Mundarija kirish I bob. Iqbol Mirzo o’zbek she’riyatining zabardast vakili


I.BOB IQBOL MIRZO O’ZBEK SHE’RIYATINING ZABARDAST VAKILI



Download 49,76 Kb.
bet3/8
Sana29.04.2022
Hajmi49,76 Kb.
#589665
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ooooo

I.BOB IQBOL MIRZO O’ZBEK SHE’RIYATINING ZABARDAST VAKILI
1.1 Iqbol Mirzoning hayot yo’li
Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliyev) 1967 yil 1 mayda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1974 yili tumandagi 19-oʻrta maktabga oʻqishga kirib, 1984 yili oltin medal bilan tamomlagan. Shu yili Fargʻona davlat pedagogika instituti (hozirgi FarDU)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirgan. Talabalik yillarida harbiy xizmatni oʻtab qaytgan.
1992 yili Toshkentga kelib, “Oʻzbekiston tabiati” gazetasiga muxbir boʻlib ishga kirdi. Keyin “Vatan” haftanomasida boʻlim boshligʻi, masʼul kotib vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1996 yildan Oʻzteleradiokompaniyada katta muharrir, direktor oʻrinbosari, studiya bosh muharriri boʻlib ishlagan. Ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelyapti. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi ham Milliy estarada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi raisi vazifalarida faoliyat olib boryapti.
Dastlabki sheʼrlari 1980 yildan boshlab poytaxt matbuotida chop etila boshlagan. 1993 yili “Yurakning shakli” toʻplami (“Kamalak” nashriyoti) eʼlon qilingan. Oʻsha yili “Koʻngil” (Choʻlpon nashriyoti), 1994 yili “Seni sogʻinaman” (Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti), 2000 yili “Meni eslaysanmi” (Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti), 2002 yilda “Tanlangan sheʼrlar” (Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti), 2004 yilda “Qoʻshiqlarim” (“Istiqlol” nashriyoti), “Seni bugun koʻrmasam boʻlmas” (“Istiqlol” nashriyoti), 2007 yilda “Sizni kuylayman” (“Sharq” NMAK), 2010 yilda “Agar jannat koʻkda boʻlsa…” (“Sharq” NMAK), 2014 yilda “Vatan haqida qoʻshiq” hamda “Aytgil, doʻstim, nima qildik Vatan uchun” (“Oʻzbekiston” NMIU), 2015 yilda “Seni bugun koʻrmasam boʻlmas” (Gʻafur gʻulom nomidagi NMIU) nomli kitoblari nashrdan chiqqan.
Iqbol Mirzo zamonaviy oʻzbek adabiyotining zabardast vakilidir. Uning sheʼrlari oʻziga xos nozik tuygʻular, milliy boʻyoqlar, oʻzbekona ohang va falsafa bilan yoʻgʻrilgan.
1999 yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2005 yili “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor boʻldi. Bir necha bor “Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi” matni muallifi boʻlgan.2009 yildan Senat aʼzosi.2014 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Iqbol Mirzo ijodida muhabbat mavzusidagi she`rlarning ajoyib namunalarini uchratish mumkin. Masalan, Iqbol Mirzoning «Farishta», «Yonimga kel, yorim», «Seni moo’inib», «Istaysizmi-yo`qmi», «Muhabbat», «Ko`nglingda nima bor?», «Seni bugun ko`rmasam bo`lmas» kabi she`rlarida sof-samimiy,, pokiza muhabbat, unga intilish va shu orqali tozargan qalb, ruhi poklangan jism, botini harirlashgan banda, majoziy muhabbatdan ilohiy ruh, ilohiy go`zallik izlagan inson tasviri gavdalanadi. Bu she`rlarning ayrimlari qo`shiq sifatida ijro etilib xalq qalbidan joy olishga ham ulgurgan. Lirik she`rlar, ya`ni muhabbat mavzuidagi she`riyat namunalari. Hamma zamonlardagi kabi davrimiz she`riyatida ham muhabbat mavzusi o`zining etakchilik mavqeini saqlab qoldi, yangidan yangi ijod namunalari hisobiga kengaydi. Muhabbat mavzuidagi she`rlar zamirida yotgan badiiy-falsafiy yuk ramziy ishora va obrazli ifodalarga boy bayon tarzi bilan yanada teran ma`no kasb etdi. SHuningdek, mumtoz she`riyatimizda mavjud ilohiy va majoziy ishq, yor jamolining Olloh jamoli tajallisi ekanligi, oshiq o`zini ma`shuqa bilan bir deb bilishi kabi tasavvufiy g’oyalar aks etgan she`rlarining tez-tez ko`zga tashlanib turishi ham bugungi o`zbek she`riyati uchun xos yana bir xususiyatdir
Ijtimoiy lirika – bu guruhga Vatan, Istiqlol, mamlakatdagi turli o`zgarishlar, kamchilik va yutuqlar kabi turli xildagi masalalardan bahs yurituvchi she`rlarni kiritish mumkin. Bunday she`rlarni ikkinchi nom bilan zamonaviy mavzudagi she`rlar deb atashimiz ham mumkin.



Download 49,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish