Mundarija mutaxassisliklar Betlar


“Elektr energetikasi” (tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga qabul



Download 1,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana08.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#644582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
magistratura dastur uzb 2021-2022

“Elektr energetikasi” (tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisligiga qabul 
qilish uchun o‘tkaziladigan kirish sinovi mavzulari
 
1.
 
«Elektr ta’minoti»
Elektr iste’molchilarining klassifikatsiyasi va ularni xarakteristikasi (quvvat, tok 
turi, kuchlanish, chastota, elektr energiyasini iste’mol qilish tartibi, yuklamalarni 
nosimmetrikligi, elektr ta’minotidan talab qilinadigan ishonchlilik). Sanoat korxonalarida 
elektr energiyasini qabul kiladigan iste’molchilarining turlari (umumkorxona kuch 
qurilmalari, kompressor, nasos, ventilyator, kutarma-transport qurilmalari; elektr yoritish 
qurilmalari, elektr o‘zgartirish qurilmalari; ishlab chiqarish dastgoxlarining elektr 
yuritgichlari; elektrotermik qurilmalari; elektr karshilik pechlari, elektr induksion pechlar 
va qurilmalar; elektr yoy pechlari; elektr payvandlash qurilmalari). 
Elektr energiyasining sifati masalalari. Elektr energiyasining sifatini tavsiflovchi 
asosiy ko‘rsatkichlar: Kuchlanishni me’yoridan og‘ishi. Kuchlanishi ruxsat etilgan 
og‘ishi haqida tushuncha. Kuchlanish og‘ishini ta’siri. Kuchlanish og‘ishini ishlab 
chiqarish mexanizmlarining ish unumdorligiga ta’siri. Kuchlanishning og‘ishi asinxron, 
sinxron yuritgichlari, yoritish qurilmalari, o‘zgartish qurilmalari, elektr pechlari, 
payvandlash transformatorlari, o‘zgartish qurilmalarining ishlariga ta’siri. Kuchlanish 
og‘ishidan korxonalarning zararlari. Kuchlanishning tebranishi. Iste’molchilarning ish 
rejimida kuchlanishni tebranishidan xosil bo‘ladigan me’yorsiz xolatlar. Kuchlanish 
tebranishi keltiradigan zararlar. Kuchlanish tebranishi kamaytirish usullari.Elektr 
ta’minot tizimida nosinusoidallik. Nosinusoidallik haqida tushuncha. Nosinusoidallikni 
xosil kiluvchi sabablar. Nosinusoidallikdan keladigan zararlar. Elektr ta’minot tizimida 
nosinusoidallikni kamaytirish usullari. Elektr ta’minot tizimida nosimmetriya. 
Nosimmetriyani keltirib chikaruvchi sabablar. Nosimmetriyadan kelib chikadigan 
kushimcha nobudgarchiliklar. Simmetriyalovchi qurilmalar. Chastotani og‘ishi. Chastota 
og‘ishini elektr ta’minot tizimiga bog‘liq emasligi. Bu faktlarni xarakterlovchi 
ko‘rsatkichlar. 
Elektr yuklamalar grafigi va elektr yuklamalarni xisoblash. Sanoat korxonalari 
elektr yuklamalarining grafiklari va elektr yuklamalar. Ularni vazifalari va 
klassifikatsiyalari. Yuklamalarning xususiy grafiklari (davriy, siklik, nodoimiy), 
yuklamalarning gurux grafiklari. Elektr iste’molchilari guruxlari bilan ayrim 
iste’molchilar orasidagi bog‘liqlik. Asosiy tushunchalar va belgilashlar. Me’yoriy 
quvvat, o‘rtacha quvvat, uzoq davomiylik va kichik vaqtli yuklamalar, xisobiy 
yuklamalar. Yuklama grafiklari va elektr energiyasi iste’molchilarini xarakterlovchi 
ko‘rsatkichlar. Ishlatilish va ulanish koeffitsientlari va ular orasidagi bog‘lanish. Forma, 
maksimum, talab koeffitsientlari va ular orasidagi bog‘lanish. Grafikni to‘ldirish va 
maksimumlarini xar xil vaqtlarda bo‘lishligi koeffitsientlari. Elektr iste’molchilari. Elektr 
iste’molchilarning effektiv soni. O‘rtacha yukni aniqlash. O‘rtacha kvadratik yukni 
topish. Hisobiy yukni anikdash. Korxona yuza birligiga to‘g‘ri keladigan nisbiy yuklama 



va tayyor maxsulot birligini to‘g‘ri keladigan nisbiy yuklamalar asosida xisobiy yukni 
anikdash. O‘rnatilgan quvvat va talab koeffitsienti asosidagi xisobiy quvvat. O‘rtacha 
quvvat va forma koeffitsienti asosida xisobiy quvvat. Hisobiy quvvatni statik usulda 
aniqlash. Tartiblangan diagrammalar usuli. Bir fazali iste’molchilarning xisobiy quvvati. 
Elektr yuklamalarning chuqqi qiymatini aniqlash. 
Sanoat korxonalarining elektr ta’minot sxemalari. Elektr ta’minoti sxemasini 
tanlashni umumiy nizomi. Sanoat korxonalarini elektr energiyasi manbalari. 
Kartogramma qurish va elektr yuklamalar markazi asosida elektr ta’minotining ratsional 
sxemasini 
tuzish. 
Tashqi 
elektr 
ta’minotining xarakterli sxemalari. Sanoat 
korxonalarning ichki elektr ta’minot tizimini tuzish prinsiplari. Radial ta’minlash 
sxemalari. Magistral ta’minlash sxemalari (umumiy zaxirali magistrali bo‘lgan yakka 
magistral, ikki tomonlama ta’minlanuvchi magistral xalqa magistral, bir va ikki 
tomondan ta’minlangan ikkilangan oralik magistrali, kirish magistrali. Elektr 
yuklamalarini shartli markazini aniqlash. Elektr yuklamalar markazini xududini aniqlash. 
Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida ratsional kuchlanishni tanlash. Kapital 
sarf va ekspluatatsiya xarajatlarni kuchlanish mikdoriga bog‘liq- ligi. Ratsional 
kuchlanishni empirik formulalar bilan aniqlash. Lagranjning interpolyasiya nazariyasi va 
uni analitik usul bilan kuchlanishni aniqlashda ishlatilishi. Nyutonning interpolyasiya 
nazariyasi ishlatilishi. Elektr ta’minoti sxemasining kuchlanishini aniqlashda uzatuvchi 
quvvat, masofa, elektr energiyasining narxi, korxonaning kelajakdagi taraqqiyotini 
ta’siri. Ratsional kuchlanishni taxminan aniqlash. Yuklama tekis taqsimlanganda 
ratsional qo‘lanishni tanlash. 
Sanoat korxonalari elektr ta’minoti tizimida texnik-iqtisodiyhisoblar. Sanoat 
korxonalari elektr ta’minoti tizimini loyixalashtirish jarayonida yechilishi kerak bo‘lgan 
masalalar. Asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Uzini qoplash muddati usuli. Ikki 
variantni taqqoslab qaror qabul qilish. Uch va undan ortiq variantlar kurilganda qaror 
qabul qilish. Texnik-iqtisodiy hisoblarda approksimatsiya va interpolyasiya usullarini 
ishlatish. 
Sex elektr tarmoqlarini xisoblash va ularni himoyasi. Sex tarmoqlarining sxemasi. 
Radial sxema. Magistral sxemalar. Kuch va yoritish yuklamalarini bir manbaga ulash. 
Sex iste’molchilarini ulashda ishlatiladigan kuchlanishlar. 1000 V gacha bo‘lgan 
qurilmalarda qisqa tutashuv tokini xisoblash. Sex tarmoqlarini himoyasi, eruvchan 
himoyalar bilan himoyalash. Avtomatik uzgichlar bilan himoyalash. Sex elektr 
tarmoqlarini o‘tkazgich, kabel va shinalarni kundalang kesimini tanlash. Yoritish 
qurilmalarining elektr tarmoqlari. 
Kuch transformatorlarini tanlash. Umumiy nizom masalani echishda texnikaviy va 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Transformatorlar sonini aniqlash. Kuch transformatorlarining 
quvvatini iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida aniqlash. Transformatorlarni me’yoriy quvvati. 
Ruxsat etiladigan o‘ta yuklanishlar. Transformatorlarni ishlash muddati. Standart 
quvvatlar shkalasi. Kuch transformatorlarining iqtisodiy ratsional ish rejimini yuklama 
grafigiga bog‘liqligi. 
O‘tkazgichlar va kabellar uzaklarini ko‘ndalang kesimlarini tanlash. O‘tkazgichlar 
va kabellar uzaklarini ko‘ndalang kesimlarini texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
tanlash (xisobiy toki tufayli kizish, k.t. toki tufayli kizish, kuchlanish isrofi, iqtisodiy 



ko‘rsatkichlar bo‘yicha tanlash). O‘tkazgichlar va kabellar uzaklarini kundalang kesim 
yuzalarini Lagranjning interpolyasiya nazariyasi asosida aniqlash. 
Kuchlanishi 1000 V dan Yuqori bo‘lgan elektr apparatlar, izolyatorlar va tok 
o‘tkazuvchi qismlarda reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish. Asosiy tushunchalar. 
Reaktiv quvvat iste’molchilari. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalashni afzalliklari. 
Kompensatsiyalovchi qurilmalarni ishlatmas dan reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish. 
Kam yuklangan asinxron yurit- kichlarni kichik quvvatlisiga almashtirish. Asinxron 
yuritkichlarni 
salt 
ishlashini 
kamaytirish. 
Ta’mirlash 
sifatini 
oshirish. 
Kompensatsiyalovchi qurilmalari (sinxron kompensatorlar, statik kondensatorlar, filtrli 
kompensatsiyalash qurilmalari). Kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvatini tanlash. 
Kompensatsiyalash usullarini tanlashda texnik-iqtisodiy xisoblashlar. Elektr ta’minot 
tizimida nosinusoidallik mavjud bo‘lganda kompensatsiyalovchi qurilmalarni tanlash. 
Kompensatsiyalovchi qurilmalarning ish rejimlari. Kondensator batareyalari quvvatini 
avtomatik boshqarish. 
Elektr energiyasini tejash masalalari. Elektr energiyasini elektr ta’minot tizimlari: 
transformatorlar, elektr uzatish liniyalari, reaktorlar, kompensatorlar, shinalar, 
yuritkichlar va elektr pechlarida tejash. 
Elektr ta’minoti tizimida boshqarish.Elektr ta’minoti tizimida boshqarish shitlari, 
o‘lchov nazorat va signalizatsiya. 
Zaminlovchi qurilmalarni hisoblash va yashindan himoya. Erga ulovchi 
qurilmalarning turlari va ularni hisoblash.Yashindan himoya. 

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish