AYOL JINSIY SIKLI
Qizlar balog‘atga yetgach, ovulyatsiya har 27-28 kunda takrorlanib turadi. To‘rt hafta
davom etadigan bu jinsiy sikl 4 davrga bo`linadi: 1) ovulyatsiyadan oldingi davr: 2)
ovulyatsiya; 3) ovulyatsiyadan keyingi davr; 4) tinchlik davri.
Ovulyatsiyadan oldingi davrda bachadon kattalashadi va qonga toiadi, bachadon
shilliq pardasi va bezlari o‘sadi, uning va Fallopiy naylari muskullarining peristaltikasi
kuchayadi va tezlashadi. Qinning shilliq pardasi o‘sadi va undan ko‘chgan shilimshiqda
epiteliy hujayralar soni ko‘payadi.
Bu o‘zgarishlarning sababi gipofizdan follikullarni rag‘batlantiruvchi gormonning
qonga ko‘proq o‘tishi va tuxumdonlarda estrogenlar ajralishining ortishidir. FSGning
qonda ko‘payishi Graaf pufakchasi yetilishini ham ta‘minlaydi. Pufakchaning sirti
yorilib, ichidan tuxum hujayra chiqadi, ya‘ni ovulyatsiya ro‘y beradi.
Ovulyatsiya davrida tuxum hujayra Fallopiy nayiga kirib, bachadon tomon siljib
boradi va naydan o‘ta turib, spermatozoid bilan uchrashsa, urug‘lanadi. Urug‘langan
tuxum hujayra bachadonga yetib borgach, uning shilliq pardasiga yopishadi. Jinsiy sikl
shu yerda uzilib, ayolning bo‘yida bo`ladi. Yorilgan Graaf pufakchasi o‘rnida sariq tana
rivojlana boshlaydi. U progesteron gormoni ishlab chiqaradi.
Tuxum hujayra urug‘lanmasa, keyingi ikki davrni kuzatish mumkin bo`ladi.
Ovulyatsiyadan keyinga davrda ayollar hayz ko‘radi. Urug‘lanmagan tuxum hujayra
bachadonga tushib, nobud bo`ladi. Sariq tanadan ajrala boshlagan progesteron gipofizdan
gonadotrop gormonlar inkretsiyasini susaytiradi. Buning natijasida qonda estrogenlar
miqdori kamayadi, bachadon, Fallopiy naylari va qinda ovulyatsiyadan oldingi davrda
yuzaga chiqqan o‘zgarishlar kamayadi.
Gipofizning lyuteinlashtiruvchi gormoni miqdori qonda progesteron ta‘sirida
kamayadi. Bu esa sariq tananing atrofiyalanishiga sabab bo`ladi. Sariq tana o‘rni
qo‘shuvchi to‘qima bilan almashinishi natijasida progesteron hosil bo`lishi to‘xtaydi.
Sariq tana faollik ko‘rsatib turgan vaqtda qonda tuxumdon gormonlari miqdori
kamayadi. Bu bachadonning tonik qisqarishlarini sezilarli kuchaytiradi va shilliq pardasi
ko‘chishiga olib keladi. Shilliq parda parchalari qon bilan birga chiqadi. Hayz qoni ketib
bo`lgach, bachadon shilliq pardasi tez orada tiklanadi. Ovulyatsiyadan keyingi davr
tugagach, tinchlik davri keladi, undan so‘ng yangi siklning ovulyatsiyadan oldingi davri
boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |