislotalardan glyukoza sintezlanishini (glyukoneogenezni) sustlashtiradi.
Insulin yog‘ almashinuviga ham ta‘sir qilib, qondan erkin yog‘ kislotalarini jigar va
yog‘ to‘qimasiga o‘tishi, triglitserid shaklida jamg‘arilishini amalga oshiradi.
Membranada joylashgan maxsus retseptor insulinning hujayra ichiga o‘tishini
ta‘minlaydi. U oqsil tuzilma bo`lib, bir juft α va bir juft β qismlardan iborat. α –qismi
membrananing tashqi tomonida bo`lib, insulinni taniyda va u bilan bog‘lanadi, β qismlar
esa hujayra ichiga botgan, α –qism bikan bog‘langan insulinning hujayra ichiga o‘tishini
ta‘minlaydi. Protoplazmada insulin-retseptor birikma parchalanadi, retseptor
membranadan o‘z joyiga qaytadi. Insulin esa fermentlar faolligini oshirib, biologik ta‘sir
ko‘rsatadi. Bu ta‘sir ko‘p qirrali: DNK, oqsil, yog‘ sintezini tezlashtirish, modda
almashinuvining ko‘p jarayonlariga aralashishdan iborat.
Insulin hujayralar bo`linishini tezlashtirish (mitogen) ta‘siriga ega. Uning bu ta‘siri
jigarda o‘sish gormoniga bog‘liq bo`lgan somatomedin sintezi tezlashishi natijasi
hisoblanadi.
Glyukagon jigarda glikogenning glyukozaga parchalanishini tezlashtiradi. Shu bilan
birga u glyukozani boshqa moddalardan (aminokislitalardan) sintezlanishini
kuchaytiradi. Natijada qonda glyukoza miqdori oshib ketadi. Bu gormonning ham yog‘
almashinuviga ta‘siri bor. Glyukagon jigarda yog‘ kislotalarning oksidlanishini
tezlashtiradi va ko‘p miqdorda ketonlar hosil bo`lishiga olib keladi.
Insulin va glyukagonning qonga o‘tish tezligi qondagi glyukoza miqdoriga bog‘liq.
Bu miqdorni me‘da osti bezidagi retseptorlar ―oichaydi‖ va olingan ma‘lumot asosida β-
hujayralarda insulin sintezi bevosita o‘zgartiriladi.
Glyukagon sekretsiyasini boshqarishda ishtirok etadigan retseptorlar gipotalamusda
bo`lib, ular qonda glyukoza miqdori kamayganini sezadi. Bu retseptorlar ta‘sirida
gipotalamusdan trop gormon qonga ko‘plab o‘ta boshlaydi.. U o‘z navbatida glyukagon
sekretsiyasini oshiradi. Natijada qonda glyukoza miqdori ortadi. Trop gormon rolinin
o‘sish gormoni o‘ynaydi, degan taxmin bor. Langergans orolchalarining delta-
hujayralarida sintezlanadigan somatostatin glyukagonni qonga o'‘ishini kamaytiradi.
Nerv tizimi me‘da osti bezi ichki sekretsiyasiga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Adashgan
nerv insulin sekretsiyasini kuchaytiradi, simpatik nerv esa uni tormozlaydi.
Glyukagonning qondagi miqdori simpatik nerv tizimi ta]sirida ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: