I.2. Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi omillar
Giyohvandlik og’ir kasallik bo’lib, giyohvand mod-dalarni kabul qilish va unga o’rganib qolish asosida yuzaga keladi.
Giyohvand moddalar deganda kelib chiqishi sun’iy yoki o’simliklar bilan bog’liq zaharli kimyoviy moddalar tushuniladi. Ular insonning asab tizimi va umu-man organizmga o’ziga xos ta’sir ko’rsatib, ruhiy va jismoniy holatlarining o’zgarishiga olib keladi. Bu holatga giyohvand moddalar yordamida erishish narkotik mastlik deb ataladi.
Qadimda giyohvand moddalarni qabul qilish diniy va maishiy an’analar bilan bog’liq bo’lgan. Ko’p yillar oldin diniy marosimlarni o’tkazishda din xizmatchilari ekstaz (badanda yengillikni sezish, atrofni idrok etishda alohida aniqlik, tabiat va dunyo bilan birlikni his etish va boshq.) holatga erishish uchun giyohvand moddalardan foydalanganlar. Tarixan tarkib topgan boshqa bir tomoni - tibbiyotda og’riqni qoldiruvchi, uxlatuvchi, tinchlantiruvchi vosita sifatida foydalanilgan.
Giyohand moddalar ta’siriga ko’prok ta’sirchan, xayotga bo’lgan qiziqishlari yo’q, o’z xohishlarini va axloq qoidalarini nazorat kila olmaydigan odamlar tez beriladilar. Giyohvandlik rivojining tezligi giyoxvand moddaning tuzilishiga, uning organizmga qay yo’l bilan tushishiga, ularni qabul kilish oralig’iga, miqsoriga va organizmning shaxsiy xususiyatlariga bog’liq.
Giyohvandlikning boshlang’ich bosqichi; giyohvand moddalarni epizodik tarzdan doimiy iste’mol qilishga o’tish, uni ko’tara olishning o’sishi, narkotik mastlikka moyillikning paydo bo’lishidir. Agar giyohvand moddani kabul qilganda avvaliga sub’yektiv noxush holat yuzaga kelgan bo’lsa, bu xolat tezlikda o’tib ketadi va xar bir keyingi miqdorni qabul qilish eyforiya holatini yuzaga keltiradi.
Opiatlar (opiy, morfin, kodein, promidol, fenta-nil) qabul qilish badanga xuzurbaxsh iliqlik, miyaga og’riqli turtki, maza qilish xolatini yuzaga keltira-di. So’ngra tezlikda bu xolat asosida yoqimli tasav-vurlar xayolparastlik bilan o’rin almashadi, asoslanmagan kulgu, harakatchanlik, atrofni idrok etishning va fikrlashning buzilishi bilan birga kechadi. Efedrin tarkibli suyuqlik orga-nizmga kiritilgach ekstazni eslatuvchi holatni yuzaga keltiradi.
Giyohvand moddalarni qabul kilishni to’xtatish og’riqli holatlarga olib keladi. Opiyli giyohvandlikda bu xolat havotar, titrash, qo’l, oyoq, orqada chidab bo’lmas og’riqlarning, uyqusizlik, ich ketishning paydo bo’lishi, shuningdek ishtahaning yo’qolishida namoyon bo’ladi. Efedrinli giyohvandlikka uzok muddatli uykusizlik va zerikish, xafsalasizlik xolati xos. Gashishizmda badan-dagi noxush sezgilardan tashqari, tushkun kayfiyat, jiz-zakilik, g’azab, uyquning buzilishi rivojlanadi.
Toksikomaniya - giyohvand modda sifagida qabul kilinmagan ayrim moddalarga bog’lanib qolish kasalligi. Giyohvandlik va toksikomaniya o’rtasida deyarli farq yo’q. Toksikomanlar qator dori preparatlarini (masalan, uxlatuvchi dorilar va boshq.) yuqori dozada qabul qilish, benzin bug’lari, atseton, toluol hidini xidlash, turli aerozollardan foydalanish yo’li bilan mastlikka erishadilar. Ular atrofdagilarga nisbatan quvnoq, harakatchan bo’lib qoladilar, ko’p gapirishga inti-ladilar, ammo harakatlar muvofiqligi buziladi, so’zni anik ifoda etolmay qoladilar. So’ngra bularning o’rnini qattiq uyku egallaydi. Undan keyin sustlik, fikrlashning buzilishi, ko’ngal aynipsh kabi holatlar yuzaga keladi. Dorilarga o’rganib qolingandan so’ng, eyforiya samarasi pasayadi, jizzakilik, g’azabli illat namoyon bo’ladi.
Preparatlarni qabul qilishni to’xtatilishi xavotirlik, qoniqmaslik, kahr-g’azab xislarini, uyqusizlikning paydo bo’lishiga olib keladi. Ko’pincha asabiylashish va qaltirash kuzatiladi. Ruhiy xolatning o’zgarishi shaxsiy sifatlarning o’chib ketishida namoyon bo’ladi. Aqliy zaiflik rivojlanishi mumkin.
Trankvilizatorlar (ko’pincha seduksen va liproba-mat) haddan tashqari ko’p kabul qilinganda yoqimli jismoniy hissiyotlar, xarakatchan ko’tarinki kayfiyat-ni keltirib chiqaradi. Uzoq muddat ko’p miqdorda qabul qilinganda dastlabki samara kamayadi, sutkalik miqdorni oshirishga majbur bo’lishadi, Preparat qabul qilishning to’xtatilishi jizzakilik, g’azab, bosh og’rig’i, oyoqlarda tortishish, uyqusizlikning paydo bo’lishiga olib keladi. Dorilarni surunkali qabul qilish ruhiy jarayonlarning sustlashuvini, kiziqishlar doirasining torayishi, ish qobiliyatining pasayishini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |