Bitiruv ishining ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishida o‘zbek milliy nasrida keyingi avlod nosirlari ijodida uslubiy izlanishlarning o‘ziga xosliklari, milliy koloritning yorqinligi o‘rganildi. Bu o‘rinda yozuvchi Nazar Eshonqul ijodida obraz yaratish mahorati, milliy qahramon tasviri, obrazlar tizimining o’ziga xos jihatlari, inson taqdiri misolida hayotning murakkab qiyofasini haqqoniy yoritib berilishi kabi masalalarga e’tibor qaratildi. “Maymun yetaklagan odam”, “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyalaridagi tipik qahramon darajasiga ko‘tarilgan rassom va Bayna momo timsollari chuqur o‘rganildi. “Qora kitob” qissasida inson ma’naviyati masalasi, o’zini anglash, o’zligini topish isyoni, bu o’rinda yozuvchining badiiy mahorati, asardagi badiiy tilning o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, bugungi o‘zbek nasrining yutuqlari, Nazar Eshonqul ijodi misolida tahlil etilib, yozuvchining badiiy obraz yaratish mahoratini o‘rganish, adabiyotshunoslik ilmida bugungi kunda adabiy asarni tahlil qilishning yangicha tamoyillari yangicha badiiy tafakkur nuqtayi nazaridan qarashlar asosida amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |