Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar adabiyoti Sh. Sa'dullayev ijodi tahlili
Reja :
1. Bolalar adabiyoti faniningmaqsad va vazifalari.
2. Bolalar kitobxonligi haqida.
3. Bolalar adabiyotiga qo`yiladigan talablar
4. Sh.Sa’dullayevning hayoti va ijodi
Bolalar adabiyoti faniningmaqsad va vazifalari
Ma‘lumki, inson komillikka yetishishi uchun ma‘naviy dunyoqarashi keng bo`lishi, odobli, bilimli bo`lishi bilan birga kattalarning pand-nasihatlariga astoydil e‘tiborli bo’lishlari talab etiladi.
Bolalar adabiyoti fani bolalarni imon-e‘tiqodli, vatanparvar shaxs etib tarbiyalashda muhim vositadir. Kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur o’y-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim.
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta‘sir ko’rsatib, ana shu talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim.
Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta‘sir ko’rsatadi, so’z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilm-fan cho’qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar qilishga o’rgatadi. Kitob xalqimizning o’tmishi, ilg’or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg’ularini o’stiradi.
Bolalar ta‘lim-tarbiyasida bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar adabiyoti bo`yicha kitobxonlik — kitob o’qish, tinglash, hikoya qilish kabi talablarni o`z ichiga oladi.
Bolalar kitobxonligini o’quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko’ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
1.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2.Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11 — 12 yoshgacha).
3.O’rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13— 14 yoshdan 15 — 17 yoshgacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |