113
Sekretin hazm tizimiga aloqador bo`lmagan a‘zolar faoliyatini ham o‘zgartiradi:
yurakdan tomirlarga chiqadigan miqdori, siydik hajmini va undagi natriy, kaliy,
bikarbonatlar miqdorini oshiradi.
X o l e t s i s t o k i n i n (ikkinchi nomi pankreozimin) ham asosan hazm tizimi
a‘zolarining sekretor va motor faoliyatlarini boshqarishda ishtirok etadigan
gastrointestinal gormon. Birinchi galda bu gormon o‘t pufagini qisqartiradi, undagi o‘tni
o‘n ikki barmoq ichakka chiqaradi, me‘da osti bezidan fermentlar ajralishini
kuchaytiradi. Xoletsistokinin me‘da harakatlarini tormozlab, ichak harakatlarini
yaxshilaydi. Uning ta‘sirida Langergans orolchalaridan insulin va glyukagon ajralishi
tezlashadi.
Xoletsistokinin faqat o‘n ikki barmoq ichakda emas, balki markaziy va periferik
neyronlarda ham sintezlanadi. Xoletsistokininni sintezlovchi neyronlar katta yarim
sharlar po‘stlog‘ida, limbik tizim va gipofizning orqa bo`lagida ko‘proq uchraydi.
Markaziy nerv tizimidagi xoletsistokinin ishtahani boshqarishda ishtirok etsa kerak.
Hayvonlar miyasi qorinchaliriga kiritilgan gormon to‘yish hissini yuzaga chiqaradi.
Ba‘zi
ma‘lumotlar
(xoletsistokinin
neyronlar
ichida
bo`lishi,
membrana
depolyarizatsiylangandan keyin tashqariga chiqishi, membranalarda unga moyil bo`lgan
retseptorlarning mavjudligi va hokazo) gormonning mediator vazifasini bajarishi
mumkinligidan dalolat beradilar.
G a s t r i n – me‘daning pilorik qismida sintezlanib, qon orqali me‘da bezlari
faoliyatini rag‘batlantiradigan gormon. Pilorus shilliq pardasiga ko‘rsatiladigan kimyoviy
va mexanik ta‘sirotlar uning qonga o‘tishini ta‘minlaydi. Kimyoviy moddalardan
oqsilning parchalanish mahsulotlari va ovqatning ekstraktiv moddalari gastrinni erkin
holga o‘tishini ancha tezlashtiradi. Pilorik qismdagi ovqat va shira aralashmasida
(ximusda) xlorid kislota miqdorining ko‘payib ketishi gastrin inkretsiyasini tormozlaydi.
Odam qonodagi uch xil gormondan asosiysi bo`lib, 17 aminokislotadan tashkil topgan
va molekulyar massasi 7000 ga teng. Me‘da bezlarini tashkil qiluvchi hujayralardan
qoplovchi hujayralarga gastrin eng kuchli, asosiy hujayralarga o‘rtacha va qo‘shimcha
hujayralarga kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadi. Demak, gormon kiritilgandan so‘ng yig‘ilgan
me‘da shirasida xlorid kislota miqdori ancha ko‘p bo`ladi, fermentlar uncha ko‘p
bo`lmay, shilimshiq esa oz bo`ladi. Gormon me‘da harakatlarini kuchaytiradi.
Gastrin me‘da osti bezidan fermentlar ajralishini tezlashtiradi. Uning ta‘sirida o‘t-
safro miqdori ham ko‘payadi. Gastrin ingichka ichakda glyukoza, natriy va suv
so‘rilishini tormozlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: