JINSIY GORMONLARNING HOMILA JINSI
SHAKLLANISHIDAGI ROLI
Odam embrioni taxminan 3 oyli bo`lganda moyaklar testosteronni sintezlay
boshlaydi. Uning ta‘sirida jinsiy a‘zolar erkaklarga xos shaklga kiradi. Bu davrda ishlab
chiqariladigan testosteron gipotalamusning erkakcha tipda rivojlanishi va balog‘atga
yetgandaan keyin jinsiy xatti-harakatlarning erkaklarga xos bo`lishi uchun ham zarur.
Erkak embrionning jinsi aniqlangandan so‘ng moyaklarda gormon ishlab chiqarilishi
to‘xtayda.
Ayol jinsli embrionning tuxumdonlari gormonlar ishlab chiqarmaydi. Ularning
gormonal faoliyati qiz bolaning balog‘atga yetish davrida boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |