Mundarija: kirish I


Mamlakat eksportini rag’batlantirish va tartibga solishning iqtisodiy mexanizmi



Download 222,1 Kb.
bet5/16
Sana23.07.2022
Hajmi222,1 Kb.
#843388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Eksport siyosati

Mamlakat eksportini rag’batlantirish va tartibga solishning iqtisodiy mexanizmi


Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo`nalishlaridan biri iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish bilan bog’liqdir. Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el investitsiyasi ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish mumkin emas.
Milliy iqtisodiyotda xorijiy kapital va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, boshqaruv tajribasi va marketing faoliyatini o`rganish, ishlab chiqarish va mahalliy bozordagi mavjud taqchilliklarni bartaraf etish, eksport ko`lamini, tuzilmasini kengaytirish va uni takomillashtirish, qat`iy valyuta tushumlarini ko`paytirish, xo`jalik sub`ektlarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatida xatarlarni pasaytirish kabi bir qator iqtisodiy tadbirlarni samarali tashkil etishda xorijiy investitsiya asosida tashkil etilgan korxonalarning o`rni juda ahamiyatli ekanligini bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi namoyon qilib turibdi.
Xorijiy investitsiya asosidagi korxonalarning ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlarini to`liq e`tirof etgan mamlakatimiz rahbariyati mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali qo`shma korxonalar tashkil etish va rivojlantirishga katta e`tibor berib kelmoqda. Xususan, chet el investitsiyalarini jalb etish va rivojlantirishga qaratilgan “Investitsiya faoliyati to`g’risida” va “Chet el investitsiyalari to`g’risida”gi qonunlar va maxsus yo`riqnomalar qabul qilindi va ular milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tadbirlari muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunga kelib tarmoqlar iqtisodiyotida ro`yxatdan o`tgan qo`shma korxonalar soni yildan-yilga ko`payib, ularning aksariyati mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda, yangi ish o`rnilarini tashkil etishda, davlat byudjetining daromad qismini soliqlar bilan ta`minlashda hissa qo`shib kelmoqda.
Biroq, mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyati, intellektual salohiyati va siyosiy barqarorligiga tayanib aytadigan bo`lsak, bugungi kunda tarmoqlar iqtiosdiyotida chet el investiitsyalari hajmi va xorijiy investitsiyali korxonalarning soni etarli emas. Fikrimizcha, xorijiy investitsiyalar hajmini ko`paytirishga va qo`shma korxonalar miqdorini oshirishga ta`sir ro`rsatadigan bir necha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillar mavjud bo`lib, ulardan eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakatimizdagi qo`shma korxonalar sonini ko`paytirish bilan birga, boshqa qator iqtisodiy-ijtimoiy muammolar ham hal etiladi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma`lumki, rivojlanayotgan davlatlardagi eksport salohiyatini ta`minlashda qo`shma korxonalar munosib o`rin egallaydi.
Hozirgi kunga kelib, milliy iqtisodiyotimizda mahalliy korxonalar bilan bir qatorda, aynan qo`shma korxonalar faoliyat yuritmoqdalar hamda ularda yuz minglab fuqarolarimiz ish bilan band bo`lmoqdalar.
Chet mamlakatlardan zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, qo`shma korxonalarni yaratish va ularda xalqaro standartlarga javob bera oladigan, ya`ni jahon bozorida raqobatbardosh bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish natijasida eksport salohiyati ham rivojlanadi.
Qo`shma korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, bajarayotgan ishlar va ko`rsatayotgan xizmatlarni xorijga eksport qilishda to`siq bo`layotgan obyektiv va subyektiv omillarni bartaraf etish yoki ko`lamini qisqartirishga qaratilgan xulosalar hamda tegishli takliflarimiz quyidagilardan iborat.
Milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida qo`shma korxonalar barpo etilishi natijasida bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy samaralarga erishiladi. Jumladan:

  • zamonaviy texnika va texnologiyalarning kirib kelishi ishlab chiqarish

  • darajasining oshirishiga;

  • mehnatga layoqatli aholi ish o`rinlari bilan ta`minlanishiga;

  • ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar sifati yaxshilanishiga;

  • ilg’or boshqaruv usullari o`zlashtirilishiga;

  • xususiylashtirish jarayonini faollashtirish uchun qo`shimcha mablag’larga ega bo`lishiga;

  • soliqlar, ijara haqi va boshqa to`lovlar bilan davlat bjdjeti daromadlarining ortishi tufayli valyuta tushumi keskin ortishiga erishiladi.

Xorijiy investitsiyalarning O`zbekistonga kirib kelishi qisqa vaqt ichida mulkchilikning turli shakllari tashkil topishiga ko`maklashadi. O`zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishni, nufuzli tarmoqlarni barpo etishni ta`minlaydi. eng muhimi, O`zbekistonning xalqaro bozorga yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni olib chiqishini va u erda o`z o`rniga ega bo`lishini ta`minlaydi. Buning oqibatida eksport o`sishi va respublikamiz to`lov balansining tobara ijobiylashib borishiga erishiladi.
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida minglab xorijiy investitsiyalarga asoslangan qo`shma korxonalar barpo etilmoqda. Ammo mamlakatimizdagi mavjud hududiy, iqtisodiy, ijtimoiy, malakaviy va xom-ashyo resurslarini e`tiborga oladigan bo`lsak, hamon mavjud imkoniyatlardan to`laqonli foydalanilmayapti.
O`zbekistonda avtomobilsozlik sohasida faoliyat yuritayotgan qo`shma korxonalarda ishlab chiqarilgan avtomobillar va avtobuslar MDH davlatlari bozorlarida o`z xaridorlariga ega bo`lib, ular xarid narxining nisbatan pastligi, mustahkamligi va sifat ko`rsatkichlarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Biroq, ushbu avtomobillar va avtobuslar eksportining xorijiy mamlakatlarga to`g’ri keladigan hissasini oshirish lozim. O`zbekiston avtomobilsozlik mahsulotlari eksportini kengaytirish strategiyasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga emas, balki rivojlanayotgan xorijiy mamlakatlarga tomon qaratilmohi lozimdir. Chunki, rivojlangan xorijiy mamlakatlar bozorlari segmentining katta qismi dunyoda avtomobilsozlik sanoati bo`yicha shuhrat qozongan yirik korporatsiyalar tomonidan zabt etilgan bo`lib, Ushbu holat O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalarning mazkur bozorlarda ayirboshlash imkoniyatlarini chegaralab qo`yadi yoki xarid narxlarining tushishiga olib keladi.
O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtiosdiy faoliyatni erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy majmuani yanada takomillashtirish borasida:

  • O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtiodiy faoliyat qatnashchilari manfaatlarini ham ichki, ham tashqi bozorlarda himoya qilish;

  • eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta`minlash;

  • xorijiy mamlakatlar bilan zamonaviy texnologiyalarni standartlashtirish, metrologiya va sifatni sertifikatsiya qilish sohasida hamkorlik qilish ko`lamini kengaytirish;

  • bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb eti shva xalqaro standartlarga javob bera oladigan jahon bozorida raqobatbardosh bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatning turli hududlarida qo`shma korxonalar yaratilishini ta`minlash;

  • xalqaro transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish orqali eksport tovarlarining tarnsportda tashish xarajatlarin kamaytirish kabi masalalarni hal etish maqsadga muvofiqdir.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishga to`sqinlik qilib kelayotgan bunday masalalarning o`z vaqtida bartaraf etilishi O`zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatida samarali ishtirok etishi imkonini beradi.
Hozirgi sharoitda eksport nomenklaturasi etarlicha bo`lmay. Atigi 300 turdagi tovarlarni o`z ichiga oladi. Agar ushbu ko`rsatkichni boshqa davlatlar bilan taqqoslaydigan bo`lsak, Xitoy Xalq Respublikasi 50000 turdagi tovarlarni eksport qiladi. Ushbu raqamlar O`zbekistonning eksport tovarlari tarkibining nihoyatda torligini hamda milliy iqtisodiyotimiz hamon xom-ashyo bozorlariga sezilarli darajada bog’liqligini ko`rsatadi.
Mamlakatimiz eksportini riojlantirishga salbiy ta`sir etayotgan muammolar bizningcha quyidagilar:

  • tashqi bozorda ishlaydigan moliyaviy qo`llab - quvvatlovchi moliya-kredit sektorining etarli rivojlanmaganligi;

  • eksport qilinadigan mahsulotlar narxining qimmatlashishiga sabab bo`layotgan hamda uni iqtisodiy jihatdan foydasiz qilib qo`yyayotgan, aksariyat qismi juda yuqori bo`lgan mavjud tashish tizimi;

  • xususiy sektorning eksportdagi ulushi sezilarli emasligi;

  • ko`pgina korxonalarning faol tashqi iqtisodiy siyosatga ega emasligi kabi asosiy omillar bilan belgilanadi.

Eksportni rivojlantirishga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan omillarni tartibga solishda va bartaraf etishda, shubhasiz, davlatning asosiy roli iqtisodiyotni erkinlashtirishni jadallashtirish hamda eksportni tartibga soluvchi, rag’batlantiruvchi yagona davlat tizimini va eksportga ko`maklashish aniq chora-tadbirlari mexanizmini barpo etishida namoyon bo`lishi lozim.
Qo`shma korxonalarning eksport salohiyatini tashkil etish va rivojlantirishda soliqlar va soliq funktsiyasini bajaruvchi majburiy to`lovlarning ta`siri yuqori bo`ladi. SHu bois, qo`shma korxonalarning soni va ishlab chiqarishini ko`paytirishda soliqlar borasida maksimal imtiyozlar yaratish lozim.
Eksport salohiyatini oshirish murakkab jarayon bo`lib, uni bir yoki ikki yilda amalga oshirib bo`lmaydi. Albatta uni yaratish uzoq muddatga mo`ljallangan siyosat bo`lib, buning natijasida ishlab chiqarish va jamiyat taraqqiyotini ta`minlash hamda O`zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallashiga erishish imkoniyatlari kengayadi.

Download 222,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish