Fikrimiz tasdigʻini Q. Hikmatning "Men tugʻilgan oʻlka" sheʼrida koʻrish mumkin



Download 21 Kb.
Sana12.01.2021
Hajmi21 Kb.
#55266
Bog'liq
Mahina tarbiyaviylil


Tarbiyaviylik, yaʼni didaktika bolalar adabiyotining muhim xususiyatlaridan biri sifatida azal-azaldan mavjud. Biroq tarbiyaviylik pand-nasihat sifatida zohir boʻlsa, bu asarning badiiy qimmatini susaytiradi, kitobxon bunday kitobni oʻqigisi kelmaydi. Shu sababli ham, ayniqsa, bolalar adabiyotida tarbiyaviylikni badiiyat qobigʻiga oʻrab, yashirin tarzda ifodalash maqsadga muvofiq. Yosh avlodni goʻzallikni sevishga oʻrgatish, unda tabiatga boʻlgan mehrni uygʻotish barobarida Vatanga boʻlgan mehr-muhabbatni, sadoqatni shakllantirish ham bolalar adabiyotining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

XX asrning ikkinchi yarmi oʻzbek bolalar sheʼriyati namoyandalaridan Quddus Muhammadiy, Shukur Saʼdulla, Qudrat Hikmat, Tursunboy Adashboyev va Anvar Obidjonlar ham Ona-vatan, kindik qoni toʻkilgan yurt taʼrifu tavsifiga bagʻishlab bir qator sheʼrlar yaratganlar.

Fikrimiz tasdigʻini Q. Hikmatning “Men tugʻilgan oʻlka” sheʼrida koʻrish mumkin:

 

Men tugʻilgan hur oʻlka –



Ozod Sharqda nur oʻlka.

Koʻrkam qishloq, shahari,

Shod oʻtar har mahali.

Metall berar Bekobod,

Farhod GESdan el obod.

Nur olar har xonamiz,

Gullagan Fargʻonamiz.

Xalqqa ust-bosh pillasi,

Bebaho oq tillasi.

Mevazor bogʻu boʻston,

Serquyosh Oʻzbekiston[1].

 

Sheʼrda lirik qahramon (shoir) yashayotgan oʻlkaning goʻzalligi va boyligi shu qahramon tilidan shunday taʼriflanganki, yosh kitobxon uning shu oʻlkaga boʻlgan cheksiz muhabbatini sezib turadi va undagi Vatanga boʻlgan muhabbat tuygʻulari uning ham qalbiga oʻtadi. Buni biz sheʼrning tantanavor ohangida ham, shu ohangning avj olishiga xizmat qilgan qofiyalarda, hur oʻlka – nur oʻlka, shahari – mahali, xonamiz – Fargʻonamiz, pillasi – tillasi kabi “kuychan” soʻzlarning qofiyalanishida ham koʻramiz. Bu sheʼrda qofiyalar yorqin va jarangdor soʻzlardan tarkib topgan boʻlishi bilan birga maʼno talabi bilan yuzaga kelganki, bu shoirning yutugʻidir. Adabiyotshunos Izzat Sulton yozganidek, “maʼnoning talabi bilan yuzaga kelgan qofiyagina shoir asarini bezay oladi. Faqat yangilik yaratish uchungina qofiyada yangilikka intilish poeziya aslahaxonasini boyitmaydi, balki maʼnan puch, esda qolmaydigan asarlarning koʻpayishiga olib keladi”[2].



Q. Hikmatning shogirdi T. Adashboyev ijodida ham Ona-vatan madhiga bagʻishlovlar, uning goʻzalligini tarannum etuvchi satrlar bisyordir. Muallif Ona-vatanning goʻzalliklarini shunday mehr-muhabbat bilan tasvirlaydiki, sheʼrni oʻqigan kitobxonda bu goʻzallikni asrab-avaylash, oʻz tugʻilgan goʻshasiga boʻlgan mehr-muhabbat kabi nozik his-tuygʻularning shakllanishi muqarrardir. Bunday asarlarni yaratishdan asosiy maqsad esa oʻsib kelayotgan yosh avlodni Ona-vatanga, ota-bobolar ruhiga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ular qalbida munosib avlod, farzand boʻlish tuygʻularini shakllantirishdir. T. Adashboyevning “Qiyosi yoʻq” sheʼri insonning tugʻilgan yurtiga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbati, undagi har qarich erning muqaddas ekanligini oʻzida toʻliq mujassamlashtirgan:

 

Sen tugʻilgan,



Qutlugʻ xona.

Aziz diyor,

Pok ostona.

Soʻlim oʻlka

Kesh, Fargʻona,

Qadim Urganch,

Shu durdona.

Koʻrkam Toshkent,

Asal-qandim.

Oʻsh, Buxoro,

Samarqandim.

Qiyosi yoʻq,

Bu yagona.

Senu menga

Vatan – Ona.

Shunday goʻzal

Ulugʻ yurtkim,

Tuprogʻini



Koʻzga surtgin[3].

 

Bu satrlar vatanning ona kabi yakka-yu yagonaligini, bu tuproqning “qutlugʻ xona”, “aziz diyor”, “pok ostona” kabi sifatlashlari esa yosh kitobxon qalbida ona-vatan muqaddasligi tushunchasini shakllantirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. Vatan tuprogʻini koʻzga surtish (tavof qilish) shunchaki gap emas, oʻzini ushbu tuproq farzandi deb hisoblaydigan har bir kishining dastlabki insoniy burchi ekanligini taʼkidlaydi. Yosh kitobxonda yurtimizning dunyoga dongʻi taralgan Urganch, Buxoro, Samarqand, Kesh, Toshkent singari shaharlari, undagi jahon tarixi va madaniyatining rivojlanishiga asos solgan allomalar bilan faxrlanish his-tuygʻularini uygʻotadi.
Download 21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish