Respublika Prezidenti Sh. M



Download 23,35 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi23,35 Kb.
#755659
Bog'liq
Kirish (3)

Kirish


Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev aytganidek ta’limini rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks etttirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi [1].
Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi [1].
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. ... Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning―Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga [2] muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Respublikamiz ta’lim tizimida tub islohatlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi [3].
Ta’lim tizimida zamonaviy va axborat texnalogiyalardan foydalanish, farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko’nikmalarini shakillantirish va rivojlantirish ta’lim sohasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir[4]. Barcha o’quv predmetlar qatoriga kimyo fani asosida puxta va samarali o’zlashtirishda zamonaviy ped texnologiyalardan foydalanishning o’rni katta. O’quvchilarning berilgan mavzular mazmunini tushinishi, unda aks etgan kimyoviy tushunchalar, qonunlar, ayrim moddalar misolida daliliy ma’lumotlarni o’zlashtirishda o’qitish metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi talab darajasida bo’lishi uchun bugungi kunda kimyo ta’limida ham zamonaviy ped texnalogiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Xususan, organik kimyo darslarining o`qitilishida zamonaviy ped texnologiyalaridan foydalanish, o`quvchilar uchun darsning tushunarlilik darajasini oshirmoqda. Buning natijasda o`quvchilarninng bilim olish salohiyati o`smoqda.
Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ishimizni “Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga oid kompyuter darsi dasturini tuzish va o’tkazish.metodikasi” deb nomlashga axd qildik.
Quyida sizning e’tiboringizga havola etilayotgan ishda kimyo ta’limiga mos zamonaviy ped texnologiyalar va ulardan o’quv jarayonida unumli foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan.
1991-yil O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligiga erishgach ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning o’ziga xos va o’ziga mos yo’lini tanladi. Bu yo’l ta’lim tarbiya sohasi, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi. Natijada ta’lim to’g’risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi (1997-yil 29-avgust). Bu esa Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimining tubdan yangilash maqsad va vazifalarini ilgari suradi. Ayniqsa “Ta’lim to’g’risida”gi qonun zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqarishni dolzarb vazifa qilib qo’ydi. O’zbekistonimizning kelgusi taraqaqqiyotiga o’zining munosib hissasini qo’sha oladigan, har tamonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, hozirgi kunning muhim maqsad va vazifalari esa ta’lim-tarbiya muassasalarida amalga oshadi. Kimyo ta’limining har bir bo’lim mavzusidagi materiallar mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish, o’quvchida fikrlash tafakkur qirralarini o’stirish, o’qituvchini mustaqil ishlashga tayyorlash ta’lim jarayonining bosh maqsadi bo’lib qoladi. Davlat ta’lim standartiga asosan fanlarni o’qitishning yoki umumta’limning maqsadi belgilab beriladi. Umumta’limning maqsadi o’quvchilarga davlat ta’lim standarti talabiga mos ta’lim va tarbiya berish va ularni rivojlantirish hamda shaxsning ta’lim olishdagi huquqini ta’limga mos ta’minlashdan iborat. Umumta’lim o’quvchilar oladigan bilimlarning zarur hajmiga asos soladi, o’quvchilardagi tashkilotchilik qobiliyati, malakalari va amaliy tajribasini rivojlantirdi.
Kimyo kursida oksidlanish-qaytarilish mavzusini metodik o’qitishning zamonaviy akt dasturlaridan qanday samarali foydalanish, yangi innovatsion texnologiyaning loyihalash va klaster metodlari orqali bilim, ko’nikmalarini shaklantirishdan iborat.
Kimyo ta’limi sohasini o’qitish jarayonida kerakli kimyoviy bilim va amaliy malakalarni shakllantirishi ta’minlanadi. O’rganilayotgan tayyor bilimlar tizimining shakllanishi bir qator avlodlar ijodiy zakovati tufayli yuzaga chiqishi fan va texnikaning bundan keyingi rivojlanishi, tabiat bilan inson o’rtasidagi muloqatning bundan keyingi darajasi jamiyatda sodir bo’lib turgan sotsianal hodisalarini to’g’ri tahlil qilish, yosh avlodning zakovat darajasiga bevosita bog’liq ekanligini anglab yetsinlar. Bunday xislatlarni o’quvchilar tinmay o’qish, bilimlarni mustaqil egallash, egallangan bilimlardan amalda foydalana bilishlarigina o’zlarida tarbiyalash mumkin. O’quvchilarga dasturda ko’zda tutilgan amaliy ko’nikmalarni singdirish, kimyo fanining o’qitishning moddiy ta’minotini yaxshilash, ko’rsatilgan tajribalar, laboratoriya va amaliy ishlarni didaktik maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash lozim. Shuni ta’kidlash lozimki, nazariy bilimlarni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar qanday qondirilayotgani qanchalik izchillik bilan nazorat qilinsa va baholansa, amaliy ko’nikmalarni egallashga bo’lgan talablarning ajralishini shunday nazorat qilinishi va baholanishi lozim.
Mavzuni o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarga shu mavzuni sir-asrorlaridan chuqur va sistemali bilim berishda innovatsion texnologiyaning metodlari orqali o’quvchilarga bilim, ta’lim-tarbiya berishdir. Olgan bilimlarini o’z hayot faoliyatlarida qo’llash natijasida shakllanayotgan inson mehnatga va hayotga tayyorlana boradi. Bu xil muammoni yechishda nimani o’qitish bilan birga, qanday o’qitish masalasi ham katta ahimiyatga ega. Har qanday fanni o’qitish shu fanning mazmunidan kelib chiqadi, demak fanni o’qitish metodlarini shu fanning ichki imkoniyatlari belgilaydi. Shuningdek o’qitish metodlarini bilish, metodlari va qonuniyatlari haqidagi ta’limot, yani fanning metodologiyasini ham belgilab beradi.
Metodologiya yordamida fanga yangiliklar yaratiladi va bilimning keng imkoniyatlari ochiladi. Bizga ma’lumki, ilmiy bilishning to’g’ri metodologik yo’li, har bir fanning tarixini chuqurroq, kengroq, batafsilroq o’rganishdan iborat. Ta’lim jarayonida ham ko’rgazmalilik qancha samarali qo’llansa o’quvchining tasavvuri aniq namoyon bo’lib, narsa va hodisalar mohiyatini, ular oralig’idagi bog’lanishlarni yaxshi o’zlashtirib, chuqur bilimga ega bo’lib boradi.
O’quvchilar o’qishning ko’rgazmali usuli, kimyo darslarida eng ko’p qo’llaniladigan usul hisoblanadi. Chunki o’rganilayotgan narsani idrok etishga ularni kuzatib, mulohaza qilishga undagi nazariy bilimlarda amalda qulay bo’lishga o’rganishdan iborat. Ko’rgazmali usul namoyish etish ilgostratsya va ekskursiya tariqasida olib boriladi. O’qitishning amaliy usullari kimyo darslarida laboratoriya tajribalarisiz bilimni mustahkam egallash, o’quvchilarni ongli ravishda mavzuni o’zlashtirib olishlariga erishish mumkin emas. O’quvchi tajribalarini qanchalik ko’p o’tkazsa, u moddalarning hosil bo’lishini va xossalarini kuzatib boradi va nazariy jihatdan olgan bilimlari mustahkamlanadi.
Ayni paytda hozirgi murakkab va tahlikali zamon talablari, jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bilan bog’liq maqsadlarimizga uyg’un va hamohang ravishda hayotning o’zi oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo’ymoqda.
Uzluksiz ta’lim jarayonida o’quvchilarni amaliy tajribalar bilan ta’minlash tizimi-bilim, ko’nikma, malakalarni shaxslarning ma’lum maqsad yo’nalishida o’rganishini nazarda tutadigan, aniq bir tugallangan ko’nikma va malakani egallaydigan, yuqori malakali mutaxassisning ma’lum sohaga qadar sifatida tayyorlanishini ta’minlaydigan jarayon hisoblanadi. Aynan mazkur maqsadning bajarilishini ta’minlab beradigan holat bu-uzluksiz ta’lim jarayonining amaliy va nazariy jihatdan mukammal tarkib topganligi hisoblanadi.
Bizningcha, bugungi kunda o’quvchi-yoshlarni uzluksiz ta’lim jarayonida aniq bir soha uchun mutaxassis, zamonaviy malakalarnng mohir egasi bo’lgan mutaxassis kadr bo’lish g’oyasi bilan kamol toptirish ishlarining izchilligi bilan amaliyotga tadbiq etilishi o’ta puxta o’ylangan islohat hisoblanadi. Qolaversa, shunday mazmunda o’quvchi yoshlarni zamonaviy kasb hunarlarga yo’nalish ishlari davlatimiz mustaqilligining ilk kunlaridan e’tiborga olinadi hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limni turini tubdan yangi yo’nalishdagi mazmunda shaklllantirish lozimligi belgilanadi. Mazkur yo’nalishning belgilanishi hamda mazmunda ifodalanishini keltirib chiqaradi.
Uzluksiz ta’lim jarayonida bilim ko’nikma va malakalarni shakllantirishda asosiy vosita hisoblangan darsning tashkil etilishiga bog’liq bo’lmagan xususiyatga xos tadqiqotlar mavjudligi ham kimyo fanining asosiy vazifasini amalga oshiruvchi uzluksiz ta’lim jarayonida shaxslarni ma’lum maqsaddagi zamonaviy malakalarga yo’llash tizimida muhim ilmiy xulosa bo’lishini toqazo etmoqda. Chunonchi uzluksiz ta’lim tizimidagi zamonaviy malakalar shakllanish tizimiga tegishli bo’lmagan nazariyalarga aniq baho beradigan bo’lsak, mazkur holatlar kimyo fani nazariyasi va kimyo fani tarixi yoki kimyo fanining asosiy tushunchalari, mohiyati, mazmuni hamda qonuniyatlarning kelib chiqishi va tadbiq etilishi jihatidan ilmiy asosli tadqiqot hisoblanmaydi.
Download 23,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish