Mavzuning o’rganilaishi:
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Mohir so‘z san’atkori Iqbol Mirzo ijodida individual uslubiga xos xususiyatlarni aniqlashda shoir poetik asarlarida qo’llanilgan metaforalarni, she’riy san’atlarni tahlil qilish kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishi oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tadqiqot jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:
− metafora va sinekdoxaning o’zbek adabiyotshunosligida ishlangan xususiyatlarini yanada boyitish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni tahlil qilish;
− Iqbol Mirzo ijodining o‘zbek adabiyotshunosligida o‘rganilishi haqida fikr yuritish va uning bo’yicha metaforik xususiyatlarini aniqlash jihatdan tadqiq etishning bugungi kundagi dolzarb ahamiyatini belgilab berish;
− shoirning she’riy asarlarda metaforalar va sinekdoxalarni tanlash va qo‘llashdagi mahorati, o‘ziga xos individual uslubining metaforik xususiyatlari haqida fikr yuritish;
− Iqbol Mirzoning lirik qahramon ruhiyati, ichki kechinmalari, voqelik faktlariga munosabatini ochib berishda metaforalardan foydalanishdagi o‘ziga xos uslubini aniqlash;
Tadqiqot manbalari: Shoir Iqbol Mirzoning bir qator she’rlari ‘’ Tanlangan she’rlar’’, ‘’Sizni kuylayman’’ she’riy to’plamlari. SHuningdek, shoir haqidagi ilmiy tadqiqotlar, malakaviy ishlar taqdqiqotimizning asosiy manbasidir.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Iqbol Mirzo ijodida ma’no ko’chishning sinekdoxa va metaforik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan ushbu kurs ishi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari Iqbol Mirzo she’rlari jihatdan o‘rganish bo‘yicha izlanish olib boruvchi tadqiqotchilar uchun muhim ma’lumotlar beradi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotshunosligida Ma’no ko’chishlar, she’riy san’atlar bo‘yicha o‘quv dasturlari tuzishda, badiiy matnning metaforik tahlili bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratishda tadqiqot natijalari material vazifasini o‘taydi. Ishda erishilgan natijalardan adabiyotshunosligida alohida olingan ijodkorlar tili va uslubi, xususan, she’riy asarlarning metaforik imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha kelgusida magistrlik dissertatsiyalari, malakaviy bitiruv ishlari yozishda foydalanish mumkin.
Kurs ishi tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib, 24 sahifadan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |