Mundarija kirish I bob bolalar nutqini o’stirishda ijtimoiy omillar



Download 40,96 Kb.
bet1/8
Sana15.04.2022
Hajmi40,96 Kb.
#554930
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diplom ishi Botirova



MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….3
I BOB Bolalar nutqini o’stirishda ijtimoiy omillar……………………...5

    1. Bolalar Nutqning anatomik va fiziologik mexanizmlari…………….5

    2. Bolalar nutqini rivojlantirishda ahamiyat ko’rsatish zarur bo’lgan omillar………………….…………………………………………….9

II BOB Ilk yoshdagi bolalarda nutqini rivojlantirish……………………13
2.1 Ilk yoshdagi bolalarda nutqini rivojlantirishning o’ziga xos jihatlari……………………………………………………….…………..13
2.2 Ilk yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishning samarali metodlari…………………………………………………….……………16
2.3 Bolaning nutqini ilk yoshlardanoq rivojlantirishning yutuq va kamchiliklari……………………………………………………………….21
XULOSA……………………………………………………….……………..27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………...……..29

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta'lim tizimini qayta qurishning asosiy yo'nalishlaridan biri bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e'tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta'limdir. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, to’g’ri so’zlash, so’zlardagi giramatik va leksik jihatdan to’g’ri foydalanishga o’rgatish, o’zi fikirlashga o’rganishi va fikirlarini atrofdagilarga yetkaza olish , atrofdagilar bilan erkin muloqatga kirisha olishga undashdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarda o’yin orqali bolalarda barcha faolyatlar jumladan nutq madanyatini tarbiyalashdan iboratdir.
Mustaqil taraqqiyot yo`lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo‘lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o‘quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to‘g‘ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon etmoqda. Chunki bizning ertangi kunimiz O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov aytganlaridek: ―Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy mutaxassislarni talab etadi. Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, nutq tovush ma’daniyati ya’ni so’zlarni to’g’ri talafuz qilishlari, hamkorlik asosida faoliyat ko`rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, nutq tovush ma’daniyatiga amal qilishlari, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, ahamiyati
kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo`lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar tilda o‘z aksini topadi.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o‘z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr mulohazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqida so’zlarni gramatik va leksik jihatdan tog’riligini anglashi, nutq o‘stirish usullarini bilish, nutiq tovush madaniyatini shakilantirish har bir yosh guruhda bolalar nutqini o‘stirish va so’zlarni tog’ri talaffuz qilish vazifalarini to‘g‘ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda.Maktabgach ta’lim tashkilotlarida ularga ona tilini amaliy o`rgatish demakdir.Ya’ni mashg’ulotlar o’yinlar orqali tashkil etilsa bolalar o’zlashtirishlari yanada kuchayadilar. Ilk qadam tayanch dasturini nutq o‘stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo`llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o‘rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o‘zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to‘g‘ri, ifodalay olish,nutiq tovish madaniyat qoidalariga to’liq rioya etishi, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so‘z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o`rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi. Nutq tovush madanyatini shakilantirishda amalga oshiradi, bolalarda ifodali, aniq, lo`nda va obrazli so‘zlashishni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o‘rgatadi, bolalarga ta'lim beradi. Nutq tovish madaniyatini shakilantirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so‘zdan to‘g‘ri va o`rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo‘lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so‘zlash odobini egallashni shakllantiradi.

Download 40,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish