JINSIY GORMONLARNING EKSTRAGENITAL TA’SIRI
Jinsiy gormonlar jinsiy faoliyatdan tashqari boshqa jarayonlarga xilma-xil ta‘sir
ko‘rsatadi. Androgenlar anabolik samaraga ega. Ular oqsil sintezini tezlashtiradi.
Erkaklarda muskullarning yaxshi rivojlanishi shunga bog‘liq. Progesteron, aksincha,
katabolik ta‘sir ko‘rsatadi. Uning ta‘sirida asosiy almashinuv ortadi, ertalab uyg‘onganda
tana harorati yuqori bo`ladi.
Boshqa gormonlar bilan hamkorlikda jinsiy gormonlar suyaklar o‘sishini boshqaradi.
Jinsiy bezlar faolligi oshib ketsa, epifizar tog‘aylar tezroq suyakka aylanib, o‘sish
to‘xtaydi. Androgenlar yetishmasa, aksincha, o‘sish davri uzayib, ko‘salik novchaligi
kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |