Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv ishidan chiqarilgan ilmiy xulosa va qarashlardan zamonaviy o‘zbek adabiyoti bo‘yicha qilinadigan tadqiqotlarda foydalanish mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida adabiyot fanida “Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti” mavzusini o‘qitishda hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 3-kursida Nazar Eshonqul ijodini o‘rganishda amalga oshirilgan ilmiy-nazariy qarashlarni qo‘llash mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Keyingi yillarda o‘zbek nasrining asosiy tamoyillari tahlil etilgan adabiy-nazariy hamda tanqidiy maqolalar, kitoblar ishning manbasi vazifasini o‘tadi. Yozuvchi Nazar Eshonqulning turli yillarda nashr etilgan hikoya va qissalardan tarkib topgan “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam”, “Yalpiz hidi” kitoblari bitiruv malakaviy ishining manbasini tashkil etadi. Shunihgdek, adabiyotshunosligimizda Nazar Eshonqul asarlari yuzasidan bildirilgan fikrlar, yozuvchi ijodiga doir tadqiqotlardan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |