Mundarija: Reja Kirish I. Bob. Zararli odatlarning inson salomatligiga ta’siri. I


II.BOB. Spirtli ichimliklarning inson hayotiga ta’siri



Download 191,5 Kb.
bet5/7
Sana21.06.2022
Hajmi191,5 Kb.
#688141
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Giyohvandlik umr zavoli kurs ishi

II.BOB. Spirtli ichimliklarning inson hayotiga ta’siri
II.1. Alkogol va Chekish yurak,o’pka kasalliklarining omillaridan biri.
Doimiy ravishda spirtli ichimliklarni ichish unga o’rganib kolishga olib keladi. Mastliqda yuzaga keluv-chi muvozanat, diqqat, voqelikni idrok etishning buzilishi, harakat koordinatsiyasi ko’pgina baxtsiz hodisalarga sabab bo’ladi.
Alkogol ayniqsa, jigarga salbiy ta’sir qiladi. Doimiy ichish oqibatida surunkali gepatit va jigar sirrozi xastaliklari rivojlanadi. Alkogol qon tomirlar, yurak urishi, yurak va miya to’qimalaridagi modda almashinuvi buzilishiga olib keladi. Gipertoniya, yurakning ishemik kasalligi va yurak-qon tomir tizimining boshqa shikastlanishlari alkogol ichuvchilarni boshkaparga nisbatan ko’proq o’yaimga olib keladi.
Alkogol ta’sirida bosqinchilik xususiyati shakllanishi mumkin. Shu sababli jinoyatchilar alkogol yorda-mida o’zlariga xamkorlar yollaydilar, alkogoldan in-sonda jinoyat sodir qilishni osonlashtiruvchi sun’iy ko’tarinki ruh hosil qilishda foydalanadilar.
O’zini to’g’ri tutish, uyalish hissi va o’z xatti-harakatlari oqibatlarini real baholash hissining mastlikda susayib ketishi ko’pincha yoshlarni tasodi-fiy jinsiy aloqalarga yetaklaydi. Buning natijasi o’laroq bilmagan holda homilador bo’lib qolish, jinsiy aloqalar orqali yuqadigan turli kasalliklarni yuqtirib olish hollari sodir bo’ladi.
Alkogol ichuvchi ayollarning uchdan bir qismida farzand muddatidan avval dunyoga keladi, to’rtdan birida o’lik bola tug’iladi. Tutqanoq kasalligi bor har 100 ta bolaning 60 tasida ota-onalari surunkali alkogol ichuvchilar bo’lgan. Har 100 ta aqlan zaif bolaning 40 tasining ota-onalari surunkali ichuvchishrdir.
Qadim zamonlardan beri insoniyat alkogolizm bilan kurashib kelayotgani tasodif emas. Qadimgi Xitoy va Qadimgi Misrda milodsan avvalgi ikkinchi ming yilliqsa spirtli ichimlik ichuvchilarga kattiq va ular nafsoniyatini yerga uruvchi jazo berganlar. Afrikada miloddan avvalgi oltinchi asrda suv qo’Shilmagan vinoning sotilishi ta’qiqlangan, Spartada miloddan avvalgi V asrda yoshlarning spirtli ichimliklar ichishi, ayniqsa, to’y kechasida ichishi qat’iy jazo berish qo’rkuvi ostida ta’qiqlangan Rimda miloddan avvalgi III asrda 30 yoshgacha bo’lgan yoshlarga vino ichish ma’n etilgan.
Chekish. Tamaki chekish (nikotinizm) - tutayotgan ta-maki tutunini ichga yutishdan iborat zararli odat. Tamaki tutunining asosini tashkil etuvchi nikotin dar-hol o’pka orqali qonga o’tadi. Tamaki tutunida niko-tindan tashqari tamaki barglari va uni texnologik qayta ishlanish jarayonida foydalaniladigan modda-larning yonishidan xosil bo’ladigan mahsulotlarning katta miqdori bo’ladiki, ular organizmga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Tamaki chekishni boshlash davrida nikotinning ta’siri ayniqsa, keskin namoyon bo’ladi: bosh aylanishi, mushaklar zaiflashuvi, ko’z qorachiqlarining ken-gayishi, arterial krn bosimining pasayishi, terining rangsizlanishi, so’lak okishi, tomir urishining tez-lashuvi, ishtahaning kamayishi. Tamakiga o’rganib borish bilan sekin-asta tamakiga ruhiy va jismoniy bog’lanib qolish shakllanadi. Tamaki organizmga avvaliga ko’tarinkilik baxsh etsada, keyinchalik xotira va diqqat susayib boradi, ish kobiliyati tushib ketadi.
Chekish yurak va o’pka kasalliklarining omillaridan biri. O’pka saratoni (raki) ko’p hollarda chekish tufayli yuzaga keladi. Nnkotin yurak-qon tomir faoliyatini ishdan chiqaradi, asablarga zararli ta’sir ko’rsatadi. Nafas olish organlariga ta’sirini o’tkazib, surunkali bironxitni keltirib chiqaradi. O’pka faoliyati susayib ketadi, karbonat angidrid va kislorod almashinuvi qiyinlashadi.
Hech qachon chekmagan yoki chekishni tashlagan odam o’zini turli-tuman kasalliklardan saqlab kolgan hisoblanadi.
Chekish saraton bilan kasallanish xavfini oshiribgina krlmay, balki yurak faoliyati buzvdshshi va mio-kard infarktiga olib keladi. Yurakning ishemik, gi-pertonik kasalliklari, oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralarining rivojlanish xavfi kashandalarda ancha-gina yuqori.
Xozirgi vaktda chekish odamlar xayotiga chuqur kirib borgan, kundalik odatga aylanib qolgan. Dunyo bo’yicha erkaklarning o’rta hisobda 50% va ayollarning 25% che-kadi. Kashandalar safi asosan o’smirlar va yoshlar hisobiga to’lib turadi: 3% kashandalar 13-30 yoshda, erkaklarning deyarli uchdan bir qismi 14-15 yoshdan chekishni boshlar ekan. O’zini kattaroq qilib ko’rsatish, katta yoshdagilarga taqlid qilish, qizikuvchanlik o’smirlarni chekishni boshlashga undaydi.
Umuman tamakini, nafaqat sigareta tarzida, iste’mol qilish o’z-o’zidan xavflidir. Tamakini chaynash va xidlash og’izning shilliq pardasi, til va burun te-shiklari saraton kasalligini keltirib chikaradi Chekuvchilar xar doim ham chekish oxir-oqibatda kanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida o’ylayvermaydilar. Shuni doim yodda tutish lozimki, chekib ko’rish oson, ammo chekishni tashlash juda qiyin bo’ladi. Chekishning kuliga aylanib qolish, o’z sog’lig’ini sekin-asta va haqiqatdan ham yo’krtish mumkin. Sog’liq esa bizga mehnat qilish va yaratish, bilim olish, sevgi va baxt uchun tabiat tomo-nidan in’om etilgan ne’matdir.
Narkotik qabul qilgan paytda odamda kayf qilish holati vujudga keladi. Bu holat ikki xil belgilar bilan namoyon bo`ladi:
1. Kayfning qo`zg`aluvchanlik turi.
2. Kayfning bo`shashuvchanlik turi.
Kayfning qo`zg`aluvchanlik turida narkotik qabul qilingandan keyin odam ko`p harakat qiladi, ko`p gapiradi, gaplari qovushmaydi, savolga ma‘noli javob qaytaraolmaydi. Tez jahli chiqadi, atrofdagilarga qo`pol muomalada bo`ladi, asossiz janjal chiqaradi. yoki aksincha. kayfiyati yaxshi bo`lib, o`z-o`zidan kulaveradi, atrofdagilarga mehribonlik qiladi, qo`lidagi yaxshi narsalarni saxiylik bilan ulashadi.
Kayfning bo`shashish turida narkotik qabul qilgandan keyin odam karaxt bo`ladi, bo`shashadi, kam harakat qiladi, uni uyqu bosadi, kam gapiradi, gaplari mazmunsiz bo`ladi. Tanasini tutish muvozanati buziladi, yurganda galdiraydi, atrofdagi voqealarga befarq bo`ladi, u hech narsa bilan qiziqmaydi. yotib uxlaydi.
Kayfni qo`zg`alish yoki bo`shashish turlarining har ikkalasida quyidagi qo`shimcha belgilar ko`zga tashlanadi: rangi qizaradi, ko`p terlaydi, ko`zlarining pardasi xiralashadi (yaltirab turmaydi) ko`ziga qon quyiladi, ya‘ni ko`z oq pardasining qon tomirlari kengayib, ko`zlari qizaradi, ko`z qorachiqlari kengayadi, ularning yorug`lik ta‘sirida kengayib-torayish reaksiyasi buziladi (normada ko`z qorachig`i yorug`lik ta‘sirida torayadi, qorong`ulikda kengayadi). Bu belgilar giyohvandning yaqin odamlarini bezovta qilishi kasallikning boshlanish davridayoq chora ko`rishga undashi lozim.
Giyohvandlik kasalligi quyidagi 3 davrda kechadi:
Birinchi davr - odam organizmi reaktivligining o`zgarishi, ya‘ni odamning narkotik moddaga moslashishi bilan xarakterlanadi. Giyohvandlikning boshlanish davrida odam narkotik modda qabul qilganida kayfiyati oshgandek, yaxshi dam olgandek, hordiq chiqargandek bo`ladi. Shuning uchun kundan-kunga odam organizmining narkotikka moslashuvi oshib boradi. O`zi belgilagan vaqtda narkotikni qabul qilishga intiladi. Birinchi davrda zarur chora-tadbirlar yordamida odamni giyohvandlik kasalligidan davolash ya‘ni qutqarish mumkin.
Ikkinchi davr - giyohvandning narkotikka ruhiy bog`lanishi, ya‘ni ruhiy mu‘teligining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvand organizmining narkotikka o`rganib-moslashib qolishi birinchi davrga nisbatan yanada kuchayadi. Narkotik qabul qilganida bemorning kayfiyati vaqtincha yaxshilanadi. Qabul qilish muddati kechiksa kayfiyati buziladi, dunyo uning ko`ziga torayib qolgandek tuyuladi. Bu davrda giyohvandlik kasalligiga xos ruhiy buzilish belgilari paydo bo`ladi. Bemor narkotik qabul qilganida o`zini tetik, kayfiyati yuqori, bardam his etadi, kuchi oshadi, ish qobiliyati yaxshilanadi. Narkotikni qabul qilish muddati kechiksa giyohvandning ruhiyati buziladi, kayfiyati yomonlashadi. ish qobiliyati yo`qoladi. Shuning uchun u har qanday yo`l bilan bo`lsa ham narkotik topib. uni qabul qilish uchun barcha imkoniyatini safarbar qiladi. Chunki narkotik giyohvand uchun hayotiy zaruriyatga aylanadi. U narkotik topish va qabul qilish uchun, or-nomusi, vijdonidan voz kechadi. Uchinchi davr - giyohvandning narkotikka nisbatan nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan mu‘teligining oshishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvandlik kasalligi juda chuqurlashadi. Giyohvandning yurak, o`pka, me`da-ichak, jigar, buyrak, nerv, endokrin va boshqa a`zolarida surunkali kasalliklar yuzaga kelganligi sababli uning nafaqat aqliy, balki jismoniy ish qobiliyati ham yo`qoladi. U ozgina harakat qilsa yuragi o`ynaydi, nafasi qisadi. Giyohvand oziadi, ranglari oqaradi, kamqonlik yuzaga keladi. Giyohvandning aqliy va jismoniy ish qobiliyati butunlay yo`qoladi, u nogironga aylanadi. Bemor narkotiksiz mutloq yashay olmaydigan bo`lib qoladi. Ovqat iste‘mol qilmasa ham narkotikni topish va qabul qilishga barcha imkoniyatini sarflaydi. Lekin, birinchi va ikkinchi davrlarda narkotik qabul qilishi bilanoq bemorning ruhiy va jismoniy ish qobiliyati yaxshilangan bo`lsa, uchinchi davrda narkotik qabul qilganda ham ish qobiliyati yaxshilanmaydi. Chunki uning hamma to`qima va a`zolari narkotik bilan og`ir zaharlangani uchun bu a`zolarning faoliyati chuqur buzilgan bo`ladi. Uchinchi davrda giyohvandni davolash va sog`lomlashtirish juda qiyin bo`ladi.
Giyohvandda abstinensiya holati.
Agar giyohvand o`z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda narkotik qabul qilishni to`xtatsa birinchi kunning oxiri va ikkinchi kunning boshida unda abstinensiya holati vujudga keladi.
Abstinensiya giyohvandlikka xos bo`lgan juda og`ir kasallik holatidir. Oddiy xalq tilida aytganda o`rgangan narkotikni qabul qilmaslik natijasida giyohvandning xumori tutadi. Bu holat nafaqat giyohvandda, balki toksikomanda, nos otuvchida, tamaki chekuvchida, spirtli ichimlikni muntazam iste‘mol qilishga o`rgangan piyonistalarda ham yuzaga keladi.
Abstinensiya holati quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
Abstinensiyaning birinchi kuni bemor tez-tez esnaydi, ko`zidan yosh oqadi, og`zidan so`lak ajralishi ko`payadi, burundan suv kelib, tez-tez aksiradi.
Abstinensiyaning ikkinchi kuni bemorning tana harorati ko`tariladi, u qaltiraydi, ko`p terlaydi, oyoq-qo`l bo`g`imlari qotib qolganday bo`lib harakatlanish qiyinlashadi.
Abstinensiyaning uchinchi kuni bemorning ko`ngli aynib qusadi, ichi ketadi, jag’ muskullari tirishib og`riydi, og`zini ochib-yopish qiyinlashadi, qo`l-oyoq muskullari tirishadi va og`riydi.
Abstinensiyaning to`rtinchi-beshinchi kunlari bemorning ruhiyati buziladi, ko`ziga qurqinchli narsalar ko`rinadi, qulog`iga qo`rqinchli tovushlar eshitiladi (ya‘ni ko`rish va eshitish galyutsinatsiyalari yuzaga keladi), u baqiradi, so`kinadi, “narkotik beringlar” deb yalinadi, “bermasalariig o`ldiraman” deb qo`liga to`g`ri kelgan narsani otadi, boshini devorga urib yig`laydi.
Abstinensiyaning oltinchi-yettinchi kunlari bemor ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga yetadi.U fikrlash qobiliyatini butunlay yo`qotadi, ya‘ni jinni odamga o`xshab qoladi.Shifoxona yoki uyida qamab qo`yilgan bo`lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qiladi, yo`lini to`sgan yoki ushlamoqchi bo`lgan odamni qo`liga tushgan narsa bilan uradi, hatto o`ldirishdan ham toymaydi.
Shifoxona yoki uyidan chiqib qochgan giyohvand bemor narkotik topish va qabul qilish uchun o`zining sheriklari yoki narkotik sotuvchining oldiga boradi. Agar u narkotikni pulsiz yoki qarzga topa olmasa pul topish uchun o`g`irlik qiladi.
Irodasi kuchli, bu kasallikdan tuzalishni ahd qilgan giyohvand abstinensiya holatining qiyinchiliklariga bardosh beradi, og`riqlarga chidaydi va nihoyat sakkizinchi – o`ninchi kunlardan boshlab ahvoli yaxshilana boshlaydi, ya‘ni ruhiyati tinchlanadi, fikrlash qobiliyati tiklanadi, atrofdagilar bilan sog` odamdek muomala qiladi. Jag`, qo`l-oyoq muskullarining tirishib og`rishi, ko`ngil aynishi, tanasining harorati va kasallikning boshqa belgilari asta-sekin barham topadi.
A gar bemorga tibbiy yordam ko`rsatilsa abstinensiya holati yengilroq o`tadi, u tezroq tuzaladi. Lekin muntazam ravishda parvarish va nazorat qilish zarur. Bundan keyin ham bir yil davomida u nazorat qilinadi, uning ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan suhbatlar o`tkaziladi, oldingi sheriklari va narkotik sotuvchi bilan uchrashmasligiga qaratilgan chora-tadbirlar ko`rish lozim.



Download 191,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish