Ikki komponentli qotishmalarning xolat diagrammasi
Reja:
1.
Qotishmalarning xolat diagrammasi.
2.
Bir fazali qotishmalarni korroziyalanishi (n/8 konuni).
3.
Ikki fazali qotishmalarni korroziyalanishi.
4.
Elektrokimyoviy korroziyalanishga turli omillarning
ta’siri.
Qotishmalarning xolat diagrammasi
Qotishmalar xolatini xarorat va kontsentratsiyaga
qarab uzgarishini, ya’ni biror qotishmani
xaroratga nisbatan
kanday xolatda bulishini kursatuvchi diagramma xolat
diagrammasi deyiladi. Qotishmalarning xolat diagrammasini
muvozanat diagrammasi deb atash xam mumkin. Chunki u ayni
sharoitda muvozanatda turgan fazalarni kursatadi.
Ikki komponentli kup fazali qotishmalarga
kupgina rangli
metallarning qotishmalari kiradi. Bunday qotishmalarning xolat
diagarammasi ekvivalentli sistema xisoblanadi va sistemada ikki
metall suyuk xolatda bir-birida mutlok erimaydi va bir-biri bilan
kimyoviy birikma xosil kilmaydi. Suyultirilgan bunday metallar
kotganda mexanik aralashma xosil buladi. Kattik xolatda
bunday qotishmalar ikki fazadan tarkib topgan bulib, bu fazalar
kimyoviy tarkibi va xossalari bilan
bir-biridan tubdan fark
kiladi.Xar bir faza uz elektrod potentsialiga ega. SHuning uchun
bunday qotishmalar korroziyabardosh bulaolmaydi(9-rasm).
Likvidus - suyuk (lotincha);
Solidus - kattik (lotincha);
Evtektika (S-nukta) -oson suyuklanadigan (grekcha).
1 - A + B komponentlardan tarkib topgan qotishmaning suyuk
xolati.
2 - A + B komponentlardan tarkib topgan suyuk faza va A
komponent kristallari.
3 - Xuddi 2-dagidek, ammo bu erda B komponent kristallari.
4 - A komponentga boyigan qotishma kristallari (+ evtektika).
5 - B komponentga boyigan qotishma kristallari ( + evtektika).
Endi komponentlari kattik
eritmalar xosil kiladigan
qotishmalarning xolat diagrammasi bilan tanishamiz (10-rasmga
karang). Suyuk xolatda xam, kattik xolatda xam bir-birida
istalgancha eriydigan ikki komponentdan iborat qotishmalarning
xolat diagrammasi rasmda keltirilgan.
Bunday suyuk eritma
kattik xolatga tez utkazilsa, suyuklikdan suyulish xarorati yukori
bulgan komponentga boy kattik eritma kristallari kattik xolatga
utadi, ya’ni suyuk xolatdagi komponentlar mikdorining nisbati
kattik xolatdagi komponentlar mikdorining
nisbatidan butunlay
fark kiladi (k va v nuktalardagi komponentlar nisbati).
Agar suyuk xolatdagi komponentlar aralashmasi yukori
xaroratda uzok vakt ushlab, sung aralashma juda sekinlik bilan
sovutilsa va kotgan eritma ma’lum vakt yukori xarorat ta’sirida
bulsa, qotishma kristallarining tarkibi suyuk xolatdagi
komponentlar tarkibidan fark kilmaydi (x va v nuktalar).
1.A +
B komponentlar suyuk xolatda;
2.A + B komponentlar suyuk va kattik xolatda;
3.A + B komponentlar kattik xolatda, ya’ni kristall xolatda (A
+
B komponentlarning kattik eritmasi).
Kimyoviy
mashinasozlikda
ishlatiladigan
kupchilik
konstruktsion materiallar shunday qotishmalardan tayyorlanadi.
Bunday qotishmalar bir fazali bulgani uchun ularning
potentsiallar ayirmasi bulmaydi
va shuning uchun bunday
qotishmalar korroziyabardosh buladi.