1.“Kim chaqqon”. Bolalarga istalgan biror matndagi ko‘p uchraydigan xarflarni, masalan, “o” yoki “e” harflarni tez va aniq belgilab chiqish tavsiya etiladi. Testning muvaffaqiyatli bajarilishi, bajarilish vaqti, xatolar soni va belgilanmay qoldirilgan xatolar soni bilan baxolanadi. Bu ko‘rsatkichlar qanchalik kam bo‘lsa, test shunchalik yaxshi bajarilgan bo‘ladi. Bunda bolani rag‘batlantirish va uni qiziqtirishlarni oshirishga erishish kerak.
Diqqatni ko‘chuvchanligi va taqsimlanishi mashq qildirish uchun vazifani o‘zgartirish kerak. Bunda, bitta harfni vertikal chiziq bilan boshqasini gorizantal chiziq bilan uchirish yoki o‘qituvchining ishorasi bilan shu harflarni o‘chirishda o‘rnini almashtirish mumkin. Masalan, bir hafrni o‘chirish, ikkinchi harfni tagiga chizish, uchinchi harfni doira ichiga olish va x.k. Bunday mashqlarning maqsadi – odatiy harakatlarni avtomatisizm darajasiga yetkazish, aniq bo‘ysuntirilgan, aniq maqsadni aniqlash. Mashqlar davomiyligi bolaning yoshiga qarab belgilanadi. (kichik maktab yosh – 15 min; o‘smirlar uchun 30 minutgacha).
2. “Diqqatni jamlash.” Atrofdagi narsa buyumlarda tana orgonlarida yoki fikrlarda o‘tkzilishi mumkin. Diqqatni jamlash mashqlarning har bir minutdan yarim soatgacha vaqt ajratiladi. Vaqt belgilanib, kerakli holat tanlanadi va muskullari bo‘shashtiriladi. So‘ng diqqatni jamlash ob’ekti tanlanadi. Agar mashq davomida diqqat boshqa narsalarga chalg‘iy boshlasa, asabiylashmasdan, tushkunlikka tushmasdan, diqqatni yana kerakli ob’ektga qaratiladi. Mashq uchu belgilangan vaqt davomida kishi diqqatining chalg‘ishi uch martadan oshmasligi muhim xisoblanadi.
3. “Pashsha”. Mashqni o‘tkazish uchun 3x3 shaklidagi to‘qqizta katakli o‘yin maydoni chizilgan. Taxta va plastilin bo‘lagi zarur bo‘ladi. Plastilin o‘rgatilgan pashsha vazifasini bajaradi. Taxta vertikal holatda turg‘izilib, qatnashuvchilarga o‘yinning borishi tushuntiriladi; pashshani bir katakdan boshqasiga o‘tishi uchun “o‘ngga, chapga, yuqoriga, pastga” kabi buyruqlar beriladi. O‘yin boshida “pashsha” markaziy katakda joylashdi. Buyruqlarni qatnashchilar navbatma-navbat beradilar. O‘yinchilar pashshani diqqat bilan kuzatib, “pashsha” ning o‘yin maydonidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. O‘yin davomida kimdir buyrug‘i bilan xato qilsa yoki “pashsha” maydondan chiqib ketsa, “to‘xta” buyrug‘i berilib, “pashsha”ni yana markaziy katakka qaytarilib, o‘yin boshidan boshlanadi. “Pashsha” o‘yinni qatnashchlaridan diqqat bilan berilib o‘ynashini talab qiladi. Mashq yaxshi o‘zlashtirilganidan so‘ng uni yanada murakkablashtirish mumkin. Buning uchun maydondagi kataklar sonini 4x4 qilib oshirish mumkin. Yoki “pashsha”lar sonini oishirish mumkin. Bunda har bir pashshaga buyruqlar alohida qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |