Mundarija mutaxassisliklar Betlar


«Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari bo‘yicha)



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/44
Sana08.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#644582
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
magistratura dastur uzb 2021-2022

«Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (turlari bo‘yicha) 
mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kirishda topshiriladigan sinov fanlaridan 
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini 
talabalarga tanishtirish va ulardan kimyo fani va sanoatining rivojlanishini amalga 
oshirishda foydalanish imkoniyatlarini xozirgi zamon yutuqlari va istiqboli masalalarini 
qamraydi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga yuqorimolekulyar birikmalar 
molekulalarining katta o‘lchami va zanjirsimon tuzilishga egaligi sababli, oddiy 
quyimolekulyar moddalardan farqlanuvchi o‘ziga xos xossalarini tushuntirishdan va bu 
xossalardan foydalanishda amaliy ko‘rsatmalar berishdan iboratdir. Polimer moddalar 
makromolekulasining 
xususiyatlari, 
polimerlarning 
sintezi 
va 
uning 
muhim 
qonuniyatlari, fizik-kimyoviy va fizikaviy-mexanik xossalarining asosiy xususiyatlari, 
polimerlar kimyosida qo‘llanadigan usullar va sanoatda hamda turmushda keng 
qo‘llaniladigan polimerlar xaqida yo‘nalish profiliga mos ko‘nikma va malaka 
shakllantirishdir.Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar massasini Yuqori 


53 
molekulyar birikmalar sintez qilinadigan dastlabki moddalar xususiyatlarini tuzulishini 
fizikaviy xossalari, reaksiya mexanizmlari va tabiatini o‘rganish. Polimerlar hosil 
qilishning eng qulay usullaridan biri initsiatorlar ishtirokida polimerlanishdir. 
Polimerlanish jarayoni-ning tezlashtira oladigan moddalar initsiatorlar deyilib, ular 
ishtirokidagi polimerlanish radikalli polimerlanish deyiladi. Initsiatorlarning ahamiyati 
ularning Yuqori bo‘lmagan harorat, nur, mexanik va boshqa ta’sirlar yordamida oson 
parchalanib, aktiv erkin radikallar hosil qilishadilar. Ion-koordinatsion polimerlanish. 
Stereoregulyar polimerlar Ikki yoki uch komponentli ion komplekslar ta’sirida 
monomerlarning polimerlanib stereoregulyar tuzilishga ega bo‘lgan yuqorimolekulyar 
birikmalar hosil qilish jarayoni ion koordinatsion polimerlanish deyiladi. Ion 
koordinatsion komplekslarining monomer molekulasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida 
qutblangan monomer geterolitik parchalanib aktiv markaz, qutblangan-monomer 
kompleksni hosil qiladi. Ion-koordinatsiyasi tuzilishga ega bo‘lgan Yuqori darajada faol 
maxsus katolizatorlarni Sigler va Natta katolizatorlari deyiladi. Ular davriy sistemadagi I-
III gruppa metallarining alkil hosilalari IV-VIII gruppalaridagi d-metallarning hosilalari 
bilan hosil qilgan kompleks birikmalardir.Yuqori molekulali birikmalar sintezining 
asosiy usullari bunda asosiy tushunchalar sifatida radikal polimerlanish radikal 
polimerlanishning initsirlash usullari radikal polimerlanish ingibitorlari kinetik zanjir 
uzunligi polimerlanish kinetikasi va termodinamikasi sopolimerlanish konstantalarini 
xisoblash usullari o‘rganiladi. Ionli polimerlanish deb ham ataladigan bosqichli 
polimerlanish o‘zining sodir bo‘lish qonuniyatlari jihatidan polikondentsatlanish 
reaktsiyalariga o‘xshab ketadi. Shu sababli ba’zi olimlar bosqichli polimerlanish 
protsessini polikondentsatlanish protsessi deb ham qaraydilar ammo bosqichli 
polimerlanish polikondntsatlanish protsessidan anchagina farq qiladi. Masalan: bosqichli 
polimerlanish reaktsiyaning bosqichli borishi va hosil bo‘lgan polimerning molekulyar 
og‘irligi har bir bosqichdan kegin ortib borishi jihatidan polikondentsatlanish protsessiga 
o‘hshasa ham undagi dimer, trimer va tetramerlari deyarli ajratib olib bo‘lmaydi. 
Bosqichli polimerlanish ko‘proq polifunktsianal moddalar orasida vujudga kelib, 
ularning birida oson ko‘chuvchi vadorod atomi ikkinchisida esa uni biriktirib oluvchi 
gruppalar bo‘lishi shart. Bunday reaktsiyalarda suv,tuz, kislota va ishqorlar katalizator 
sifatida qatnashadi. Polimerlanish protsesi qanchalik ko‘p davom ettirilsa, hosil 
bo‘layotgan polimerning o‘rtacha malekulyar og‘irligi shunchalik katta bo‘ladi. Kationli 
polimerlanish reaktsiyasiga kirisha oladigan monomerlarning biror uglerod atomi 
elektrondonor hususiyatli o‘rinbosar atomlari yoki gruppalar bilan bog‘langan bo‘ladi. 
Bunday monomerlarga misol qilib izobutilen, oddiy vinil efirlari, stirol kabilarni 
ko‘rsatish mumkin: Kationli polimerlanish protsessining nazariy qonunlari birmuncha 
yahshi o‘rganilgan. Reaktsiyaning tezligi polimerlanish muhitining dielektrik doimiysiga 
bog‘liq bo‘ladi Anionli polimerlanish katalizatorlari sifatida ishqoriy metallar va ularning 
amidlari, metall-organik birikmalar Yuqori valentli metall oksidlari va elektronodonor 
hossalariga ega bo‘lgan boshqa moddalar ishlatiladi. Katalizator va monomer 
molekulalari o‘zaro reaktsiyaga kirishib anion kompleksini hosil qiladi. Polimer 
strukturasi 2 xil: molekulyar va ust molekulyar (makromolekulalarning bir-biriga 
nisbatan joylashishi natijasida hosil bo‘lgan struktura) darajasi o‘rganiladi. Molekulyar 


54 
darajadagi strukturaga polimer makromolekulasidagi zvenolarning tuzilishi va funksional 
o‘zaro joylashish tartibi kiradi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish