II.2. Giyohvandlikning oqibati va uning ijtimoiy qiyofasi
Giyohvandlik asr vabosidir. Bu o`ta og`ir xastalik dunyodagi barcha mamlakatlarda ayniqsa yoshlar orasida tez sur‘atlar bilan keng tarqalmoqda. Ma‘lumotlarga ko`ra, Rossiyada har yuz odamga taxminan 5 ta giyohvand to`g`ri keladi, Amerikada undan ham ko`proq. Giyohvandlik juda og`ir xastalik va ijtimoiy illat bo`lib, u quyidagi yomon oqibatlarga olib keladi.
Birinchidan, giyohvandlik kasaliga duchor bo`lgan odamnnig eng avvalo ruhiyati buziladi. U oilasida, jamiyatda sodir bo`layotgan voqealarga befarq bo`lib qoladi, hayotiy muhim masalalarni idrok qilish, mas‘uliyatni his etish, fikrlash qobiliyatlarini yo`qotadi. Giyohvand ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, oilasi, bolalariga nisbatan mehr-oqibatsiz bo`lib qoladi. Giyohvand yoshlar o`qishdan soviydi, dars mashg`ulotlariga qatnashmay qo`yadi, fanlarni o`zlashtirishi pasayadi, o`qishga borish o`rniga boshqa giyohvandlarga qo`shilib vaqtini ko`chada, xilvat joylarda o`tkazadi, u o`zining tashqi qiyofasiga mutlaqo e‘tibor bermay qo`yadi, ya‘ni soch-soqolni o`z vaqtida oldirmaydi, kir bo`lgan kiyimlarni o`z hohishi bilan almashtirmaydi.
Ikkinchidan, giyohvand ruhiyatining buzilnshi, uning ijtimoiy jihatdan buzilishiga olib keladi. Giyohvandning asosiy maqsadi, intilishi, hayotining mazmuni narkotik topish va qabul qilishga qaratiladi. Chunki uning organizmi narkotikka o`rganib, unga qaram, mu‘te bo`lib qoladi. U o`zini narkotiksiz yashay olmaydigandek his etadi. Giyohvand narkotikni har kuni belgilangan vaqtida muntazam ravishda qabul qilishi uchun ko`p pul kerak bo`ladi. Pul topish uchun yolg`on gapiradi, aldab qarz so`raydi, tovlamachilik, firibgarlik qiladi. Uyidagi buyumlarni sotadi, so’ngra qavm-qarindoshlari, qo`shnilarning pulini, buyumlarini o`g`irlaydi, asta-sekin o`z sheriklari bilan guruh bo`lib katta o`g`irlik qilish yo`liga o`tadi, jinoyatchiga aylanadi.
Uchinchidan, giyohvand bir necha yil davomida narkotik qabul qilishi tufayli surunkali zaharlanib, nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham nogironga aylanadi. Uning yurak, o`pka, jigar, buyrak, me`da-ichak kabi hayotiy muhim a`zolarida surunkali kasalliklar vujudga keladi. U ozroq harakat qilganida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, lablari ko`karadi, jigar va buyrak sohalarida og`riq paydo bo`ladi. Shunday qilib, yuqorida aytilgan ruhiy nogironlikka jismoniy nogironlik ham qo`shiladi, va mehnat qilish layoqatini butunlay yo`qotadi. Hozirgi kunda giyohvandlarning aksariyati narkotikni in‘eksiya (ukol) orqali qabul qiladi. Bitta shprits va igna bilan bir necha giyohvandlar bir-birlariga in`eksiya qiladilar. Buning natijasida ularning bittasidagi yuqumli kasallik boshqalariga ham yuqadi. Shu sababdan giyohvandlar orasida OITS, yuqumli gepatit (sariq kasalligi) keyingi yillarda ko`p tarqalmoqda. Bu ham giyohvandning fojiasidir.
Statistik ma‘lumotlarga ko`ra, giyohvand narkotik qabul qilishni boshlagandan keyin ko`pi bilan 20-25 yil umr ko`radi va ko`pchilik giyohvandlar 30-40 yosh atrofida hayotdan ko`z yumadi, uning keyingi yillardagi hayoti azob-uqubatda, xor zorlikda, ruhiy va jismoniy nogironlikda o`tadi.
Bugungi kunda butun dunyoda giyohvandlik illati tufayli turli davosiz dardlar yuzaga kelayapti.OITS (SPID), jigar sirrozi, sil, o`sma kasalliklari, me`da-ichak xastaligi va homilaning mayib-majrih tig`ilishi ham ko`proq giyohvandlarda kuzatiladi.
4. Giyohvand o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarash qobiliyatini yo`qotadi. Uning kiyimlari g`ijim, kir, yirtiq, soch va soqoli o`sgan, umuman tashqi qiyofasi ko`rimsiz holatda bo`ladi.
5. Aksariyat giyohvandlarning tashqi qiyofasida yoshiga nisbatan erta qarish belgilari paydo bo`ladi: terisi quruqlashgan, yuzida tirishlar, sochi rangsizlanadi, erta oqaradi va to`kiladi, tirnoqlari sinuvchan bo`lib qoladi.Terisi oqimtir sarg`ich, qovoqlari shishgan, terisida tez-tez yiringli donachalar paydo bo`ladi.
6. Narkotikni in`yeksiya qilish orqali qabul qiladigan giyohvandlarning bilak, bo`yin, oyoqning shiq sohasidagi vena tomirlari bo`ylab terisida igna sanchilgan o`rni bo`ladi.
7. Giyohvandda ijtimoiy faollik umuman yo`qoladi.U hech narsaga qiziqmaydi.Ota-ona, aka-uka, oila, farzand muammolari uniig hayoliga kelmaydi. Uning asosiy intilishi pul topib narkotik sotib olish, uni o`z vaqtida qabul qilishdan iborat bo`ladi. Narkotik sotib olish uchun har kuni pul topish kerak. Pulni esa ishlab topa olmaydi. Shu sababli o`g`irlik, tovlamachilik qiladi. U obro`, sharm-hayo, uyalish. vijdon kabi umuminsoniy qadriyatlarni butunlay unutadi.
8. Giyohvandlar guruhi odamlar ko`zi tushmaydigan xilvat joylarda to`planib kayf qilishadi, chol-devorlarda, qurilib bitmagan binolarda, ko`p qavatli uylarning yerto`lasida, daraxtlar panasida va hakozo.Giyohvandlar guruhi to`plangan joyni chetdan turib kuzatganda vaqti-vaqti bilan kulgi, xursandchilik shovqini, urushish, so`kinish shovqinlari o`rni almashib turadi.
Ukrainada giyohvandlarni davolash uchun «ijtimoiy davolash markazi» tashkil etilgan. Mazkur markazda davolash jarayonida giyohvandga narkotik berilmaydi. Unda abstinensiya (xumor) holati yuzaga kelishi bilanoq bemor organizmini zahardan tozalash va ahvolini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi. Bemor abstinensiya holatidan chiqqandan so`ng ijtimony davolash usuli qo`llaniladi. Bunda narkotikning zarari, uni qabul qilmasa ham odamning yashashi mumkinligi, buning uchun irodani mustahkamlash zarurligi kabi tushunchalar bemor ongiga muntazam ravishda singdiriladi. Davolash jarayonida psixiatr, narkolog vrachlar, psixologlar, ijtimoiy ta‘minot sohasining mutaxassislari, bemorning yaqin odamlari birgalikda ishtirok etishadi.
Bizning mamlakatimiz narkolgik shifoxonalarida davolash jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Bemor abstinensiya holatidan turli xil dorilar yordamida chiqariladi.
2. Abstinensiya holatidan chiqqan bemor ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi:
3. Bemorning umumiy quvvatini tiklashga qaratilgan tadbirlar, quvvatni oshiruvchi dorilar, vitaminlar qo`llaniladi:
4. Narkotikning zaharli ta‘siri, uni qabul qilmasdan yashash mumkinligi haqidagi ma‘lumotlar suhbatlar yordamida bemor ongiga singdiriladi.
Giyohvandlikning oldini olish.
Ko`pchilik olimlar, jamoat arboblarining fikricha, hozirgi kunda jahon mamlakatlarining hukumatlari va keng jamoatchilik oldida ikkita eng muhim, eng dolzarb vazifa turibdi, u ham bo`lsa insoniyatni giyohvandlik va OITS kasalligidan halos qilishdir.
Giyohvandlikka qarshi kurashda xalq ta‘limi, sog`liqni saqlash, huquq idoralari, ijtimoiy soha vakillari, yoshlar tashkilotlari va keng jamoatchilik hamkorlikda ishtirok etishlari lozim. Giyohvandlikning oldini olish maktabdan boshlanishi zarur. Chunki keyingi yillarda giyohvandlik maktab yoshidagi bolalar va o`smirlar orasida keng tarqalmoqda. Masalan, Rossiyada keyingi 10 yilda katta yoshdagi giyohvandlar orasida o`lim 12 marta ko`paygan bo`lsa, giyohvand bolalar va o`smirlar orasida 42 marta ko`paygan. Shu sababli Rossiya Davlat Dumasi 1998 yilning oxirida «Rossiyada bolalar va o`smirlar orasida narkomaniya va toksikomaniyaning oldini olishning shoshilinch tadbirlari bo`yicha» qaror qabul qilgan. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish maxsus komissiyasini tashkil etgan.
Bolalar va o`smirlar orasida giyohvandlikning oldini olish masalasi avvalo ular ongida sog`lom turmush tarzini shakllantirishni talab etadi. O`sayotgan yosh avlod o`z sog`lig`ining naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ongli ravishda tushunishi kerak. Bolalar va o`smirlarni sog`lomlashtirish maqsadida keyingi yillarda Ukraina maktablarida «Valeologiya» - (sog`liq) fanini o`qitish joriy etilgan.
O`zbekiston Respublikasida yoshlar sog`ligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash bo`yicha ko`pgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Sog`lom avlod uchun» xalqaro jamg`armasi, «Ekosan» fondi va Sog`liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinilg 1993 yil 3-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan «Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish» ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlangan. Mazkur dastur bo`yicha keng ko`lamda ish olib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi, Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirliklarining ko`rsatmalariga asosan 1998-1999 o`quv yilidan boshlab barcha maktablar, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida o`quvchilar va talabalar orasida «Giyohvandlikka qarshi kurash» maxsus kursi o`qitilishining joriy etilishi yoshlarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan muhim tadbirdir.
Giyohvandlikning oldini olish va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashishda mamlakatimizning har bir fuqarosi quyidagi tushunchalarga ega bo`lishi zarur.
- Giyohvandlikni O`zbekiston qonuni asosida man etilganligini bilish;
- Narkotiklarni uyda, yotoqxonada, mehmonxonada, cho`ntagida, buyumlar ichida saqlash man etilganligini bilish;
- Narkotiklarni sotish, bepul in‘ometish, ularni qabul qilishni taklif etish yoki zo`rlash jinoyat ekanligi haqidagi tushunchaga ega bo`lish;
- O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XIX— bobida bayon etilgan «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish» jinoyat ekanligini bilish;
- Mazkur Kodeksning 270—271—272—273—274—275-276-moddalarida narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, saqlash, iste‘mol qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortish bayon etilgan.
Tamaki chekish zararli odatlardan biri bo`lib hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqotlarining aniqlanishicha, tamaki tutunining tarkibida 3000 dan ko`proq har xil zaharli kimyoviy moddalar bor. Shulardan ayniqsa, nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol, poloniy, kadmiy kabilar odam organizmiga kuchli zaharli ta‘sir ko`rsatadi. Masalan, nikotin qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, karbonat angidrid gazi qondagi gemoglobin moddasi bilan birikib miya, yurak va boshqa muhim organlarni kislorod bilan normal ta‘minlanishini buzib, bosh og`rig`i, yurakni sanchish holatlatlarini yuzaga keltiradi.
Tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 dan ko`proq kimyoviy modda bor. Shuning uchun ham chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga nisbatan rak kasalligi 20marta ko`p uchraydi. Ugtka raki bilan kasallanganlarni 95 foizi tamaki chekuvchilardir. Tamaki tutuny tarkibidagi kimyoviy moddalar rak kasalligidan tashqari, juda ko`p kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchidir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, kim tomonidan taklif etilgan bo’lmasin, spirtli ichimlik to’la idishni qo’lga olishdan avval uning oqibatlari xaqida fikr yuritib ko’ring va nimani xohlayotganingizni aniqlab oling. O’ylab ko’ring va to’g’ri qaror qabul qiling.
Chekuvchilar oilasidagi bolalar doimo zaharlangan havodan nafas olganligi tufayli, ular nafas organlarining yallig`lanishi, ayniqsa astmatik bronxit, bronxial astma kabi allergik kasalliklarga beriluvchan bo`ladilar. Bu bolalarning organizmi sigaret tutunidagi kimyoviy moddalardan doimiy ravishda zaharlanib turganligi uchun, ularda har qanday kasallik ham og`ir o`tadi va uzoq davom etadi, tez-tez qaytalanadi.
Vrachlarning kuzatishlariga ko`ra chekuvchi oilasida yashovchi bolalarning nafas organlarning surunkali astmatik bronxit, bronxial astma kabi allergik kasalliklari otasi uzoq muddatga biror sayohatga, ta‘tilga ketgan paytlari qo`zg`almas ekan, ya‘ni bolalar o`zlarini yaxshi sezadilar. Otasi uyga qaytib kelishi bilanoq 2-3 kun ichida ularning kasalligi qo`zg`alib qolgani ma‘lum bo`lgan.
Sigaretaning tutuni tarkibidagi zaharli moddalar emizuvchi onaning ko`krak sutini kamaytiradi. Natijada bolani boshqa ovqatla rbilan ovqatlantirish zaruriyati yuzaga keladi. Shuning uchun ham chekuvchilar oilasidagi yosh bolalarning ko`pchiligi ona suti yetishmasligi sababidan sun‘iy ovqatlanishiga majbur bo`ladilar.Katta yoshdagi chekuvchilar yoshlarga, ayniqsa, o`smirlarga, zararli «o`rnak» bo`lib hisoblanadilar. Chunki, bolalar va o`smirlar kundalik hayotlarida asosan kattalardan o`rnak oladilar. Ular tezroq kattalar safiga qo`shilib, mustaqil bo`lish uchun kattalarning qiliqlarini, odatlarini o`zlariga o`zlashtiradilar, takrorlaydilar. Shuning uchun ham qo`liga sigaret ushlagan o`smirlarning 60foizidan ko`prog`i chekuvchilar oilasidandirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |