TURIZMDA ELEKTRON TIJORAT XIZMATI Ergashev R.X.-QarMII professori,i.f.d. AnnatatsiY. Ushbu maqolada turizm sohasida internet xizmat kо‘rsatishning bir qator afzalliklari, elektron tijoratni tashkil etish va ularni takomillashtirish yuzasidan fikrlar bildirilgan.
Kalit sо‘zlar.Turizm,internet, elektron tijorat, xizmat kо‘rsatish
Hozirgi kunda turistik xizmatlarni amalga oshirishda internet asosiy va muhim vosita sifatida jadal rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda internetdan turizmga oid har qanday ma’lumotlarni topish mumkin, davlatlarning yо‘l harakati qoidalaridan tortib, ob-havo, narx-navo va boshqa ma’lumotlarga ega bо‘lish mumkin. Kо‘plab mehmonxonalar о‘zlarining imkoniyat va xizmatlari haqida internet orqali tо‘laqonli ravishda axborot berib keladi, shuningdek, mehmonxonani onlayn kuzatish, suratga olish, xoll va xonalari bilan tanishish imkoniyati yaratgan. Shuningdek, internet orqali ijaraga avtomobil ham olish mumkin, aytib о‘tish joizki, mamlakatimizda turistik xizmatlarning ushbu yо‘nalishiga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Yetakchi turistik kompaniyalar onlayn internet orqali dam olish kunlarini qayerlarda о‘tkazish qulayligi tо‘g‘risida tavsiyalar berib boradi.
Iqtisodiy rivojlanish davrining bugungi bosqichi turizm tadbirkorlik faoliyatida yangi biznes tamoyillarini, jumladan, elektron tijoratni iqtisodiy faoliyatga tatbiq etishni taqozo etmoqda. Bu atama axborot texnologiyalari va elektron tarmoqlari, jumladan, internet orqali kelishuvlarni amalga oshirish kabi faoliyatni о‘z ichiga oladi.
Internetdan turizm sohasida foydalanishni keng tarqalishini harakatga keltiruvchi asosiy kuch-tashriflarni rejalashtirish, yо‘llanmalarga buyurtma berish, nomerlarni band qilish va marketing xizmatlarining arzon narxlarda amalga oshirilishidir. Bundan tashqari xizmatlar va qulayliklarning yuqori darajada bо‘lishi ham kuchli ta’sir о‘tkazadi. Internetda xizmat kо‘rsatishning bir qator afzalliklari mavjud. Bularga:
iste’molchilar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘lanish imkoniyati;
taklif qilinayotgan xizmatlarning individualligi;
xizmatlarni tezkor amalga oshirilishi;
narxlarning arzonligi;
xolisona amalga oshirish imkoniyati;
istalgan vaqtda uzluksiz buyurtmalar qabul qilish va boshqalar.
Elektron tijoratni amalga oshirish uchun turistik kompaniyalar ishlash uslubi va xarakterini turoperatorlik va turagentliklar kompaniyalari faoliyatida kо‘rishi mumkin.
Turoperatorlar о‘zlarining korporativ bron tizimi orqali turagentlarga barcha turistik xizmatlarni taklif qiladi. Turagentlar onlayn orqali bron qilish tizimi yordamida nafaqat turistik xizmatlar haqidagi tо‘liq ma’lumot, balki narxlardan tortib, uchish kunlari, mehmonxonalar kategoriyasi va tanlangan turistik xizmatlarning real vaqtda amalga oshirilishi bо‘yicha ma’lumot berish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Iste’molchilar turagentlik serveri tomonidan taklif qilinayotgan yо‘nalish xizmatlarini tanlash imkoniyatiga ega. Ular tomonidan tо‘ldirilgan sо‘rovnoma xati tezkor holatda band qilishning korporativ tizimiga uzatiladi. Global distribyutorlik tizimi orqali esa har qanday xizmat, masalan, samolyotga chiptalar sotib olish, mehmonxona xonalari va teatrga chipta band qilish kabi operasiyalar amalga oshiriladi.
Turagentliklar bron qilish tizimidan avtonom holda, ya’ni faqat turmahsulotlarni bron qilishi yoki kompleks holda turagentlik faoliyatini tо‘liq avtomatlashtirish orqali foydalanishi mumkin. Ikkinchi holda agentlikning barcha hujjatlar buxgalteriyadan tortib, to chipta sotishgacha bо‘lgan xizmatlar bron qilish tizimi orqali amalga oshiriladi, ya’ni barcha xizmatlar elektron kо‘rinishga ega bо‘ladi. О‘z navbatida turoperatorlar global distribyut tizimida о‘z tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimidan tezkor axborot olishi uchun foydalanadi.
Global distribyut tizimining ahamiyati bir muncha arzon bо‘lgan internet texnologiyalari, ya’ni oxirgi iste’molchilar bilan tо‘g‘ridantо‘g‘ri bog‘lana olish, turistik xizmatlar va aviakompaniyalar tizimidan foydalanmagan holda amalga oshirilishi tufayli pasayishi mumkin. Savdo hajmlari oshirilishida ushbu tizimning ahamiyati yuqoridir.
Xorijiy kompaniyalarning hisob-kitoblarga kо‘ra, turistik yо‘llanmani internet tizimi orqali savdo qilish 5-10 doll. aylanadi, an’anaviy holda 15- 25 dollarga aylanadi1. Zamonaviy internet texnologiyalari turistik kompaniyalarga off-layn tizimida amalga oshirilishi mumkin bо‘lmagan quyidagi 2 ta asosiy xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi: - multimedia texnologiyalari va videoanjumanlardan foydalanib sayohat yо‘nalishlarini tanlash; - aviareyslarni tо‘ldiruvchi chiptalarni sotish bо‘yicha internet auksionlarni о‘tkazish. Internetda turistik xizmat hisoblangan eng kо‘p tarqalgan internet kataloglar – iste’molchilarning kо‘plab takliflar ichidan о‘ziga kerakli xizmat turini tanlab olish imkoniyatini beradi. Bu esa о‘z navbatida turistik kompaniyalarni orasidagi sog‘lom raqobatni kuchaytiradi va iste’molchilarga sifatli xizmat kо‘rsatish imkonini beradi. Rivojlangan davlatlarda elektron tijorat kundalik xayotning bir bо‘lagiga aylanib ulgurdi.
Tadbirkorlik subyektlari turizm faoliyatini faqat belgilangan tartibda tegishli litsenziyani olgandan keyingina amalga oshirish huquqiga ega. Ekskursiya faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish talab etilmaydi.
Turizmda elektron tijorat xizmati bо‘yicha turoperatorlar faoliyati asosiy omillardan biridir. Shu sababli turoperatorlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
turizm tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;
yuridik shaxs shtatida «turizm» yо‘nalishi bо‘yicha oliy yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bо‘lgan yoki malaka sertifikatiga ega bо‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bо‘lishi;
yuridik shaxs xodimlari (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yо‘riqchi-yо‘l boshlovchilar) 3 yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka sertifikati olishi;
«chiqish turizmi» yо‘nalishi bо‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni Turizmni rivojlantirish davlat qо‘mitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilishi;
turizm xizmatlarining muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfsizlikni ta’minlash bо‘yicha tizimning mavjudligi;
turizm mahsuloti buyurtmachisi bilan, shu jumladan О‘zbekiston Respublikasining turizm xizmatlarini kо‘rsatish tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga javob beradigan elektron tijorat shartnomasi tuzilganidan keyin turizm xizmatlarini taqdim etish;
har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida О‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bо‘lishning о‘ziga xos xususiyatlari tо‘g‘risidagi axborotni yetkazish;
mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yо‘nalishlari uchun mas’ul bо‘lgan litsenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi va otasining ismi tо‘g‘risida tо‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan ushbu kо‘rsatilgan ma’lumotlarni о‘zining xalqaro internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron tо‘lovlar, bron qilishlar, «ichki turizm», «chiqish turizmi va «kirish turizmi» yо‘nalishi bо‘yicha ekvayring xizmatlarini kо‘rsatadigan veb-saytga ega bо‘lishi (ushbu talabning chet tillari bо‘yicha qismi «ichki turizm» yо‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);
turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi;
faoliyatni faqat litsenziyada kо‘rsatilgan yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshirish.
1 http://www.6thstation.com/site-development.php. Создание веб-сайта электронной коммерции