Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘zbek adabiyotida Nazar Eshonqul ijodi, asarlarining zamonaviy nasrda tutgan o‘rni borasida qator maqolalar, ilmiy tadqiqotlar yaratilmoqda. Yozuvchi hikoyalardagi qahramon va tasvir masalasining o‘ziga xosligi adabiyotshunos olimlar U.Normatov (“Umidbaxsh tamoyillar”), Q.Yo‘ldoshev (“Yoniq so‘z”, “Dastlabki dovon belgilari”), A.Rasulov (“Badiiylik – bezavol yangilik”), U.Hamdam (“Yangilanish ehtiyoji”) singari kitob va adabiy-tanqidiy maqolalarida o‘rganilgan, tahlilga tortilgan. Shunga qaramay, Nazar Eshonqul asarlarida obraz yaratish mahorati maxsus tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan emas. Mana shularni e’tiborga olgan holda, yozuvchi asarlarining o‘ziga xos jihatlari, ulardagi milliylik va g‘oyaviylik masalasini tadqiqot ob’ekti qilib oldik va o‘rgandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |