Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigyenasi Reja



Download 268.98 Kb.
Sana13.12.2019
Hajmi268.98 Kb.

Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigyenasi

Reja:


Kimyo farmatsevtika korxonalaridagi mehnat gigiyenasi

1

Dorilarni ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitini

belgilovchi ishlab chiqarish omillariga umumiy ta’rif

2

Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigyenasi

3

Kimyo farmatsevtika korxonalaridagi mehnat gigiyenasi


Kimyo-farmasevtika sanoati - xalq xo’jaligining yetakchi sohalaridan biridir. Uning tarkibiga bir qator korxonalar kompleksi kirib, unda materiallarga kimyoviy usullarda ishlov berish bilan bir qatorda, dorivor preparatlarni biologik sintezlash keng qo’llanadi.

1990-yildan boshlab tibbiyotga oid korxonalarga sil kasalligi, virusli kasalliklar, o’tkir bacterial, yuqumli, yurak-tomir va boshqa kasalliklarni oldini olish va sifatli davolash maqsadida o’zimizda ishlab chiqariladigan dori reparatlari, antibiotiklar, vitamin va garmonlarga doir preparatlarni ko’plab ishlab chiqarish vazifasi yuklatildi.

Zamonaviy kimyo-farmasevtika korxonalari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, uning rivojlanish spetsfikatsini belgilaydi, jumladan, chiqariladigan maxsulotni kimyoviy tozaligini ta’minlash.


Bundan tashqari mushak ichiga yuboriladigan, vena ichiga kiritiladigan, teri ostiga yuborilish uchun mo’ljallangan preparatlarning to’liq sterillanganligini ta’minlashi kerak. Ishlab chiqariladigan maxsulotning sifat ko’rsatkichlari O’zR farmokopiya Davlat standartlari talablariga muvofiq kelishi kerak.

Kimyo-farmasevtika korxonalarining ikkinchi o’ziga xos xususiyati, ko’pgina dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kichiqligi xisoblanadi. Kimyo-farmasevtika korxonalarida faqat sulfanilamidlar, salitsilatlar, barbituratlar, analgetiklar va ayrim antibiotik, hamda silga qarshi vositalar katta miqdorlarda ishlab chiqiladi.

Kimyo-farmasevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga gigiyenik ta’rif

Kimyo-farmasevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash mumkin. Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo’yicha zavodlar va tayyor dori shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar xisoblanadi.


Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab chiqarish asosida organiq sintezlashni keng ko’lamda qo’llash yotadi va bu mazko’r korxonalari asosiy kimyo sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi.

Sanoat ishlab chiqarishidagi kimyo-farmasevtika preparatlari turli xilda xom-ashyo sifatida qo’llanib, ular o’simlik va hayvon mahsulotlari va kimyoviy sintez yo’li bilan olinadi. Kimyoviy xom-ashyo eng keng tarqalgan maxsulot turi xisoblanadi.


Mineral xom-ashyolar anorganik tuzlar, hamda turli organik birikmalarni sintezlash uchun ingridirent sifatida qo’llanadi. Bu yo’nalishda mineral kislota va ishqorlar katta miqdorlarda ishlatiladi. Birlamchi organiq xomashyoni toksokimyo, neft-kimyo, anilin bo’yoqli korxonalar va asosiy organiq sintez korxonalari yetkazib beradi.

Dori preparatlari ishlab chiqarishda hayvon maxsulotlari keng qo’llaniladi, jumladan, hayvonlarni qonidan gistidin, bo’ylrak usti bezlaridan adrenalin, oshqozon osti bezidan insulin, qalqonsimon bezlardan tireodin va b.q.


Dori-preparatlarni olishdagi texnologik operatsiyalarning xamma, turlarini tayyorlov, bevosita dori preparatlarini olish jarayoni, yakuniy va qo’shimcha operatsiyalarga bo’lishi mumkin.

Dorivor preparatlarni bevosita olish jarayonining asosida almashinish, termik, elektrokimyoviy ishlov berish, biologik jarayonlar, elektroliz kabi jarayonlar yotadi. Texnologik jarayonning mazko’r bosqichida: sulfirlash. nitrolash va galogenlash, aminlash va oksidlash, qaytalanish va oksidlanish reaksiyalari keng qo’llanadi.


Tabletka, draje, ampula ko’rinishidagi tayyor dori shakllarini olish juda ko’p tayyorlov va asosiy jarayon va operatsiyalardan tashqil topgan bo’lib, shunga muvofiq - jixozlarda ma’lum tartib va ketma-ketlikdagi ishlar amalga oshiriladi.


Dori shakllarini plastmassali, qog’ozli va shisha idishlarga joylashadi, mazko’r bosqichdagi juda ko’p operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan. Shu bilan birga ayrim korxonalardagi qo’l mexnati hanuzgacha saqlanib qolgan.

Qoida bo’yicha ishchilar murakkab tarkibga ega bolgan chang ta’siriga Duchor bo’ladilar, chunki bir vaqtning uzida bir necha turdagy dori preparatlari qadoqlanadi va idishlarga joylanadi.

Dori preparatlarini ishlab chiqarishning bu bosqichida gigiyena nuqtai- nazaridan asosiy nomuvofiq omil qatoriga dori changini kiritish mumkin.

Dorilarni ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitini belgilovchi ishlab chiqarish omillariga umumiy ta’rif


Kimyoviy omil. O’tkazilgan tekshirishlarning ko’rsatishicha, kimyo- farmasevtika korxonalaridagi asosiy nomuvofiq ta’sir etuvchi omillar, ishchi zonasi havosining zararli organiq va anorganiq moddalar bilan ifloslanishi, kiyimlar va badan terisining ifloslanishi hisoblanadi.

Dorivor preparatlarni ishlab chiqarishdagi ko’pgina korxonalardagi ishchi zonasi havosini ifloslovchi kimyoviy moddalarning tarkibi murakkab xarakterga ega bo’lib, bir vaqtning o’zida juda ko’p kimyoviy ingridientlarning aerozol, bug’ yoki gaz holida bo’lishi bilan bog’likdir.

Sintetik dorivor moddalarni ishlab chiqarishdagi mehnat gigiyenasi

Sintetik dorivor preparatlarni ishlab chiqarish korxonalari bir necha yuz turdagi xar xil vositalarni chiqarishni amalga oshiradi va ularning xammasi oltita guruxga biriktirilgan:


1. Anorganiq dorivor moddalar (brom4, yod, kaliy permanganati preparatlari).

2. Alifatik qatordagi dorivor birikmalar (spirtlar, oddiy efirlar, aldegidlar, aldegid kislotalari, karbonli kislotalar, alifatik aminlar,aminokislotalar va bd.).

3. Alitsiklik qatordagi dorivor birikmalar (terpinoidlar, vitaminlar - A, K, D, R, E, garmonlar, kon zardobini almashtiruvchi moddalar).

4. Aromatik qatordagi dorivor birikmalar (fenollar va ularning xosilalari, aromatik karbon kislotalari va ularning xosilalari, sulfanilamidli preparatlar, aromatik sulfo kislota xosilalari).

5. Elementoorganiq dorivor moddalar (margumush, surma, vismut, simob, fosfor moddalarining organiq birikmalari. ryontgenkontrast vositalari).

6. Geterotsiklik qatordagi dorivor birikmalar (bir yoki ikki atomli besh- olti a’zoli geterotskkplariir-g xosilalari).

Sintetik dorivor vositalarning birlamchi xom-ashyosi bo’lib tosh ko’mir, neft va boshqa moddalarni xaydash va qayta ishlash mahsulotlari xisoblanadi va ularning soni bir necha, yuzni tashqil etadi. Bo’lar turli xildagi organiq va anorganiq kimyoviy moddalar bo’lib, suyuq, qattik va gazsimon xolatlarda bo’ladi.


Ularni murakkab texnologyk qayta ishlashlardan o’tkazshib, asosan aromatik, kam darajada geterotsiklik va alifatik organik yarim mahsulotlar olinadi. Ularning asosiylari qatoriga turli xildagi aromatik aminlar va nitrobirikmalar, fenollar va naftollar, ularning sulfo kislotalari va galoid xosilalari kiradi.

Dorilarni sintezlashdagi nitrolash, sulfirlash, metillash, etillash, xlorlash va aminlash kabilar eng xarakterli reaksiyalar hisoblanadi. Bu reaksiyalarning xammasi uzining tuzilishi bo’yicha ) ishash bo’lgan apparatlar, aniqrog’i reaktorlarda amalga oshirilib, bajariladigan ishlarninG tabiatiga ko’ra aminatorlar, nitratorlar, sulfuratorlar, xloratorlar deb nomlanadi.

Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigyenasi

Axolini zaruriy dori vositalari bilan etarli darajada ta’minlashdagi muxim vazifalardan biri kasalliklarni oldini va davolash maqsadida keng qo’llanadigan antibiotiklarni ishlab chiqani yanada kengaytirish hisoblanadi. Bugungi kunga kelib tibbiy korxrnalarda 40 dan ortiq turdagi antibiotiklar va 100 ortiq dori shakllari ishlab chiqarilmoqda.


Antibiotiklar - mikroorganizmlar, yuqori bosqichdagi o’simlik va xayvonlarning xayot faoliyati jarayonida ishlab chiqiladigan va bakteritsid yoki bakteriostatik ta’sir xususiyatiga ega bo’lgan moddalardir. Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida turli xildagi kimyoviy birikmalar sinfyga taa’llukli bo’lgan 500 ga yaqin antibiotiklar ishlab chiqaridmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

3. Uayt V. “Технология чистыхпомещеный” – M. Klinrum, 2002y.

4. A. E. Fedotov. “Чистыe пoмeщeния” - M. ASINKOM, 2003y.


1. K. SH. Baltaeva, SH. T. Iskandarova, N. S. Tadjibaeva, M. I. Xasanova. Sanoat gigienasi va sanitariyasi. Farmatsevtika va tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. - T., 2010 y.

2. Nurmuhamedova M. X., Nazarova X. A. Gigiena. Toshkent, 2007 y.

5. Dade W. Moeller. Environmental Health. Third Edition. London, England. 2005. 652 pag
Download 268.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat