Mundarija kirish I bob. Iqbol Mirzo o’zbek she’riyatining zabardast vakili



Download 49,76 Kb.
bet8/8
Sana29.04.2022
Hajmi49,76 Kb.
#589665
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ooooo

Nuh to’foni qismat shamoli misrasida Nuh to’foni Nuh Allayhissallom nomi bilan bog’liqdir. Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga: Alp Tegin nomi O’rxun Enasoy yodgorliklari mualliflaridan biri Yo’llyq Tigin nomi bilan aloqadordir. Bu shoirning ham tarixdan yaxshi xabardor ekanligini bildiradi.
Qo‘lingni ko‘zimga suray, otajon,
Yoningda ul bo‘lib yuray, otajon,

Yaxshi kunlaringni ko‘ray, otajon,

Sovimasin qo‘lda choylaring, o‘zbek.

Ushbu to’rtlikning o’zidayoq boshdan oyoq sinekdoxa namunasini ko’ramiz.
Qo’lingni ko’zimga suray birikmasida butun orqali bo’lak ma’no ifodalanayapti.(Butun boshli qo’lni ko’zga surtib bo’lmaydi, qo’lning bir qismi kaft nazarda tutilyapti), sovimasin qo’lda choylaring birikmasida qism orqali butun ma’no ( Choy so’zi dasturxondagi noz-ne’matlarning bir qismi) ifodalanyapti.
Tush kabi jimirlab, mungli kuylaring, mungli kuylaring, qora kunlar, dunyo go‘zali – sen, qadoqqo‘l singlim, yaxshi kunlar, havoli bog‘lar mataforik iboralar qo’llash orqali ta’sirchanlik yana ham oshgan.

Shoirning qizi Kumushoyga atab yozilgan ‘’ Qizim Kumushoy’’ she’rida ham ajoyib metaforik tashbehlarni ko’rishimiz mumkin.
Menga oltin nima, menga nima dur?
Baridan a’losan, qizim Kumushoy.
Yorug‘ dunyo nima, olam nimadir?
Qarog‘im gavhari – ko‘zim Kumushoy.
Kulging kumush bo‘lsa, chehrang to‘linoy,
Kechalar uzanib silar qo‘ling oy.
Quyosh xizmatingda, sodiq quling oy,
Yulduzchalar tizim-tizim, Kumushoy.

Qarog’im gavhari -ko’zim Kumushoy deyish orqali shoir qizini ko’zining qorachig’iga o’xshatyapti, bu esa albatta qism orqali butun ma’noni yuzaga chiqargan.
Kulging kumush bo‘lsa, chehrang to‘linoy deyish orqali shoir ajoyib tasviriy ifodalardan foydalangan.
Buloq

Buloq ko‘zyoshining asl asosi
Anov cho‘qqilarda, tumanli tog‘da.
Mening g‘ussalarim manbai, rosti,
O‘smirlik yoshimda, juda yiroqda.

Buloq ko‘zyoshidan tiniqib ichib,
Chanqog‘i bosilib, yo‘lchi minnatdor.
She’rlarimni o‘qib, yorishib ichi
Yana sevib qopti, deguvchi ham bor.
‘’Buloq’’ she’rida buloq ko’zyoshi birikmasi metafora vositasini yuzaga chiqargan.

Shoirning quydagi‘’Kipriklaring’’ she’rida sinekdoxa vositasini ( tirnog’ingga arzimasam birikmsida qism orqali butun ma’no ifodalangan) ko’rishimiz mumkin.
Kipriklaring quyuqdir biram,
Tirnoqlaring tabiiy guldor.
Tirnog‘ingga arzimasam ham
O‘tib ketma beparvo, dildor!
Shoirning quydagi ‘’O’zbek o’g’li’’ she’ri orqali ham, birgina o’zbek o’g’li misolida o’zbekning er-u yigitlarini tushunamiz.

O'zbek desam jaranglagan tor kelur,


Undan oldin nomus ila or kelur.
Burgut kelur, lochin kelur, sor kelur,
O'zbek o'g'li, o'zligingni unutma!
Sevgi satrlari – Iqbol sheʼrlarining oʻqildizi. Ayniqsa, yoshlikning qaynoq pallalarida yozgan har bir sheʼrida ayni mavzu badiiy talqin etiladi. Umid va eʼtiroz, oʻpkalanish va chorlov, ikkilanish va quvonish, dadillanishu duduqlanish – bularning barchasi ishq dardiga mubtalo odam koʻngil holatining kontrast sifatlari. Mavlono Abdulla Qodiriyning nurli qahramoni Mirzo Anvar fikricha: “Ishq davomi, avom oʻylagancha, vasl emas – hajrdir. Zero, vasl ishq oʻtini soʻndirguvchi, hajr esa kamolatka erishdirguvchidir”. Iqbol Mirzo oʻsha tuygʻuni qatʼiy qilib:
Bulutlar uchrashdi chaqmoqlar otib,
Chaqmoq – sogʻinchlarning oydin gulimi?
Yomgʻir shivirladi toʻkilayotib:
Visol – muhabbatning goʻzal oʻlimi,
deb yozadi. Ushbu banddagi bulutlar toʻqnashuvi va uning oqibatida yalt-yult chaqmoqning gulga tashbehi ham juda oʻrinli va goʻzal bo’lib, ajoyib metaforani yuzaga chiqargan.
Iqbol sheʼrlari haddan tashqari murakkab emas. Ularni anglab, tushunib, his etib turasiz. Sizni zavqlantiradi, yurakni koʻpirtirib, hayajonga soladi. Ammo tizginsiz tuygʻularga qanot bagʻishlagan sheʼr sirini topish qiyin. Chunki shoir shunday bir lahzada borliqni “xayol koʻzi” bilan koʻrib, “lazzatga gʻarq boʻlib” yashaydi. Shoir yopirilib, toʻlib-toshib kelgan xayol inʼomini qogʻozga koʻchiradi. Bu ijod jarayoni haqidagi bizning sodda tasavvur. Aslida sheʼr va shoirlik ijod psixologiyasining eng murakkab mavzusidir. Chunki sheʼriy ifodalaridan baʼzan shoirlarning oʻzi hayron boʻladi, gohida tasavvur tasviriga oʻzlari ham ojiz qoladi. Choʻlpon nadomat bilan “Shu ojiz holimda shoirmanmi men?” deb yozgʻirgani rost. Koʻpincha har qanday odam goʻzallikni koʻrib, sezib, anglab, zavq oladi. Ammo uni soʻz bilan ifodalashga qiynaladi.
Dunyoda hech bir narsa oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi. Hattoki eng kichik zarrachaning ham yaralishida nimadir turtki yoki taʼsir koʻrsatgan boʻlsa kerak, hoynohoy. Bu fikrni sheʼriyatga muqoyasa qilsak, koʻngil tuygʻularining yaralishi qalbu shuurimizni junbishga kelarli darajada hayajonga solsa, tasavvurimizni boshqa – nomaʼlum bir olam sinoatlarining mantiqini anglashga daʼvat etsa, demak, ushbu hodisaga shoir oʻz maqsadlarini toʻliq singdira olganligi, ayni paytda, “xos ohang”ni tanlay bilganligi ayonlashadi. Shoir – soʻz tanlaydi. Soʻzning ruhi va kishi koʻngliga taʼsir etuvchi jihatlari rang-barang va serjilo boʻlgandagina haqiqiy sheʼr boʻla oladi. Negaki, sheʼr shoir anglagan, his qilgan olamning mevasi. Bu olamga kirib borish bizni nafaqat ijodkor olamiga yaqinlashtiradi, balki dunyoning sir-sinoatlarini tushunishga zamin hozirlaydi. Ruhiyatning cheksiz imkoniyatlari borligidan ogoh etadi. Muhimi, uni qanday va qay tariqa ifodalay bilishda deb oʻylayman.
XX asr intihosidagi sheʼriyatda xalqona ohang ifodasi koʻzga tashlana boshladi. Shu ifoda usulida “eksperiment”lar qilish anʼanasi oʻzgacha tus oldi. Aniqrogʻi – urf boʻldi. Ayniqsa, uslubiy “yaqin”lik sezilib qolgan holatlar uchrab turdi. Lekin bu roʻyxatda hamma shoir ham oʻziga xos uslubda ijod qila oldi deb boʻlmaydi. Iqbol Mirzo ijodida tamomila yangicha ruh, yangicha kayfiyat borligini katta avlodga mansub munaqqidlarimiz ham eʼtirof etishdi. Bu safning boshida ming-minglab sheʼrxonlarni yigʻlatgan, koʻngil tuygʻularining nozik sirlaridan qalblarga yorugʻlik, mehr va vafo urugʻini ekib ketgan Muhammad Yusuf ekanligini alohida eʼtirof etish joiz. Jumladan, xalqona ohangda bitilgan hamda shu anʼanani tadrijiy davom ettirib, oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan Iqbol Mirzo sheʼriyati ham fikrimizning yorqin dalilidir. Biz ushbu ixcham tadqiqotimizda lirik kechinma xususida bir-ikki holatni tahlil etishni lozim koʻrdik.
Iqbol Mirzo sheʼriyatida lirik kechinma tabiati – uch tarixiy oʻlcham, kecha-bugun-ertaga tarzida namoyon boʻladi. Kechinma har bir sheʼrning mohiyatidagi aks ettirilgan maʼnoni ifodalaydi. Kechinma turlicha boʻlishi mumkin. Iqbol Mirzoning keyingi yillarda yaratgan Vatan haqidagi sheʼrlarida lirik kechinma koʻproq – tarixiy shaxslar, tarixiy obidalar, Vatanni anglash va uni tushinish, shu tufayli oʻz dunyoqarashini ifodalash, yaʼni borliqdagi voqea-hodisalarga shaxsiy munosabati ila yondashuvi orqali poetik yaxlitlik kasb etadi. Demak, kechinma tabiati oʻz davrining adabiy mahsuli sifatida yuzaga kelishi oydinlashadi. Masalan, shoirning “Ona tuproq” sheʼrida kechinma – tarix va bugun timsolida ifoda etiladi:
 
Avliyolar, daholarning beshigisan,
Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.
Tiriklikning navosi ham qoʻshigʻisan –
Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,
Oʻzbekiston, ota makon, ona tuproq!
Ushbu sheʼrda kechinma – tarix, zamon hamda Vatan muqaddasligi-yu, Kaʼba yangligʻ sajdagohligini anglab yetishga oʻquvchini daʼvat etadi. Ayonki, har qanday sheʼr oʻquvchi qalbiga koʻchgan tuygʻular taʼsiri ong osti qatlamlarida reallashadi, shu boisdan “tushuncha” subʼyektiv “men”, obʼyektiv “men” tomon evriladi. Sheʼrning ikkinchi misrasida “Naqshbandlar topgan jannat eshigisan”, deydi Iqbol Mirzoning lirik qahramoni. Darhaqiqat, lirik kechinmaning eng birlamchi xususiyati uning samimiy ifoda etilishida koʻzga tashlanadi. Tuygʻu samimiy boʻlmasa, yaʼni chin ifoda etilmasa, sheʼr badiiyati yetarlicha talqin qilinmasligi mumkin. Aynan bu holat sheʼrning ruhida yaqqol seziladi. Binobarin, koʻngil tuygʻulari xoh u jiddiy, xoh u quvnoq mazmunda ifodalanishidan qatʼi nazar, samimiylik boʻlmasa, haqiqiy sanʼat asari, oʻquvchi qalbini hayajonga sola bilmaydi. Chin va samimiy tuygʻudangina goʻzal sheʼr yaraladi. Iqbol Mirzo ijodini shartli ravishda uch xil mazmunga boʻlib oʻrganish mumkin:
 
Birinchisi – muhabbat haqidagi sheʼrlar;
Ikkinchisi – ijtimoiy-siyosiy lirika;
Uchinchisi – Vatan mavzusini tarannum etgan sheʼrlar majmui.
Shoir oʻz tarjimai holida “muhabbat menga qalam tutqazgan, keyinchalik bu yurt, vatan ishqiga aylangan” degan edi. Shoirning muhabbat haqidagi sheʼrlarida ifodalangan kechinmalar kitobxonni oʻziga tezda jalb etadi, koʻngillarga yorugʻlik inadi, umidbaxsh tuygʻularni tuhfa etadi:
 
Yomgʻirlar sochildi, gʻuborlar ketdi,
Senga gul tutolmay bahorlar ketdi.
Yellar hovuchida uforlar ketdi,
Shamolcha himmatim bormidi mening?
Mendan senga faqat ozorlar yetdi.
Shoir ushbu sheʼrida lirik qahramonning mahzun kayfiyati bilan kitobxonni tanishtiradi. Samimiy va xalqona ohang uygʻunligi zamirida poetik aniqlik va yaxlitlikka erishilgan. Lirik qahramon kechinmasi – tuygʻusi chin va samimiydir. “Oʻz jufti haloli”ga “bir gul tutolmay”, “faqat ozorlar” yetkazganiga iqror boʻladi. Bunday holga tushganidan oʻzini aybdor ekanligini tushuntirmoqchi boʻladi. Sheʼr toʻrtta banddan iborat boʻlib, poetik yechim oʻziga xos tarzda yakunlanadi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Iqbol Mirzoning aksariyat sheʼrlarida zamondosh inson ruhiyati, Vatan va xalqi oldidagi burchi, ahdiga vafodorligi, vijdonli, or-nomusli, oʻzidagi masʼuliyatni teran his etuvchi qaxramonlar boʻlibgina qolmay, tarix va oʻtmish hodisalarini ham chuqur anglab yetgan inson boʻlib koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi. Sheʼr – oniy bir lahza, kayfiyat mevasidir. Bu nafosat olamiga kirib borgan sayin, qalbimizni goʻzal tuygʻular, betakror orzular, umidvorlik hissi chulgʻay boshlaydi. Ayonki, har qanday sheʼr lirik kechinma asosida yaraladi. Shu boisdan sheʼrdagi har bir unsur – kechinma, fikr tadriji tomon yuqorilay boshlaydi. Muhimi, tuygʻuning ifodalanish darajasi bilan oʻlchanadi bu kabi hodisalar. Iqbol Mirzoning xoh muhabbat, xoh vatan, xoh doʻst, xoh hayot toʻgʻrisida yoki shunga yaqin mavzular kuylangan sheʼrlarini yaxlit olib qaraydigan boʻlsak, xalqona ohang shoir ijodida oʻziga xos, betakror, samimiy, goh oʻychan, goh shod yoʻsinda ifoda etilganligining guvohi boʻlamiz. Kechinma bagʻridagi umid, chaqiriq, daʼvat – inson oʻz oʻzini anglashi, tushunib yashashi, har bir narsaning qadriga yetishidan muayyan saboqlar bera olishi ayni haqiqatdir. 
Xulosa:
Iqbol Mirzo ijodining lisoniy xususiyatlarini o’rganish bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Bugungi kunda o’zbek adabiyotshunosligida badiiy asar tahliliga bag’ishlangan keng qamrovli tadqiqotlar olib borilayotganligi bu sohaning jadal suratda rivojlanib borayotganligini ko’rsatadi.
2. Alohida olingan ijodkorlar asarlarining o’ziga xos xususiyatlarini qo’llagan ma’no ko’chish turlari tadqiq qilish orqali ochib beruvchi tahlil adabiyotshunoslikning barcha yo’nalishlari bilan aloqadordir. Ijodida metafora va sinekdoxalarning tutgan o’rni, qo’llanish imkoniyatlari muallif mahoratiga, individual uslubiga bog’liq bo’lib, poetik matnlarda ularning badiiy-estetik xususiyatlari yaqqol namoyon bo’ladi.
3. She’rlarda muallif tomonidan to’g’ri tanlangan vositalar o’ziga xos ma’no nozikliklariga ega bo’ladi. Tilimizdagi bir qator so’z va iboralarning emotsional-ekspressiv xususiyatiga ega bo’lishi ularning she’riyatda metaforik vosita sifatida ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun Iqbol Mirzo tomonidan ma’lum bir uslubiy maqsadda tanlangan xalqchil birikmalar, metaforik tasvirlar, fikrlarning o’quvchi tomonidan tez va to’g’ri tushunilishini ta’minlashdan tashqari obrazlilikni ham vujudga keltiradi. Iqbol Mirzo she’riyatida asar mazmunini ochishga, qahramonlar xarakter-xususiyatlarini obrazli tarzda ifodalashda ko’chma ma’no asosida yuzaga keluvchi vositalar muhim ahamiyatga ega Iqbol Mirzo ma’no ko’chimlaridan foydalanishda so’zlarning jozibadorligini hisobga olishni o’ziga xos uslubiy vazifa etib belgilaydi. Shuning uchun uning she’rlarida qo’llanilgan metafora, metonimiya, sinekdoxa kabi tasviriy vositalar, she’riy san’atlar muallifning individual uslubi bilan bog’liq holda namoyon bo’lgan. Har bir ijodkor tildagi mavjud vositalardan o’rinli foydalana olishi bilan o’z ijodi mahsuli bo’lgan she’rlari tilining aniq va tushunarli, ifodali va ta’sirchanligini ta’minlashga erishadi. Iqbol Mirzo she’rlarida qo’llanilgan metaforalar fikr ifodalashda qulaylik tug’dirishdan tashqari tasvirlangan jarayonni, voqelikning poetik manzarasini o’quvchi ko’z o’ngida aniq gavdalantiradi, unda zavq uyg’otadi, kitobxonda ularga nisbatan subyektiv munosabatning yuzaga kelishiga zamin yaratadi.
4. Iqbol Mirzo she’riy san’atlardan foydalanishda o’zbek she’riyatining davrlar osha shakllangan va takomillashgan an’ana va mezonlariga amal qiladi. Iqbol Mirzo favqulodda kashf qilgan badiiy topilmalar, kutilmagan obrazli ifodalar kitobxonni hayratga soladi, ulardagi shoirning hayotni teran ko’z bilan kuzatishi asosida yuzaga kelgan o’ziga xos badiiy tafakkur, bir-birini to’ldiruvchi mantiqiy xulosalar matnga poetik bo’yoq, ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Shuning uchun u tomonidan qo’llanilgan va matnga bog’liq holda badiiy obrazga aylangan tushunchalar she’rdan she’rga ko’char ekan, har gal o’zlarining yangi-yangi nozik qirralarini kitobxonga oshkor etadi va poetik ta’sirchanlik xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
5. Iqbol Mirzo she’riyatida o’xshatish, jonlantirish, antiteza, sifatlash, takror kabi she’riy san’atlar faol qo’llanilgan bo’lib, ular kitobxonni shoir ruhiyatiga oshno qiladi, betakror poetik manzaralar hosil qiladi, muhim vosita sifatida she’rlarda badiiy-estetik ta’sirchanlikni oshirishga, turli ma’no nozikliklarini ifodalashga xizmat qilgan. She’riyatda bu vositalarni qo’llash bilan shoir kitobxonni tasvirlanayotgan kishining ichki olamiga olib kiradi, uning kechinmalari, his-tuyg’ulari bilan tanishtiradi. Bundan tashqari kitobxonga ruhiy lazzat, orom bag’ishlashni ham nazarda tutadi. Yuqorida qayd etilgan holatlar Iqbol Mirzoning metafora va badiiy san’atlardan foydalanishda mohir so’z san’atkori ekanligidan dalolat beradi. Ishda erishilgan natijalardan o’zbek adabiyotshunosligida alohida olingan ijodkorlar asarlarining metaforik xususiyatlari, xususan, she’riy asarlarning metaforik imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bo’yicha kelgusida magistrlik dissertatsiyalari, malakaviy bitiruv ishlari yozishda foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Iqbol Mirzo ijodi keng qamrovli ummon. Uning har bir she’ri shu ummon tubidagi qimmatbaho dur.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san‟at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma‟naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. // Xalq so„zi gazetasi. – Toshkent, 2017-yil. 4-avgust.
2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: “O„qituvchi”, 2001. – 556b
3. Iqbol Mirzo. Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. – Toshkent: “Istiqlol”, 2005.
4. Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman. – Toshkent, 2007. – B
5. Iqbol Mirzo. Tanlangan she’rlar. ‘’G’afur G’ulom ‘’ nashriyoti Toshkent, 2005.
6. www.google.uz
7. www.litrature.uz
8. www.ziyonet.uz
Download 49,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish